preparat
Yosh hayvon (mushuk bolasi)ning timusi.
Gematoksilin va eozin bilan bo‘yalgan.
Timusning tuzilishi yosh bilan bog‘liq keskin o‘zgarishlarga uchraganligidan uni yosh va qari hayvonda o‘rganish lozim. Ushbu preparat organning yetuk davri tuzilishini aks ettiradi. Uning bo‘lakchalardan tuzilganligi shunchalik aniq ifodalanganki, bu preparatda oddiy ko‘z bilan ham ko‘rinadi.
Kuchsiz ob’ektivda o‘z tarkibida har doim yog‘ hujayralari yig‘indisi (2) saqlovchi biriktiruvchi yumshoq to‘qimadan iborat kapsula (1) topiladi. Kapsuladan uning kabi biriktuvchi yumshoq to‘qimadan iborat bo‘lakchalararo to‘siqlar (3) ajraladi va organ ichiga yo‘naladi. Ularda bo‘lakchalararo qon tomirlari joylashadi. Bo‘lakchalarning periferiyasida kuchliroq bo‘yaluvchi po‘stloq modda (4) farq qilinadi. Kuchli ob’ektiv yordamida bo‘lakchalar periferiyasining bunday bo‘yalishi epitelial to‘rni butunlay to‘ldirib tiruvchi ko‘pdan-ko‘p limfotsitlarga bog‘liqligiga ishonch hosil qilinadi.
Bo‘lakcha markaziy qismini hosil qiluvchi mag‘iz modda (5)ning ochroq bo‘yalishi bu yerda limfotsitlarning kamroq ekanligidandir. Mag‘iz modda ko‘rinmaydigan bo‘laklar po‘stloq modda orqali o‘tgan yuza kesimlardir.
Maqiz moddada bo‘lakchalararo qon tomirlaridan maydaroq bo‘lakcha qon tomirlari (6) ko‘rinadi. Shu joyda, hatto kichik ob’ektivda konsentrik qavatlilikka egaligi bilan ajralib turuvchi timus tanachalari (7) ko‘rinadi va ularni qon tomirlaridan farq qilish kerak.
Kuchsiz ob’ektivda timusning umumiy tuzilishi bilan tanishib va uni chizib olib, mag‘iz moddasiga ega, timus tanachalari yaxshi ifodalangan bo‘lakchani tanlab olamiz, kuchli ob’ektivda qaraymiz va chizib olamiz (bir necha bo‘lakchalar shaklini chizib, mag‘iz va po‘stloq moddalarni ko‘rsatib, ulardan faqat bittasiga nozik detallarni chizish ham mumkin). Endi limfotsitlarning mag‘iz qism o‘zaklarining ko‘pchiligini tashkil qiluvchi, yumaloq, kuchli bo‘yalgan o‘zaklari (9)ni, har joy-har joyda ular orasida ajralib turadigan epitelial to‘r o‘zaklari (10)dan farq qilish mumkin. Epitelial to‘r o‘zaklari limfotsitlarning o‘zaklariga qaraganda yirikroqligi va kuchsizroq bo‘yalishi bilan ajralib turadi. Timus tanachasida epiteliy hujayralarining konsentrik qat-qat joylanishi (11) va tanacha markazining yemirilayotganini (12) ko‘ramiz. Timus tanachalari mikroskopik tuzilishiga ko‘ra bir-biridan juda farq qiladi. Mag‘iz moddada qon tomirlarining kesimlari ko‘p uchraydi.
Mushuk bolasining timusi. Kuchsiz obyektiv 19-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |