Yer yuzida hayvonot olami o‘simliklar singari tarqalgan. Ularni shimoliy muz qutblaridan tortib
52
Ovchilik xo'jaliklarida amalga oshirilayotgan ba'zi biotexnik yo'nalishdagi tadbirlar. Bu tadbirlar
eng avvalo respublikamiz hayvonot va o'simligini himoya qilish, yirtqich qush va hayvonlarni
otishdan iborat.
Turli xil tabiiy ofatlar natijasida. Bunday ofatlarga suv toshqini, zil-zila, yong‘in, yer ko‘chishi
kabilar kiradi.
Qishloq xo‘jaligida turli xil zaharli moddalar, pestitsid va gerbitsitlardan foydalanish.
Ular uchun ozuqa bo‘ladigan o‘simliklarning kamayib ketishi.
Qirg'ovullarni yo'qolib ketishini oldini olish va ularni ko'paytirish uchun birinchi navbatda ular
uchun sun'iy ozuqa maydonlarini yaratish kerak. Ozuqa maydonlari katta yo`l va aholi yashaydigan
joylardan chetroqda bo'lishi va turli o'simliklar qoplamidan iborat bolishi lozim. Qirg‘ovullar uchun
ozuqa bo‘ladigan o'simliklariga jo'xori, mosh, arpa, bug'doy, tariq kabi o‘simliklardir. Xo'jaliklarda
qish oylari parrandalarga qo'shimcha ozuqa berishdagi biotexnik usulning asosiy maqsadi, birinchidan
qirg'ovullarni qishda ovqat topolmay nobud bo'lishini, ikkinchidan xo'jalik territoriyasidan boshqa
joylarga ketib qolishdan saqlab qolish kerak. Qirg'ovullarni himoya qilishdagi tadbirlardan yana biri
ixota maqsadlarida buta va daraxtlar ekishdir. Ixota maqsadida daraxtlar va butalar asosan 3qator qilib
ekiladi. Bunday joylarda ularga tuxumlarini bosib yotish va jo‘ja ochishlari uchun qulay sharoitlar
yaratiladi. Qirg'ovullarni sun'iy ko'paytirishda panjara bilan o'ralgan maxsus maydonlardan
foydalaniladi. Bu yerda ular ozuqa , suv, harorat va yorug‘lik bilan ta‘minlanadi hamda sun'iy usulda
jo'ja chiqariladi. Jo'jalarning o‘sishi va riovojlanishi uchun ham sharoit yetarli darajada berilishi kerak.
Sun‘iy sharoitda boqilgan jo‘jalar 2 oydan keyin tutqunlikdan qo'yib yuboriladi. Bu vaqtda ularga
haroratning o'zgarishi, yog'ingarchilik ta'sir etmaydigan, hamda o'zlari mustaqil ovqat yeya oladigan
boladi. Bunday jo'jalarning ayrimlarini keyinchalik yana qayta ko'paytirish mumkin.
Qirg‘ovullarning tabiatdagi, xalq xo‘jaligidagi, insonlar hayotidagi ahamiyati benihoyat katta.
Ular birinchi navbatda qishloq xo‘jaligiga zarar yetkazadigan hasharotlarni qirib foyda keltiradi.
Qirg‘ovullar asosan sanoat va sport usullarida ovlanadi. Bundan tashqari ular go‘shti uchun ham
ovlanadi. Ular go‘shtining mazaligi sanoat qushlari darajasiga ko‘tarilgan. Ayrimlarining pat va parlari
chiroyli bo‘lib kishini o‘ziga jalb qiladi. Shuning uchun kishilar undan estetik zavq olish uchun turli xil
qafaslarda boqishadi. Qirg'ovul bizning mamalakatda 6ta kenja tur shaklida tarqalgan. Bular
Zarafshon, Amudaryo, Xiva, Sirdaryo, Yettisoy qirg'ovulini kiritish mumkin. Buxoro viloyatida
Zarafshon qirg'ovuli uchraydi. Bu kenja tur O'zbekiston "Qizil kitobi" ga kiritilgan.
Hozirgi kunda qirg'ovul fermalari tashkil etilmoqda. Shu bilan birga ayrim ovchilik xo'jaliklarida
30-50 bosh qirg'ovul bo'lgan fermalar tashkil etilib tuxum olish va jo'ja ochish ishlari amalga
oshirilmoqda. Hozirgi kunda barcha viloyatlarimizda hayvonot dunyosining yo‘qolib ketishini oldini
olishda bir qancha ishlar olib borilmoqda. ―Qizil kitob‖ning tashkil qilinishi, muhofazaga olingan
hududlarning tashkil qilinishi, hukumatimiz tomonidan hayvonlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi
ko‘plab qonunlarning yaratilishi bunga misol bo‘ladi. Masalan, 1997-yil 26-dekabrda O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining sessiyasida ―O‘zbekiston Respublikasi hayvonot dunyosini muhofaza
qilish va undan foydalanish to‘g‘risida‖gi qonun qabul qilingan.
Uning asosiy maqsadi hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi
munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Shu munosabat bilan tabiatda yo‘qolib ketayotgan hayvonlar
turlarini saqlab qolish, yo‘qolib ketish chora tadbirlarini ishlab chiqish har bir yosh avlodning
burchidir. Xulosa qilib aytganda, qirg‘ovullarni ovlashda ularning ko‘payishiga, populatsiyadagi yosh
va qari individlarning nisbatiga, yashash sharoitiga, tarqalishiga, turlar soniga alohida e‘tibor berish
kerak. Nafaqat qirg‘ovullar, balki tabiatdagi barcha hayvonot dunyosini yo‘qolib ketishini oldini
olishda ushbu omillardan foydalaniladi. Yosh avlodning tabiatga do‘stona munosabatda bo‘lishi, uni
sevishi, qo‘riqlashi, undan oqilona foydalanishi zarur. Bunda qo‘riqxona, zoologiya muzeylari, milliy
bog‘lar, ta`lim muassasalarining roli nihoyatda katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: