Hayvonlar morfologiyasi



Download 14,33 Mb.
bet30/268
Sana15.07.2022
Hajmi14,33 Mb.
#802236
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   268
Bog'liq
morfologiya

Tayanch iboralar. Ichki organ, ko‘krak bo‘shlig‘i, qorin bo‘shlig‘i, tos bo‘shlig‘i, seroz parda, selom, shilliq parda. Bosh bo‘lim ichaklar, oldingi bo‘lim ichaklar, bir kamerali oshqozon, ko‘p kamerali oshqozon, ingichka ichaklar, yo‘g‘on ichaklar, og‘iz bo‘shlig‘i, tish, milk, tanglay, so‘lak bezlari, til, halqum, qizilo‘ngach, oshqozon, ichak. Tashqi havo yo‘li, o‘rta havo yo‘li, ichki havo yo‘li, umumiy havo yo‘li, hiqildoq tog‘aylar, tovush hosil qiluvchi paylar, kekirdak, bronxlar, bronxiolalar, alveolalar, o‘pkalar


Ichki organlarga umumiy tavsif va anatomik tuzilishining qonuniyatlari
Ichki organlar – viscera murakkab sistemadir. Ularning hammmasi umurtqa pog‘onasi ostida joylashadi. Ichki organlar sistemasiga ovqat hazm qilish, nafas olish, ayiruv va ko‘payish organlari kiradi.
Ichki organlarning ko‘pchilik qismi qorin bo‘shlig‘i, ko‘krak qafasi va tos bo‘shlig‘ida joylashadi, bosh va bo‘yinda kamroq bo‘ladi. Ichki organlar teshiklar orqali, tashqi muhit bilan doimiy aloqada bo‘ladi. Hayvon organizmi ko‘ndalangiga kesib qaralganda tanadagi organlar qaysi tartibda joylashganligi va ularning bir – biri bilan bog‘lanishi yaqqol ko‘rinadi.
Tuban hayvonlarning ichki organlari takomillashmagan. Ularning qizilo‘ngachi, oshqozoni, jigari, oshqozon osti bezlari, ichaklari, og‘iz bo‘shlig‘i rivojlangan bo‘lib, boshqa organlari yaxshi rivojlanmagan. Ayirish va ko‘payish organlari hazm organlariga qo‘shilib, tuban sut emizuvchilarda va qushlarda – kloaka hosil qiladi. Bunday tuzilish, asosan, suvda, ba’zi quruqlikda yashovchi hayvonlar uchun xosdir. Quruqlikda yashovchi yuqori hayvonlarning nafas olish, ayirish va ko‘payish organlari hazm organlaridan butunlay ajralib, maxsus yo‘llarga aylangan. Sut emizuvchilardan bir teshiklilar oddiy tuzilgan.
Har xil hajmli nay shaklidagi hazm organlarining ichki yuzasi epiteliy hujayralari bilan qoplangan bo‘lib. ularning bo‘rtishidan turli shakldagi bezlar kelib chiqqan. Umuman, epiteliy to‘qimalari ichki organlarning eng muhim qismi hisoblanadi. Epiteliy to‘qimalari organlarning vazifasiga qarab, har xil tuzilgan bo‘ladi. Masalan, og‘iz bo‘shlig‘ida, qizilo‘ngach va kavsh qaytaruvchi hayvonlarning katta qorin, to‘r qorin va qatqorin devorlarida ko‘p qavatli yassi epiteliy to‘qimalari bo‘lib, ular himoya vazifasini bajaradi. Nafas olish organlari va tuxumdon yo‘lida tebranuvchi epiteliy to‘qimalari uchraydi. Ular tebranishi natijasida organizmni har xil begona narsalardan tozalaydi, tuxum yo‘lida esa tuxum hujayrasini bachadonga surish uchun xizmat qiladi. Ichak devorlarida jiyakli epiteliy to‘qimalari bo‘lib, ular oziq moddalarni shimish uchun xizmat qiladi. Tananing faqat bir organida jinsiy hujayralar hosil bo‘lib, ular naslni davom ettirish uchun xizmat qiladi. Organizmning nay shaklidagi organlari devorini quyidagi qavatlar: ichki qavat – shilimshiq parda; uning ostki pardasi; muskul parda va zordap (seroz) parda hosil qiladi.
Shilimshiq parda - tunica mucosa hazm qilish organlarini hosil qiluvchi nayning ichki yuzasida joylashadi. Uning devori doim nam holda bo‘lib, juda ko‘p qon, limfa tomirlari bilan ta’minlangan. Shuning uchun ham normal holatda uning rangi qizg‘ish bo‘ladi. Shilimshiq qavatda juda ko‘p tukchalar (vorsinkalar) bo‘ladi. Ingichka ichaklarda shilimshiq osti qavati bo‘lib, u ba’zi joyda zich, ba’zi joyda esa siyrak, masalan, tish milkida juda zich va harakatsiz bo‘ladi. Shilimshiq osti qavati tagida muskul qavati joylashadi.

Download 14,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish