Hayvonlarning o’simliklarga o’xshashligi va ulardan farqi



Download 225,04 Kb.
bet71/135
Sana24.09.2021
Hajmi225,04 Kb.
#183923
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   135
Bog'liq
7 sinf geografiya fanidan konspekt

Darsning jihozi: Geografiya faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:

1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.

3.Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4.O`tilgan mavzuni so`rash baholash.

Yangi darsni rejasi.

1.Tekisliklar . 2.Tog'lar 3.Tog' oraliq botiqlari


Yangi darsning bayoni.

Yer yuzasining tuzilishi jihatidan O'zbekiston hududi ikki qismga bo'linadi, katta (78,7 foiz) qismi tekislikdan, qolgan (21,3 foiz) qismi tog'lardan va tog' oralig'idagi botiqlardan iboratdir. Respublikamiz yer yuzasi g'arb va shimoli-g'arbdan sharq va janubi-sharq tomon ko'tarilib boradi. O'zbekistonning past qismi okean sathidan 60 - 100 m balandlikda bo'lib, Amudaryoning quyi qismi va Orol dengizi atroflarida joylashgan. Tekisliklar. O'zbekistonning tekislik qismi Turon tekisligining bir qismi bo'lib, uning g'arbi va shimoli-g'arbini egallagan. Tekislikning shimoli-g'arbiy chekkasida Ustyurt platosi joylashgan. U atrofidagi tekisliklardan va Orol dengizi yuzasidan tik ko'tarilib turadigan yonbag'irlar bilan o'rab olingan, ular chinklar deb yuritiladi. Platoning O'zbekiston joylashgan qismining okean sathidan balandligi 120—180 m atrofida bo'lib, uning eng yuqori nuqtasi Qorabovur qirida (292 m). Orol dengizining janubi-sharqiy qismida Qizilqum cho'li boshlanadi. Bu yerda past tog'lar — Bo'kantog', Tomditog', Ovminzatog', Quljuqtog', Yetimtog', uning g'arbiy qismida esa Sulton Uvays tog'i qumli va gilli tekisliklar orasida qad ko'tarib turadi. Qizilqumning katta qismini qumli tekisliklar egallagan. Past tog'lar orasida esa botiqlar (Mingbuloq, Oyoqog'itma, Qoraxotin va boshqalar) joylashgan. Ulardan Mingbuloq botig'ining osti okean sathidan 12 m pastda joylashgan. Qizilqum cho'lidan sharq va janubi-sharqda Mirzacho'l, Qarnob, Qarshi, Malik gilli cho'llari joylashgan.Tog'lari. Tyanshan va Hisor-Oloy tog' tizmalarining g'arbiy va janubi-g'arbiy tarmoqlari O'zbekiston doirasida joylashgan. learning okean sathidan balandligi janub va g'arb tomon asta-sekin pasayib borib, tekisliklarga tutashib ketadi (36- rasm). O'zbekis-tonning shimoli-sharqiy qismida G'arbiy Tyanshanning bir qancha tog' tizmalari (Qorjantog', Ugam, Piskom, Chotqol, Qurama) joylashgan. Bular Talas Olatog'idan boshlanadi. Bu tog' tizmasida Manas nomli cho'qqi bo'lib, uning okean sathidan balandligi 4482 m dir. Chotqol tog' tizmasining O'zbekiston hududida joylashgan qismida esa Katta Chimyon nomli cho'qqisi bo'lib, uning balandligi 3309 m ga yetadi. Chotqol va Qurama tog' tizmalari orasida Ohangaron platosi joylashgan. G'arbiy Tyanshan tog' tizmalarining okean sathidan balandligi 2500 - 4000 m bo'lib, ularning yuqori qismlarida muzliklar uchraydi. Farg'ona botig'ining markaziy qismi O'zbekistonda joylashgan bo'lib, shimolidagi Chotqol, sharqidagi Farg'ona, janubidagi Oloy, Turkiston tog' tizmalari respublikamiz hududidadir. Turkiston tog'idan shimoli-g'arbga qarab Morguzar va Chumqor tog'lari ajralib chiqqan. Chumqor tog'ining faqat shimoliy yonbag'rigina O'zbekistonga qaraydi. Morguzar tizmasining shimoli-g'arbida Nurota tog' tizmalari o'rin olgan bo'lib, ular bir-birlaridan Sangzor daryosining „Temurlang darvozasi" darasi bilan ajralib turadi. Nurota ikki qismdan — Shimoliy va Janubiy Nurota tizmalaridan iborat. Shimoliy tog' tizmasining Hayotboshi cho'qqisining balandligi 2165 m ga yetadi. Janubiy Nurota alohida ko'tarilmalar (Oqtog', Qoratog', Qarachatog', Go'bduntog') dan iborat. Zarafshon daryosi vodiysining janubida Zarafshon tizma tog'lari joylashgan bo'lib, O'zbekiston hududida u Chaqilkalon va Qoratepa nomlari bilan ataladi va ancha pasayib qoladi. Bu tog'larning g'arbida esa Zirabuloq-Ziyovuddin nomli past tog' tizmalari bo'lib, ularning eng baland qismi 1116 m ga yetadi. Zarafshon tizma tog'larining janubida Hisor tog' tizmasining janubi-g'arbiy tarmoqlari (Yakkabog', Surxontog', Ko'hitang va boshqalar) uchraydi. O'zbekistonning eng baland cho'qqisi Hazrat Sulton (4643 m) Hisor tog'ida joylashgan. Janubiy O'zbekistonda Bobotog' tizmasi ko'tarilgan bo'lib, uning Zarkosa cho'qqisining balandligi 2292 m dir.Tog' oraliq botiqlari. O'zbekistonning tog'li qismida tog' ora-liq botiqlari alohida o'rin egallaydi. Bularning paydo bo'lishi tog' tizmalarining ko'tarilishi bilan bog'liqdir. Hamma tog' oraliq botiqlarining yer yuzasi deyarli tekis bo'lib, faqat daryo o'zanlari bilan kesilgan. Ularning yer yuzasi tog' tizmalariga yaqinlashgan sari ko'tarilib boradi.O'zbekiston hududida katta tog' oraliq botiqlaridan biri Chirchiq-Ohangaron botig'idir. Uni sharqda G'arbiy Tyanshan tog' tizmalari o'rab olgan, g'arbda esa Mirzacho'l bilan tutashib ketadi. Uning o'rtacha balandligi 300 - 500 m ga tengdir.Chirchiq-Ohangaron botig'ining janubi-sharqida Farg'ona tog' oraliq botig'i (vodiysi) joylashgan. Botiqni Sirdaryo kesib o'tgan. Vodiyning okean sathidan o'rtacha balandligi 300 - 400 m ora-sidadir.Mirzacho'lning g'arbida esa Sangzor-Nurota tog oraliq botig 1 bor. U shimoli-sharqda Morguzar va Nurota, janubda Janubiy Nurota va Chumqor tog'lari bilan o'rab olingan. Uning okean sathidan balandligi janubi-sharqdan shimoli-g'arbga tomon 800 m dan 300 m ga pasayib boradi.Janubiy Nurota, Zarafshon hamda Zirabuloq-Ziyovuddin tog' tizmalari orasida Zarafshon botig'i joylashgan. Bu botiqdan Zarafshon daryosi oqib o'tadi va Samarqand shahri yaqinida ikkiga — Oqdaryo va Qoradaryoga ajraladi. Xatirchi qishlog'i yaqinida yana birlashadi va uzunligi 100 km, kengligi 15 km ga yaqin Miyonqal'a orolini hosil qiladi.


Download 225,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish