Hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasi



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet319/414
Sana16.12.2022
Hajmi7,33 Mb.
#888196
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   414
Bog'liq
Туплам

 
 
QISHLOQ XO„JALIGI EKINLARINING CHORVA MOLLARI UCHUN AHAMIYATI VA 
ULARNING TURLARI 
 
Xasanov N.H, Sharapova G.V, Jumayev S. 
Navoiy davlat pedagogika instituti
Xashaki lavlagi – shirali, yengil hazm bo`ladigan ozuqa hisoblanadi. Lavlagi ildizmevasi dag`al 
oziqning yengil hazm bo`lishiga imkon beradi. Chunki uning to`p barglari va ildizmevasi tarkibida 
chorva mollari uchun zarur bo`lgan vitaminlar, uglevodlar, azotsiz ekstraktiv moddalar, mineral 
tuzlar mavjud. Bir kg ildizmevasida 0,11-0,12 % gacha ozuqa bo`lsa, to`pbarglarida 0,10-0,11% 
gacha ozuqa modda saqlaydi. Xashaki lavlagini aprel-may oylarida ekib, ko`p miqdorda hosil olish 
mumkin. 
Bu ikki o`simlik yordamida omuxta yemsiz ham chorva mollari yaxshi semiradi, mahsuldor 
bo`ladi. Natijada sifatli sut va go`sht mahsulotlari yetishtirish mumkin.
Buning uchun fermer xo`jaliklari yerlariga dastlab beda ekishlari zarur. Beda dastlabki 
rivojlanish bosqichida fosforni ko`proq talab qiladi. Agar shu paytda fosfor yetarli miqdorda 
yetkazilib berilsa, keyingi yillarda beda shonalab, juda ham ko`p miqdorda yashil massa beradi, ham 
tuproqni azotga boyitadi. Beda ekilgan bir gektar yarda bir yilda 250-400 kg gacha azot yig`ilishi 
mumkin. So`ngra uch yildan so`ng kuzda beda yig`ishtirib olinib, o`rniga g`alla ekiladi. Bilamizga 
g`alla azotli o`g`itni ko`p talab qiladi. Azotli o`g`it esa tuproqda uch yil mobaynida to`plangan. Shuni 
hisobiga g`alla ham yaxshi rivojlanadi, hamda fermer xo`jaligiga bir yilda berilgan norma ortig`i 
bilan bajariladi. Eng muhimi ko`p miqdordagi azotli mineral o`g`it tejab qolinadi. Mayning oxirlarida 
g`alla yig`ishtirib olingandan so`ng uning o`rniga endi xashaki lavlagi ekilsa, u ham yaxshi 
rivojlanadi. Xashaki lavlagi ham yaxshi rivojlanishi uchun azotni ko`p talab qiladi. Ammo tuproqda
uch yil mobaynida to`plangan azot xashaki lavlagining ham yaxshi rivojlanib, ko`plab ildizmeva 
berishiga yetadi. Natijada shu yilning o`zida yana ko`plab miqdordagi azotni tejab qolinishiga 
erishiladi. 
Albatta bu ishlarni birdaniga amalga oshirib bo`lmaydi. Buni amalga oshirish uchun fermer 
xo`jaliklari yerni to`g`ri taqsimlashi hamda almashlab ekish muddatini aniq hisoblab amalga oshirishi 
zarur. Shunda tuproqning ekologik holati ham buzilmaydi, yerdan unumli foydalanish samaradorligi 
ham oshadi. 
Fermer xo`jaligiga iqtisodiy foyda bir tomondan o`nlab tonna azotli mineral o`g`itni tejab qolish 
orqali kelsa, ikkinchi tomondan chorva mollari uchun zarur bo`lgan, omixta yemdan qolishmaydigan 
yem-xashak o`simliklarini o`zida yetishtirishi orqali, uchinchi tomondan esa yaxshi va sifatli g`alla 
yetishtirish orqali keladi desak adashmagan bo`lamiz. O‗zbekistonda dala ekinlari biologiyasiga 
asoslangan holda yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish, aholini oziq-ovqat, chorvachilikni 


371 
yem-xashak, sanoatning ayrim tarmoqlarini xomashyo bilan ta'minlash maqsadida ekinlardan mo‗l, 
sifatli hosil olish muhim ahamiyatga ega. Bozor iqtisodiyoti sharoitida, ishlab chiqarish 
munosabatlarining o‗zgarishi, dehqon, fermer, shirkat xo‗jaliklarining yuzaga kelishi tashkiliy- 
iqtisodiy chora-tadbirlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishning moddiy texnika bazasini 
mustahkamlash, tuproq unumdorligini oshirish, yerlarni meliorativ holatini yaxshilash, yangi intensiv 
tipdagi navlar, duragaylarni yaratish, mahsulot yetishtirishda ekologik muammolarni hisobga olish 
ishlari eng dolzarb muammolardir. Qishloq xo‗jalik ekinlarini yetishtirish texnologiyasi yuqori, sifat-
li, tannarxi past, ekologik toza hosil yetishtirishni ta'minlaydigan, ekinlarning biologik xususiyatlari 
tuproq-iqlim sharoitiga mos keladigan agro-texnik tadbirlar majmuasidir. Ekinlarni yetishtirish 
texnologiyasida asosiy va ekishdan oldin tuproqni ishlash, o‗g'itlash, urug'ni ekishga tayyorlash, ekish, 
ekin parvarishi, hosilni yig'ish texnologik tadbirlari barcha ekinlarda bajariladi. Ayrim ekinlarni 
yetishtirishda o‗ziga xos xususiyatlari mavjud bo‗lib, ularga dukkakli ekinlar urug'ini inokulyatsiya 
qilish, tolali ekinlar poyasini suvda ivitish tadbirlari kiritiladi.Qishloq xo‗jaligida ilmiy texnika 
taraqqiyotining yutuqlaridan, ekinlarning, navlarning, duragaylarning biologik potensialidan to‗la 
foydalanish, o‗simliklarning o‗sishi va rivojlanishini boshqarish natijasida ekinlar hosildorligini, 
yetishtirilgan mahsulot miqdorini oshirish, dala ekinlari yetishtirish texnologiyasining asosiy 
yo‗nalishlaridan biridir. Yetishtirish texnologiyasida ekinning biologik xususiyatlarini hisobga olgan 
holda uning ehtiyojlarini to‗la qondirish, dehqonchilik madaniyatini yuksaltirish, mehnatga haq 
to‗lashni bozor iqtisodiyoti qonunlari asosida amalga oshirish talab qilinadi.
O‗zbekistonda dala ekinlarini yetishtirishda agrotexnologiyani qo‗llashda, ekinlarni almashlab 
ekishda joylashtirish, tuproq-iqlim sharoiti, bozorda shu ekin mahsulotiga bo‗lgan talab, energiyani, 
resurslarni tejaydigan, ekologik toza mahsulotni ishlab chiqish talablariga rioya qilinadi. Xo‗jalikni 
yuritishda tuproq unumdorligini tiklash, atrof-muhitni muhofaza qilish, tuproqda gumus miqdorini 
oshirib borishga, barcha turdagi organik o‗g'itlarni keng qo‗llashga, dehqonchilik madaniyatini oshirib 
borishga katta e'tibor beriladi. Ekinlarni yaxshi o‗tmishdoshidan keyin joylashtirish, bitta ekinning 
surunkasiga bitta maydonga ko‗p yillar davomida ekilishiga yo‗l qo‗ymaslik muhim agrotexnik 
tadbirlar hisoblanadi. Qishloq xo‗jalik ekinlarini yetishtirishdagi asosiy muammolar va ularning 
yo‗nalishlari. Fan-texnika inqilobi davrida qishloq xo‗jalik ekinlarini yetishtirishda kimyoviy 
vositalar, mexanizatsiyalash, melioratsiyalashdan yuqori darajada foydalanish, biosferaning 
ifloslanishiga, tuproqning sho‗rlanishiga, eroziya jarayonlarining rivojlanishiga, ma'lum miqdordagi 
mahsulotni yetishtirishda xarajatlar, mehnat vositalari narxining oshib ketishiga, suv va energiya 
resurslarining taqchilligiga sabab bo‗lmoqda. 
O‗zbekiston Respublikasida ham qishloq xo‗jalik ekinlarini yetishtirishda mo‗l va sifatli hosil 
olish bilan birgalikda tuproq unumdorligini oshirish, kimyo vositalaridan foydalanishni 
optimallashtirish, suvdan tejab foydalanish, sug'orishning yangi usullarini (yomg'irlatib, tomchilatib, 
tuproq osti) ishlab chiqarishga joriy etish, qurg'oqchilikka, sho‗rga, kasalliklar, zararkunandalarga, 
tabiatning boshqa noqulay omillariga chidamli navlarini amaliyotga joriy etish, organik va ma'danli 
o‗g'itlardan foydalanish samaradorligini oshirish muammolarini hal etish lozim bo‗ladi. 
Dala ekinlari mahsulotlarini yetishtirishda energetika muammosi dolzarb bo‗lib bormoqda. 
Mexanizatsiya, sug'orish, o‗g'itlami solish, pestitsidlarni qo‗llashda energetik resurslar sarfi keskin 
ortmoqda. 
Hozirgi paytda o‗simlikshunoslik mahsulotlarini yetishtirishda sarflangan energiyaga nisbatan 
mahsulot ko‗rinishidagi energiya 2-5 baravar ko‗p. Ammo qo‗shimcha hosil olish uchun ko‗proq 
energiya sarflashga to‗g'ri keladi. Rivojlangan mamlakatlar AQSH va Yaponiyada qishloq xo‗jalik 
ekinlarining hosildorligi keyingi yillarda 1,2-1,5 baravar oshsada, bir gektarga sarflangan energiya 
sarfi 3,5-5,1 baravar ortgan. 
Qishloq xo‗jalik ekinlari hosildorligini ikki baravar oshirish hozirda qo‗llanilayotgan 
texnologiyalar bo‗yicha katta (miqdordagi energiya sarflashni talab qiladi. Zamonaviy 
agrotexnologiyalar tabiiy yoqilg'idan foydalanishga asoslangan. Tabiiy yoqilg'ilarning zaxiralari esa 
juda cheklangan. Ayniqsa, XXI asrda ekinlarni yetishtirishda tabiiy yoqilg'ilarning taqchilligi ortib 
boradi. Energiya manbalari narxining oshishi o‗simlik mahsulotlari narxining oshishiga olib keladi va 
qishloq xo‗jaligining jadal usulda rivojlanishiga to‗sqinlik qilishi mumkin. 
O‗zbekistonda qishloq xo‗jaligining muhim tarmog'i o‗simlikshunoslikda, dala ekinlarini 
yetishtirishning ilg'or, intensiv texnologiyalari ishlab chiqilmoqda, yangi navlar, duragaylar yaratilib, 


372 
urug'chilik, urug'shunoslik sohasida ishlar takomillashtirilmoqda. 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   414




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish