Hayvonlar morfologiyasi



Download 14,33 Mb.
bet252/268
Sana15.07.2022
Hajmi14,33 Mb.
#802236
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   268
Bog'liq
morfologiya

1-preparat
Baqa qonining surtmasi
Romanovskiy-Gimza usuli bo‘yicha bo‘yalgan
Mikroskopning kichik ob’ektivi yordamida surtmaning qon hujayralari siyrakroq joylashgan joyi topiladi. Kichik ob’ektivda ko‘pdan-ko‘p eritrotsitlar ko‘rinib, ular och-qizil rangga bo‘yalganligi va markazida qoramtir nuqtacha shaklida joylashgan o‘zagi borligi bilan ajralib turadi. Tanlangan joy katta ob’ektiv yordamida o‘rganiladi.
Baqaning eritrotsitlari o‘z shakli va o‘zagi mavjudligi bilan sut emizuvchi hayvonlarnikidan keskin farq qiladi. Shuningdek baqa eritrotsitlari bir-biridan shaklining (poykilotsitoz) va katta-kichikligining (anizotsitoz) biroz farq qilishi bilan ham xarakterlanadi.
Eritrotsitlar (1) umuman oval shaklda bo‘lib, ularning sitoplazmasi (2) och qizil (pushti) rangga bo‘yalgan. Eritrotsitlarning markazida kuchli bo‘yalgan oval shakldagi o‘zagi (3) joylashadi. Eritrotsitlar orasida leykotsitlarning to‘q bo‘yalgan o‘zaklari (4) ko‘rinadi.
2-preparat
Ot ko‘zi to‘r pardasining multipolyar nerv hujayralari. Metilen ko‘ki bilan bo‘yalgan yalpoq (pardasimon) preparat.
Kesimlarda nerv hujayralari o‘simtalarining bir qismi, shunda ham butun uzunligi bo‘ylab emas, qisman ko‘rinadi. Shu sababli nerv hujayrasi bilan umumiy tanishish uchun hujayra va uning barcha o‘simtalarini ko‘rish mumkin bo‘lgan yalpoq preparatdan foydalanilgani ma’qul. Shu bilan birga, bu preparat nerv to‘qimasini o‘rganishning asosiy usullaridan biri - metilen ko‘ki bilan subvital bo‘yash bilan tanishtiradi.
Preparat multipolyar nerv hujayralarining eng ko‘p tarqalgan yulduzsimon shaklini namoyish qiladi. Hujayralar odatda bir tekis bo‘yalmaydi: ba’zilarining barcha o‘simtalari bo‘yaladi, boshqalarining bir qism o‘simtalari yetarlicha bo‘yalmaydi. Shuning uchun kichik ob’ektivda butun preparatni qarab chiqish va yaxshi bo‘yalgan hujayralarni tanlab olish hamda ularni kuchli ob’ektivda o‘rganish lozim. Agar yirik nerv hujayrasi bo‘lsa, uni kichik ob’ektivda o‘rganish va chizish ham mumkin. Hujayra tanasi (1) o‘simtalari borligidan yulduzsimon shaklga ega. Ko‘pincha hujayra tanasi diffuz bo‘yalgan, lekin ba’zan unda yumaloq o‘zak (2) bo‘yaladi va ko‘rinadi. Hujayra tanasidan bir necha dendritlar (3) boshlanadi; hujayra tanasidan ajraladigan joyida dendritlar nisbatan yo‘g‘on, keyin ular daraxtsimon tarmoqlanadi va ingichkalashadi. Bu o‘simtalarning daraxtsimon tarmoqlanishi preparatda aniq ko‘rinadi. O‘simtalarda ko‘pincha varikoz yo‘g‘onlashmalar ko‘rinadi; ularning ahamiyati hanuzgacha aniq emas va ular artefakt bo‘lishi ham ehtimol. Nevritni (4) topish qiyinroq; u barcha hujayralarda ham bo‘yalavermaydi, lekin baribir hamma vaqt ham bir necha yaxshi bo‘yalgan va nevriti aniq ko‘rinadigan hujayralarni topish mumkin. Bu o‘simta hujayra tanasidan ingichka tarmoq sifatida boshlanadi va hech qachon daraxtsimon tarmoqlar ajratmaydi.







Download 14,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish