Vital ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan fe’-atvorlar.
Bu fe’l-atvorlar qondirilmasa organizm xalokatga uchraydi. Ularni qondirish
uchun boshqa individlarni bo’lishi shart emas. Oziqlanish strategiyasi hayvonlarni
fe’l-atvorlarini belgilaydi. Misol: tuyoqli hayvonlar deyarli to’xtamasdan
ovqatlanishadi, yirtqichlar esa yo pistirmada turadi yoki orqasidan
charchagungacha quvishadi. Ovqatlanish xalqalari har xil bo’lishi, xatto ongli
harakatga ham o’xshab ketishi mumkin. Himoya fe’l-atvorlar sharoitga qarab
o’zgarib turishi mumkin. Misol: kalamushlar, sichqonlar, ilonlar kuchuklar va
boshqa hayvonlar qochaolmaydigan joyga borib qolishganda ularni quvib
kelayotgan hayvon yoki odamga tashlanishi mumkin. Kalamush 2ta turli xil
kuchini iqtisod qilayotganligini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |