Miyacha – cerebellum sut emizuvchi hayvonlarda juda yaxshi rivojlangan, uning shakli deyarli yumaloq bo‘lad, uni o‘rtaligida chuvalchangsimon bo‘lak yarim sharlarga bo‘lib turadi. CHuvalchangsimon bo‘lak - vermis ning sirti g‘adir – budur va egatli bo‘lib, uchta asosiy bo‘lak: oldingi, o‘rta va keyingi bo‘laklar - lobus anterior, medius, posterior ga bo‘linadi. Bu bo‘laklarning har qaysisi miyacha oyoqchalari bilan bog‘langan. Miyacha chuvalchangsimon bo‘lagining oldingi va keyingi qismi bir – biriga yaqinlashadi, ular oralig‘ida yoriqcha (chodir) - fastigium bo‘ladi. CHuvalchangsimon bo‘lakning oq moddasi tuya (savr) daraxti shoxi – hayot daraxti arbor vitae ga o‘xshash bo‘lib, unda yoriqcha yadrosi - nucleus fastigi bor, bu yadro muvozanat analizatorining markazi hisoblanadi. Miya chuvalchangi uzunchoq miya bilan keyingi miya elkani - velum madullare caudale orqali, to‘rt tepacha bilan esa oldingi miya elkani - velum medullare nasali orqali birlashadi.
Miyacha yarim sharlari - hemisphaerae cerebelli ning butun yuza har xil joylashgan ko‘pgina egatlar bilan qoplangan, egatlar orasida tor, uzun pushtalar bor. Miyacha yarim sharlarining sirti kulrang, ichida oq modda bo‘ladi. Oq moddasida tishli yadro - nucleus dentatus bo‘lib, u harakat markazining yadrosi hisoblanadi. Miyacha oyoqchalari yordamida uzunchoq miya va ko‘prik bilan birikadi.
Miyachaning keyingi oyoqchalari - brachium cerebelli caudale ikkita valik shaklida bo‘lib, uzunchoq miyaga birikadi. Ulardan orqa miyadan fleksiga Goll va Budrax bog‘lamlari hamda ularning yadrosiga eshitish nervi yadrolaridan, keyingi oliva va beshinchi – o‘ninchi hamda o‘n ikkinchi juft miya nervlaridan impuls ta’siri o‘tadi.
Miyachaning oldingi oyoqchalari - brachium cerebelli nasale keyingi tepachalar orqali katta miya oyoqchalari tomon boradi, blardan bir qancha o‘tkazuvchi yo‘llar: orqa miyadan chuvalchangsimon bo‘lakka, tishsimon yadrodan qizil yadroga; ko‘rish do‘mbog‘i yadrosiga boradigan va hokazo yo‘llar o‘tadi.
To‘rtinchi miya qorinchasi - ventriculus rhombencephalis s. quartus miyacha bilan uzunchoq miya o‘rtasida joylashadi. Ustki tomonda miya chuvalchangi va elkalari, tagida esa uzunchoq miya bo‘ladi. To‘rtinchi miya qorinchasining tubi rombsimon chuqur - fossa rhomboidea bo‘ladi. CHuqurcha o‘rtasidan egat - sulcus medianus bilan bo‘lingan bo‘ladi. Egatning yon qismlarida ikkita do‘nglik - eminentia medialis s. columna teres bor, ularning yon oyoqchalaridan yuz bo‘rtigi - colliculus facialis hosil bo‘ladi. Bu bo‘rtik oltinchi – ettinchi juft nervlarning yadrosi, do‘nglikning orqa tomonida o‘n ikkinchi juft nerv yadrosi joylashadi, undan yonroqda esa to‘qqizinchi – uchinchi juft nervlarining yadrosi joylashadi. Bular kulrang qanot - ala cinerea hosil qiladi. Kulrang qanotning orqa tomoni peroga o‘xshaydi, shuning uchun u pero - calamus sciptorius deb yuritiladi. Miyacha yon oyoqchalarining orqa qismida kichikroq tepalik shaklidagi ichki yuza vestibulyar maydoncha - area vestibularis bo‘lib, unda sakkizinchi juft nerv yadrosi joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |