Hayvonlar morfologiyasi


-rasm. Hujayralarning shakllari va tuzilish tamoyili (sxema)



Download 14,33 Mb.
bet253/268
Sana15.07.2022
Hajmi14,33 Mb.
#802236
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   268
Bog'liq
morfologiya

1-rasm. Hujayralarning shakllari va tuzilish tamoyili (sxema).
1-silindrik epiteliy hujayralari; 2-kubsimon epiteliy hujayralari; 3-yassi epiteliy (mezoteliy) hujayralari; 4-qonning yumaloq hujayralari (a-o‘zagi qismlar – segmentlarga bo‘lingan neytrofil leykotsit; b- yumoloq o‘zakli limfotsit; 5-tayoqchasimon o‘zakli duksimon hujayra (silliq muskul hujayrasi); 6-o‘simtali (nerv) hujayra; 7-qadahsimon hujayra; 8-tebranuvchi tukchalarga ega hujayra; 9- qanotdor hujayra (pay hujayrasi); 10-xipchinli hujayra (spermiy); 11-ko‘p o‘zakli hujayra (osteoklast); 12-o‘zaksiz hujayra (sut emizuvchilarning eritrotsiti).







2-rasm. Ko‘phujayralihayvonlarhujayrasiultrastrukturasiningsxemasi (A.A.Zavarzindan .Yu.Puninbo‘yicha):


1-xromatin; 2-xromatinatrofidagigranulalar; 3-o‘zakchaatrofidagixromatin; 4- o‘zakchaningfibrillyarkomponenti; 6-o‘zakqobig‘iningporalari; 7-perinuklearboshliq; 8-sentriola; 9-granulyarsitoplazmatikto‘r; 10-erkinyotuvchiribo-somalar; 11-silliqsitoplazmatikto‘r; 12- plastinkalikompleks; 13-sekretgranulalari; 14-lizosomalar; 15-geterofagosoma; 16-geterofagolizo-soma; 17-telosoma; 18-autofagosoma; 19-mitoxondriyalar; 20-lipidkiritmalar. Ko‘rsatkich chiziqlar hujayra ichida fagoso-malar, lizosomalar, fagolizosomalar va secret granulalarining harakat-lanishini ko‘rsatadi.









Hayvonlar tuxumdoni va sperma surtmasining gistopreparatlarini o‘rganish. Tovuq embrionining rivojlanishini mikroskopda o`rganish mavzusidagi laboratoriya darsining (2 soat)


Mashg‘ulotning maqsadi:
1. Gametalarning ahamiyati va tuzilishining o‘ziga xosliklari bilan tanishish;
2. Tuxumdon va sperma surtmasi preparatlarni o‘rganish, chizish va belgilash;
Ko‘rgazmali qurollar: rasm, sxema, gistopreparatlar
Darsning mazmuni:Jinsiy hujayralar (gametalar)
Tuxum hujayra (oon - yunon., ovum - lot. tuxum) hamma hayvonlarda nisbatan yirik hujayra hisoblanib,ko`pincha yumaloq shaklga ega, o`zak, o`zakcha organellalar va ko`p miqdorda sitoplazmasi bor. Tuxum hujayra sitoplazmasida oqsil tabiatli kiritma - sariq modda uchraydi va bu moddaning miqdoriga asoslanib tuxum hujayralar klassifikatsiya qilinadi. Sariq moddasi kam tuxum hujayralar - oligoletsital (oligos-kam, lecithos-sariq modda), sariq moddasi o`rtacha miqdordagi tuxum hujayralar - mezoletsital (mesos-o`rtacha) va sariq moddasi ko`p tuxum hujayralar - poliletsital (polys-ko`p) tuxum hujayralar farq qilinadi.
Sariq moddaning sitoplazmada joylashishiga ko`ra, izoletsital yoki gomoletsital (isos, homos-bir xil, o`xshash) tuxumlar (bunga oligoletsital tuxumlar misol bo`ladi), teloletsital (telos-oxiri) tuxumlar (bunga mezo- va poliletsital tuxumlar misol bo`ladi) va sentroletsital (ayrim hasharotlar tuxumi) tuxumlar uchraydi. Izoletsital tuxumlarda sariq modda sitoplazmada bir tekis tarqalgan, teloletsital tuxumlarda qutblardan biriga, sentroletsital tuxumlarda esa markazga to`plangan bo`ladi.
Tuxum hujayralarning bir yoki bir necha pardasi bo`lib eng birinchisi xususiy parda yoki birlamchi parda deyiladi. Birlamchi parda tuxum hujayra sitoplazmasi (tuxum hujayra moddasi) hisobiga hosil bo`lgan. Bu parda barcha hayvonlar tuxum hujayralariga xos bo`lib, vitellin parda deyiladi.
Ikkilamchi pardalar tuxumdonning tuxum hujayrani o`rab turuvchi hujayralari - follikulyar hujayralar hisobiga hosil bo`ladi. Bu pardalar tuxum hujayra o`sayotgan va rivojlanayotganda unga oziq moddalar etkazib berish uchun xizmat qiladi. Sut emizuvchilar tuxumining yaltiroq pardasi (zona pellucida) va nurli toji (corona radiata) ikkilamchi pardalardir. Nurli tojni parda hisoblamasa ham bo`ladi, chunki u follikulyar hujayralardan iborat. Yaltiroq pardaning ichki qismi neytral, tashqi qismi kislotali mukopolisaxaridlarga boy.
Uchlamchi pardalar tuxum hujayra tuxum yo`lidan o`tayotganda, tuxum yo`lidagi bezlar ishlab chiqaradigan sekret hisobiga hosil bo`ladi. Masalan: qushlar tuxumini qoplab turuvchi po`choq, po`choq osti pardalar va tuxum oqsili uchlamchi pardalar hisoblanadi. Taraqqiy qilayotgan embrion oqsilning tarkibiy qismlarini va hatto tuxum po`chog`idagi mineral moddalarni ham o`zlashtiradi.
Tuxum hujayrada animal (yuqorigi) va vegetativ (pastki) qutblar farq qilinib, tuxum hujayra otalangach, hosil bo`lgan zigotaning maydalanishi animal qutbdan boshlanadi, chunki bu qutbda sariq modda nisbatan kamroq bo`ladi.
Urug` hujayrasi (spermiy, spermatozoid - spermatozoon) harakatchan hujayra bo`lib, tuxum hujayraga nisbatan ancha mayda (kichik), ehtiyot oziq moddalar deyarli yo`q, shuning uchun erkak hayvon organizmidan tashqarida, mustaqil ravishda uzoq fursat yashayolmaydi. Buqaning urug` hujayrasi sigir tuxum hujayrasidan 160000 marta kichik.
Spermiy boshcha, bo`yincha, oraliq yoki bog`lovchi bo`lim, dumchaning asosiy va oxirgi bo`limlariga ega. Hayvonot dunyosida bir-biridan ancha uzoq turuvchi hayvonlarning urug` hujayralari, aksariyat ko`pchilik hollarda, ushbu tarzda tuzilgan bo`lib, bu ular bajaradigan vazifaning bir xilligiga bog`liq.
Spermiyning boshchasi turli hayvonlarda turlicha shaklga ega: ayg`irlarda ovalsimon, bo`qalarda - noksimon (14-15-rasmlar). Boshcha asimmetrik tuzilgan bo`lib, qoshiqchaga o`xshaydi. Boshchaning oldingi qismida plastinkali kompleksning o`zgarishidan hosil bo`lgan akrosoma (acros-yuqorigi, chetki; soma-tana) joylashadi. Akrosoma gialuronidaza fermentiga boy. Boshchaning akrosomadan keyingi qismi zichlashgan o`zak moddasidan iborat.



Download 14,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish