Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Dilmurodov N.B. “Hayvonlar anatomiyasi” fanidan amaliy laboratoriya mashg‘ulotlari bo‘yicha o‘quv qo‘llanma. Toshkent 2014 y.
Shodiyev N.Sh., Dilmurodov N.B. «Sitologiya, gistologiya va embriologiya» Darslik, Toshkent 2015.
Юдичев Ю. Ф. и др. «Анатомия домашних животных». Учебник. Омск. 2003г.
Elizabeth Aughey, Fredric L. Frye «Comporative Veterinary Histology with clinical correlates». Printed by: Grafos SA, Barcelona, Spain. Copyright © 2001
Victoria Aspinall, Melanie Cappello «Introduction to Veterinary anatomy and Physiology» textbook Edinburgh London New York Oxford Philadelphia St louis Sydney Toronto 2015
Internet saytlari
www. Ziyo.net.uz
1.2 Amaliy mashg‘ulotlar uchun o‘quv materiallari
Mavzu. O‘q skeletning morfologik tuzilishi.
Reja:
1.O‘q skeletini bo‘linishi va morfologik tuzilishi.
2.Umurtqani morfologik tuzilishi.
3.Bosh skeletini tuzilishi.
Darsning maqsadi: skelet haqida tushuncha beriladi. O‘q suyaklari, periferik (oyoq) suyaklarini qismlari o‘rgatiladi. Umurtqa tanasini, bo‘yin, ko‘krak (qovurg‘a va to‘sh suyagi), bel, dumg‘aza va dum umurtqalarini anatomik tuzilishi haqida tushuncha beriladi.
Ko‘rgazmali qurollar: rasm, sxema, hayvon gavdasini maketi, tirik hayvon. Skelet, umurtqa suyaklari, rasm.
Darsning mazmuni: skelet – skeleton (yunoncha) – qurib qolgan, degan ma'noni anglatadi. Skelet ikki qismga bo‘linadi: O‘q skeleti – bunga umurtqa pog‘onasi va bosh suyagi kiradi; atrof o‘qi periferik skelet – bunga oldingi va keyingi oyoq suyaklari kiradi. Umurtqa pog‘onasi – collumnae vertebralis - o‘q suyaklarini asosiysi bo‘lib, barcha organlarni ushlab turish vazifasini bajaradi. Umurtqa pog‘onasi kanalida orqa miya joylashadi. Sut emizuvchi hayvonlarda umurtqa pog‘onasi 5 ta bo‘limdan iborat:
Bo‘yin umurtqalari – vertebrae cervicalis.
Ko‘krak umurtqalari – vertebrae thoracalis
Bel umurtqalari – vertebrae lumbalis.
Dumg‘aza umurtqalari – vertebrae sacralis.
Dum umurtqalari – vertebrae caudalis.
Umurtqa – vertebrae. Barcha umurtqalarda quyidagi qismlar mavjud bo‘ladi: umurtqa tanasi – corpus vertebrae, umurtqa boshi – caput vertebrae, umurtqa chuqurchasi – fossa vertebrae, umurtqani oldingi va keyingi bo‘g‘im o‘simtasi – processus articularis cranialis et caudalis, umurtqani elka o‘simtasi – processus spinosus, umurtqani yon ko‘ndalang o‘simtasi – processus transversi, umurtqa tanasini ventral qismidagi ventral tarog‘i – crista ventralis. Umurtqa teshigi – foramen vertebrae bir-biri bilan birlashib umurtqa kanali – canales vertebralis ni hosil qiladi. Umurtqa kanalida orqa miya joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |