Hayvonlar morfologiyasi


Bosh bo‘lim ichaklarining anatomik tuzilishi



Download 14,33 Mb.
bet34/268
Sana15.07.2022
Hajmi14,33 Mb.
#802236
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   268
Bog'liq
morfologiya

Bosh bo‘lim ichaklarining anatomik tuzilishi.
Bosh bo‘limga og‘iz bo‘shlig‘i – carum oris va uning atrofidagi organlar: lab, lunj, tish, milklar, til, qattiq va Yumshoq tanglay, so‘lak bezlari va halqum kiradi. Bu organlar ovqatni olib, yutishga tayyorlaydi.
Og‘iz bo‘shlig‘i. Itlarda og‘iz bo‘shlig‘i yoki og‘iz til, tishlar va so‘lak bezlaridan tashkil topgan. Og‘iz bo‘shlig‘ining vazifasi quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
- lab va tishlar yordamida oziq materiallarini qabul qilish;
- oziqani yutishga tayyorlash uchun uni kichik bo‘lakchalarga bo‘lish. Buning uchun til, lunj va tishlar yordamida chaynash jarayoni amalga oshiriladi;
- oziqa mahsulotlarini shilimshiq va so‘lak yordamida namlash jarayoni bo‘lib, yutishni engillashtiradi;
- o‘txo‘r va hammaxo‘r hayvonlarda og‘iz bo‘shlig‘ida so‘lak suyuqligining fermentlari yordamida uglevodlar parchalana boshlaydi.6
Lab - labia yuqorigi va pastki bo‘lim - labium superioret inferior dan iborat bo‘lib, ular bir – biri bilan qo‘shilishi natijasida og‘iz teshigi - rima oris ni hosil qiladi. YUqorigi va pastki labning bir – biriga qo‘shilgan joyi - comissura labiorum bo‘lib, bu joy burchak - angulus oris hosil qiladi. Lablarning shakli har xil hayvonlarda turlicha bo‘lib, harakati ham har xildir. Masalan, bir tuyoqli va kavsh qaytaruvchi mayda hayvonlar labi harakatchan, qoramol va cho‘chqalarniki esa kam harakat bo‘ladi. Ularning bunday bo‘lishi anatomik tuzilishiga bog‘liq, qoramollarning yuqori labida burun – lab yaltirog‘i (ko‘zgusi) bo‘ladi. Lablarning tashqi yuzasi teri, o‘rta muskul va ichki shilimshiq pardadan iborat. Lablar og‘iz bo‘shlig‘ining oldingi qismini o‘pib turish uchun xizmat qiladi. Terisining ustki qismida ta’sirni sezuvchi jun bo‘ladi. Lablarning shilimshiq pardasida so‘lak bezlari - glandulae labialis bo‘lib, ular doim suyuqlik ishlab chiqarib, lablarni namlab turadi.
Lunj - bucca tuzilishi jihatdan labga o‘xshash bo‘lib, teri muskul, shilimshiq pardadan iborat. Lunjlar og‘iz bo‘shlig‘ining yon devori hisoblanadi. Ularning orqa qismi oxirgi jag‘ tishlargacha etib boradi. Lunjlarga bir qancha yuz bo‘limi muskullari kelib birlashadi. Ularning shilimshiq pardasi ko‘p qavatli epiteliy bilan qoplangan. Lunjda so‘lak bezlari - glandula bucalis bo‘lib, ular shilimshiq pardaga hamda muskullarga yaqin joylashadi va doim suyuqlik ishlab chiqaradi. Bular yuqori va pastki so‘lak bezlaridan iborat. Lunjning 3, 4, 5 – jag‘ tishlari ro‘parasida quloq orqasi so‘lak bezining chiqarish yo‘li ochiladi. Qoramol va otlarning lunji boshqa hayvonlarnikiga qaraganda ancha qalin bo‘ladi.
Milklar – gingiva hamma tishlar ildizini har tomonlama o‘rab oladi. Milkning to‘qimalari juda zich va qon tomirlari ko‘p bo‘ladi.
Tish - dentis, dens, odontos juda qattiq organ bo‘lib. murakkab vazifani bajaradi. Hayvonlarda tish bo‘lib, ular yashash sharoitiga qarab, butun evolyusiya davrida bir qancha shakl o‘zgarishlariga uchragan. Paleontologlar tishlarning shakl o‘zgarishlarini o‘rganib, hayvonlarning ibtidoiy tarixini izoxlab beradilar. Ibtidoiy tishlar juda ojiz, konus shaklida bo‘lib, terining plakoid tangachalaridan kelib chiqqan. Tishning mezenxima hajayralari ko‘p qavatli epiteliy to‘qimalaridan so‘rg‘ich shaklida ko‘tarilib chiqadi. So‘rg‘ichsimon o‘simtani epidermis hosil qiluvchi hujayralar o‘rab oladi va ular emaloblast deyiladi. So‘rg‘ichsimon o‘simtaning ichki qismida ham shunga o‘xshash epiteliy hujayralari bo‘lib, ular dentinoblast deyiladi.
Ana shu moddalardan tishning ustki – emal qatlami va ichki – dentin qismi paydo bo‘ladi. Kelajakda paydo bo‘ladigan tish o‘simtasining ildiz qismi sement moddasi bilan qoplanadi. Dastlab chiqqan tishlar juda kuchsiz bo‘lib, og‘iz bo‘shlig‘ida tartibsiz joylashadi. Bunday holatni suvda yashovchi hayvonlarda ko‘rish mumkin, chunki ular suvda erigan Yumshoq moddalarni ushlash uchun xizmat qiladi. Tishlarning tez – tez almashinuvi polifiodantizm deyiladi.
Suv hayvonlari quruqlikka chiqib, dag‘al oziq iste’mol qilishi natijasida yuqori labi rivojlanadi hamda tishlari murakkablashib mustahkamladi va og‘izda tartib bilan joylashadi. Tishlarning soni kamayadi, ustki qismi eyiladigan bo‘lib qoladi.
Tishlar funksiyasiga, tuzilishi va joylashishigi qarab, kurak tish, qoziq tish va oziq tishga bo‘linadi.
Kalta koronkali tishlar – konus shaklidagi qadimgi tishlar murakkablashib, ularda milkdan chiqib turadigan qism, ya’ni koronka paydo bo‘ladi. Tish ildizi va koronkasi oralig‘ida qalinlashgan joy bo‘ladi.
Konus shaklidagi (gaplodont) tishlar oziqni mahkam tutish uchun xizmat qiladi. YUzasida uchta do‘ngchasi va bitta ildizi bo‘lgan (protodont) tishlar oziqni og‘izda tutib turadi. Ezuvchi yuzasida bir – biriga teng uchta do‘ngi va ikkita ildizi bo‘lgan (trikondont) tishlar oziqni maydalaydi. Uch tuberkulyar tishlarning uchta do‘ngchasi bir – biriga teng bo‘lib. uchburchak shaklda joylashadi. Bunday tashqari, 4 – 5 – 6 do‘ngchali tishlarham uchraydi. Bunday tishlar cho‘chqalarda va yirtqich hayvonlarda bo‘ladi.

Download 14,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish