Hayvonlarni tug’ulmasdan burun qilgan xatti - harakatlari perinatal ontogenezdagi
xatti- harakatlar deyiladi. Embrionnim rivojlanishi turli hayvonldarda turlicha
bo’ladi. Sut emizuvchilarni ko’pchiligida embrion ona qornida rivojlanadi. Faqat
o’rdakburunlar va yexidnalar tuxum qo’yishadi. Qolgan hayvonlarda embrion ona
qornida emas, balki tuxum ichidan tashqarida ritvojlanadi. Embrionni rivojlanishi
bir tekisda bormaydi. Ayrim organlar tez ,ayrim organlar sekin, o’rtacha
intensivlikda rivojlanishadi.
Sin-yang-Kuo (Aqsh) tovuq tuxumi inkubatsiyasini 4-kuni embrion boshini
pastga balandga tebratganini kuzatgan. 6-9-kunlari esa u boshini chapga va unga
qaratib ritmik harakatlar qiladi.Ona qornida rivojlanadigan hayvonlarda onaning
psixofitziolbogik holati embironga ham ta’sir ko’rsatadi. Bu harakatlar ona qoni
bilan yo’ldoshdan bolaga o’tgan gormonlar miqdoriga bog’liq. Ayrim qushlarni
bolalari tuxumdan chiqishiga oz muddat qolganda onalarini ovozini tanishadi. Bu
kayra deb ataluvchi qushlarda aniq isbotlangan. Boshoyoq molyskalarda murtak
o’z o’qi atrofida soatiga bir marta aylanib turadi. Qisqichbaqasimonlarni
hammasida boshini ritmik qisqarishlari mavjud. Dafniyalarda tuxumdan
chiqishdan oldin antennalar tez-tez harakat qila boshlaydi. Baliq embrionida
qaltirash, ilonsimon harakatlar kuzatilgan baqani itbaliqdagi tuxumdagi chiqishdan
oldin suzishga o’xshash harakatlar bo’lishi aniqlangan. Qushlarni embrioni oldin
og’zini ochib yumib turishi aniqlangan. Dengiz chuchqachasida embrion 28-kun
bo’lganda bosh va bo’yin qismi harakatlari, 53 kunligida esa butun tana harakatlari
bo’lishi aniqlangan. Embrionni o’rgatsa bo’ladimi degan masala hali echilgani
yo’q.
Hayvonlarni tug’iligandan keyingi rivojlanigini postnatal ontogenez
deyiladi. Bu davrda psixikani rivojlanishi ancha yaxshi o’rganilgan. Hayvonlar
tug’ilishi bilan genetik himoyada bo’lishadi. Jish bola tug’uvchi hayvonlar
(yirtqichlar, chumchuqsimonlar) bolalarini 1 -15 kun istib turishlari kerak. Yetilgan
bola tug’uvchi hayvonlarni bolalariga issiq zarur, lekin u hal qiluvchi ahamiyatga
ega emas. Yangi tug’ilgan bolalarni oldiga uni dushmanini qo’yib qo’yishsa ham
ularni rivojlanishi tezlashmaydi. Yangi tug’ulgan hayvonlarda maqsadli harakatlar
hali rivojlanmagan bo’ladi. Itlarni bolalarini sut emish tezligi sutni miqdoriga
bog’liq emas, u keyinchalik sut ko’p bo’lisa emadigan bo’ladi. Bu instiktiv
harakatlar tug’ma bo’ladi. Kengruni bolasi 3 g atrofida tug’iladi, lekin u onasini
haltasiga qarab yo’l topa oladi. Ko’k qarg’ani bolalari ko’zi ochiq bo’lmasa ham
onasini biladi. Ko’pchilik hayvonlarda termotaksis bu yerda muhim rol o’ynaydi.
Bundan tashqari imprinting mexanizmi bu erda hal qiluvchi mexanizmlardan
biridir. Tembrok mushuklarda buni o’rganib u 4 ta davrda rivojlanishi
ko’rsatilgan:
1. 7-9 kungacha
2. 20 kundan 1 oygacha
3. 9-11 xaftalar ichida
4. 7 oyligida. Imprinting mexanizmi katta yoshli bo’laganda ham qolishi
mumkin( A. Sudakov)
1- davrda termotaksislar, hidlar orqali, eshitish organlari orqali bilishadi.
2- davrda ona- bola bir-birini ovoz chiqarishib izlashadi.
3- davrda ona bolasini boqishdan ko’cha boshlaydi. Ular onasini izlashadi.
O’yin paydo bo’ladi.
4- davrda mushuk bolalar mustaqil yirtqich sifatida shakllanib bo’ladi. Bu
davrdan so’ng oila tarqab ketadi. Xulq-atvorni shakllanishi mexanizmlarini ichida
P. K. Anoxinni sistemogenoz nazariyasi ko’pchilik e’tirof etgan nazariyalardan
biridir. Bu nazariyaga ko’ra hayvonlarda funktsional sistemalar geteroxron
rivojlanadi. Qarg’ani ovozi va havoni shabodasi jo’jalarni og’zini ochishga
undaydi. Bundan tashqari dissolyutsiya nazariyasi ham mavjud . Bu nazariya L. A.
Orbeli tomomnidan chiqarilgan bo’lib unga ko’ra, hayvonlardagi reflektor aktlar
etulguncha tayyor bo’ladi va ular zarur paytda ishlaydi.
Fe’l-atvorlarni o’rganish oson bo’lish uchun I.P.Pavlov ularni 2 guruhga
bo’lgan:
1.Individual - ovqatlanish, agressiya himoya, ozodlik uchun kurash, tekshirish va
x.k. fe’l-atvorlar.
2.Turga bog’liq bo’lgan - jinsiy, ota-ona fe’l-atvorlari A.D.Slonim yuqoridagilarga
asoslanib ovqatlanish, gomestatik, himoya, sharoitga qarab o’zgaruvchi, jinsiy, otaona fe’l-atvorlariga bo’lgan (1949). I.P.Simonov (1986) fe’l-atvorlarni o’rganish
ancha mukkamal bo’lgan siniflarga bo’linishini taklif qildi. Uni fikricha fe’latvorlar 3 ta katta guruhga bo’linadi:
1. Xayotiy fe’l-atvorlar bularga ovqatlanish, suv ichish, himoya, uyqu va
uyg’oqlikni boshqarish, kuchni iqtisod qilish.
2. Rolli fe’l-atvorlar: jinsiy, ota-ona, emotsional, birgalikda xursand yoki xafa
bo’lish, territoriya uchun kurash, ierarxiya zinapoyasidan joy olish uchun kurash.
3. O’zini rivojlanishi uchun zarur bo’lagan fe’l - atvorlar: tekshirishlar, taqlid
qilishlar, o’yinlar qarshilikni sindiruvchi harakatlar, erkinlik uchun kurashlar.
Bu yuqoridagi sxema ko’pchilik olimlarni qondirganligi uchun bu fe’l-atvorlarni
to’laroq ko’rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |