4.5.. FAN BO‘YICHA BAHOLASH ME’ZONLARI
Talabalarning fanlarni o‘zlashtirishi 5 ballik tizimda baholanadi.
5 ( a’lo) baho:
Xulosa va qaror qabul qilish;
Ijodiy fikrlay olish;
Mustaqil mushohada yurita olish;
Olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish;
Mohiyatini tushunish;
Bilish, aytib berish;
Tasavvurga ega bo‘lish;
4 (yaxshi) baho:
Mustaqil mushohada yurita olish;
Olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish;
Mohiyatini tushunish;
Bilish, aytib berish;
Tasavvurga ega bo‘lish;
3 (qoniqarli) baho;
Mohiyatini tushunish;
Bilish, aytib berish;
Tasavvurga ega bo‘lish;
2 (qoniqarsiz) baho:
Dasturni o‘zlashtirmaganlik;
Fanning mohiyatini bilmaslik;
Aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik;
Mustaqil fikrlay olmaslik.
4.6.. Fan bo‘yicha tarqatma materiallar
Mavzu. O‘q skeletning morfologik tuzilishi.
Darsning maqsadi: skelet haqida tushuncha beriladi. O‘q suyaklari, periferik (oyoq) suyaklarini qismlari o‘rgatiladi. Umurtqa tanasini, bo‘yin, ko‘krak (qovurg‘a va to‘sh suyagi), bel, dumg‘aza va dum umurtqalarini anatomik tuzilishi haqida tushuncha beriladi.
Ko‘rgazmali qurollar: rasm, sxema, hayvon gavdasini maketi, tirik hayvon. Skelet, umurtqa suyaklari, rasm.
Darsning mazmuni: skelet – skeleton (yunoncha) – qurib qolgan, degan ma'noni anglatadi. Skelet ikki qismga bo‘linadi: O‘q skeleti – bunga umurtqa pog‘onasi va bosh suyagi kiradi; atrof o‘qi periferik skelet – bunga oldingi va keyingi oyoq suyaklari kiradi. Umurtqa pog‘onasi – collumnae vertebralis - o‘q suyaklarini asosiysi bo‘lib, barcha organlarni ushlab turish vazifasini bajaradi. Umurtqa pog‘onasi kanalida orqa miya joylashadi. Sut emizuvchi hayvonlarda umurtqa pog‘onasi 5 ta bo‘limdan iborat:
Bo‘yin umurtqalari – vertebrae cervicalis.
Ko‘krak umurtqalari – vertebrae thoracalis
Bel umurtqalari – vertebrae lumbalis.
Dumg‘aza umurtqalari – vertebrae sacralis.
Dum umurtqalari – vertebrae caudalis.
Umurtqa – vertebrae. Barcha umurtqalarda quyidagi qismlar mavjud bo‘ladi: umurtqa tanasi – corpus vertebrae, umurtqa boshi – caput vertebrae, umurtqa chuqurchasi – fossa vertebrae, umurtqani oldingi va keyingi bo‘g‘im o‘simtasi – processus articularis cranialis et caudalis, umurtqani elka o‘simtasi – processus spinosus, umurtqani yon ko‘ndalang o‘simtasi – processus transversi, umurtqa tanasini ventral qismidagi ventral tarog‘i – crista ventralis. Umurtqa teshigi – foramen vertebrae bir-biri bilan birlashib umurtqa kanali – canales vertebralis ni hosil qiladi. Umurtqa kanalida orqa miya joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |