Hayvonlar morfologiyasi


Mavzu. Kalla suyagi. Miya va yuz bo‘lim suyaklari



Download 14,33 Mb.
bet210/268
Sana15.07.2022
Hajmi14,33 Mb.
#802236
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   268
Bog'liq
morfologiya

Mavzu. Kalla suyagi. Miya va yuz bo‘lim suyaklari.

Bosh skeleti (cranium) bir nechta juft va toq suyakchalardan tashkil topgan bo‘lib, ular joylashuviga ko‘ra miya va yuz bo‘limlariga bo‘linadi.


Darsning mazmuni: Bosh skeleti (cranium) bir nechta juft va toq suyakchalardan tashkil topgan bo‘lib, ular joylashuviga ko‘ra miya va yuz bo‘limlariga bo‘linadi.
Miya bo‘limi suyaklari – cranium cerebrale: ensa, ponasimon, chakka, panjarasimon, tepaaro, tepa va peshona suyaklarini o‘z ichiga oladi.


Otning bosh skeleti (chap tomondan ko‘rinishi)1-jag‘aro suyak, 2-burun suyagi, 3-yuqorigi jag‘ suyagi,4-peshona suyagi,5-tepa suyagi, 6-yanoq suyagi, 7-ensa suyagi, 8-yuz suyagi,9-ko‘z yoshi suyagi, 10- pastki jag‘ suyagi, ensa suyagi bo‘limlari; a-asosiy qism, b-bo‘yin qismi, s-tepa qismi,d-ensa to‘pig‘i, e-bo‘yinturiq o‘simtasi; peshona suyagi qismlari; f-h-peshona suyagining chakka –ko‘z qismi, d-burun peshona qismi, pastki jag‘ suyagi qismlari: i-muskul o‘simtasi, k-bo‘g‘im o‘simtasi, l-chaynash muskuli chuquri, m-qon tomir kesigi, n-jag‘ tishlar qismi, o-iyak osti teshigi, p-jag‘ning kesuvchi qismi, g-jag‘aro suyak tanasi, s-burun o‘simtasi.



Qoramolning bosh skeleti
1-jag‘ oraliq suyagi, 2-burun suyagi, 3- yuqorigi jag‘ suyagi, 4-ko‘z yoshi suyagi, 5- peshona suyagi, 6-tepaaro suyagining chakka plastinkasi, 7- yanoq suyagi, 8-ensa suyagi, 9-yanoq suyagi o‘simtasi, 10-pastki jag‘ suyagi; a-kurak tishlar, b-ko‘z osti teshigi, c-ko‘zyoshi teshigi, d-ko‘z usti teshigining kanali, e-muskul o‘simtasi, f-shox, g-tashqi eshitish yo‘li, h-ensa suyagining to‘pig‘i, i-bo‘yinturiq o‘simtasi, k-suyak nog‘arasi, l-bo‘g‘im o‘simtasi, m-qon tomirlari kesigi, n-iyak osti teshigi, o-yuz do‘ngligi, p-pastki jag‘ning ichki qismi, q-pastki jag‘ning tishli qismi, I-pastki jag‘ suyagining burchagi.

Ensa suyagi – os occipitale 3 qismga bo‘linadi: a) Asosiy qismi – parsbazilaris kalla suyagi asosida joylashadi va ponasimon suyak bilan qo‘shiladi. U quyidagi anatomik qismlarga bo‘linadi: muskul bo‘rtiqlari – tuberculummusculares - ponasimon suyak bilan birlashgan joyda joylashadi va bosh muskullarini birikishi uchun xizmat qiladi; yoriqsimon teshik – foramen lacerum ensa suyagi tanasining lateral uchidan hosil bo‘ladi va u orqali nerv, qon tomirlari o‘tadi; uzunchoq miya chuqurchasi - fossa medullae - ensa suyagi tanasining miya yuzasida bo‘lib, unda uzunchoq miya joylashadi; miya ko‘prigi chuqurchasi – fossapontis. b) Yon qismlari – partes lateralis katta ensa teshigi bilan chegaralanadi va quyidagi qismlardan tuzilgan: ensa burtiqlari – condyli occipitalis - atlant bilan birlashish uchun xizmat qiladi; bo‘yinturuq o‘simtalari – processus jugularis - lateral bo‘rtiqda joylashadi va muskul birlashishi uchun xizmat qiladi; til osti teshigi – foramina hypoglossa - ensa bo‘rtig‘i va bo‘yinturuq o‘simtasi o‘rtasida joylashadi, u orqali nervlar o‘tadi. v) Tangachasimon qismi – sguama occipitalis ensa teshigining yuqorisida joylashib, quyidagi qismlari mavjud: ensa tarog‘i – crista occipitalis; bo‘yin payi birlashadigan qismi – pars nuchalis.
Ponasimon suyak – os sphenoidale - panjarasimon, dimog‘, qanotsimon, tanglay, peshona, chakka va ensa suyaklari bilan chegaralangan. Uning quyidagi anatomic qismlari farqlanadi: tanasi – corpus sphenoidale; ikki juft qanoti: ko‘z qanoti – ala orbitalis, chakka qanoti – ala temporalis; qanotsimon o‘simta - processus pterugoideus - suyak tanasining tashqi yuzasidan chiqadi; qanotsimon taroq – crista pterygoidea - qanotsimon o‘simtaning oldingi burchagidan hosil bo‘ladi; ko‘rish kesishmasining ariqchasi – sulcus chiasmatis – yumaloq teshikning orqa tomonida joylashib, u orqali ko‘rish nervi o‘tadi; ko‘rish teshigi – foramenopticum orbitaga o‘tadi, nerv va qon tomirlar o‘tadi; turk egarchasi – sella turcica va egarcha devori – dorsum sellae - ko‘rish kesishmasidan orqada joylashadi; gipofiz chuqurchasi – fossa hypophysialis turk egarchasida bo‘lib, gipofiz bezi joylashadi; oval teshik – foramen ovale chakka qanotining asosida joylashib, undan qon tomirlar va nervlar o‘tadi.
Chakka suyagi – os temporales - juft, kalla suyagining miya bo‘limini yon tomonlarida joylashadi, ensa, tepa, peshona, yonoq, ponasimon, yuqorigi jag‘ suyaklari bilan chegaralanadi va quyidagi qismlardan tashkil topgan: a) chakka suyagi tangachalari – sguama temporalis - tashqi tomonida yonoq o‘simtasi – processus zygomaticus joylashadi; chakka chuqurchasi – fossa temporalis - bosh – tepa suyagining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan, yonoq yoyi – arcus zygomaticus hosil bo‘lishida ishtirok etadi; bo‘g‘im bo‘rtig‘i– trochlea articularis yonoq bo‘rtig‘ining asosida joylashib, pastki jag‘ bilan birlashish uchun xizmat qiladi; bo‘g‘im chuqurchasi – fossa articularis va bo‘g‘im orqa o‘simtasi – processuspostglenoidalis - yonoq o‘simtasida joylashgan; chakka kanali – meatus temporalis- tangacha bilan quloq suyagi o‘rtasida joylashadi. b) quloq suyagi – os petrosum - nog‘orasimon, so‘rg‘ichsimon va qoyasimon qismlardan iborat.
Panjarasimon suyak – os ethmoidale- kalla suyagining ichkarisida joylashib, peshona, ponasimon, ko‘z yoshi, yuqorigi jag‘, tanglay suyaklari va dimog‘ bilan chegarlanadi. Unda panjarasimon, vertikal plastinkalar va labirint farqlanadi. a) panjarasimon plastinka – lamina cribrosa ponasimon va peshona suyaklari orasida joylashadi, unda ikkita hid bilish chuqurchasi – fossa olfactoria - bosh miyaning hidlov piyozchasi joylashishi uchun va nervlar uchun bir nechta mayda teshikchalar mavjud. b) vertikal plastinka – lamina perpendicularis - dimog‘ ariqchasiga kirib turadi. v) panjarasimon suyak labirinti – labyrinthus - vertikal plastinkalarning yon tomonlarida joylashadi.

Download 14,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish