Hayvonlar morfologiyasi



Download 14,33 Mb.
bet236/268
Sana15.07.2022
Hajmi14,33 Mb.
#802236
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   268
Bog'liq
morfologiya

Topshiriq va savollar:
Yurak qon tomirlar tizimini anatomik tarkibi.
Qon aylanish doiralari
Yurak topografiyasi
Yurak kameralari
Yurak qavatlari


Mavzu. Nerv sistemasi (M.N.S.) va sezgi organlarining morfologik tuzilishi.
Nerv sistemasi organizmning eng muhim bo‘limi hisoblanadi. U hamma sistemalarni ishga soladi, ularni idora qiladi. Nerv sistemasi yordamida organizm doim tashqi muhit bilan aloqada bo‘ladi. Organizmga tashqi muhit ta’sir etib, uni sharoitga qarab o‘zgartadi. Bunday o‘zgarish adaptasiya, ya’ni moslanish deyiladi. Nerv sistemasi organizmning bir butunligini ta’minlab, barcha qismlarini birlashtiradi, uni tashqi muhit sharoitiga moslashtiradi. I.P.Pavlov nerv tizimining faoliyati birinchidan, organizmdagi barcha qismlarning ishini birlashtirishga, integrasiya qilishga, ikkinchidan, organizmni tevarak-atrofdagi muhit bilan bog‘lashga, organizm sistemasini tashqi dunyo bilan muvozanatlashga qaratilgan degan edi.
Nerv tizimining mavjudligi hayvonlar organizmining ichki va tashqi muhitining o‘zgarishlarini ilg‘ab olish hamda har ikkala ta’sirotlarni muvofiqlashtirish imkoniyatini yaratadi. Nerv tizimining vazifasi quyidagilardan iborat:

  • Organizmning ichki muhitidan va tashqi muhitdan kelayotgan ta’sirotlarni qabul qilish;

  • Qabul ta’sirotlarni tahlil qilish va ularni integrasiyalash;

Ishlab chiqilgan javob reaksiyalarini ishchi organlarga yetkazish.
Nerv to‘qimasining tuzilmaviy birligi neyron hisoblanadi. Neyronlar nerv impulslarini nerv to‘qimasi bo‘ylab uzatadi. Nerv impulslari bir neyrondan boshqasiga maxsus tuzilma, ya’ni sinaps yordamida o‘tadi. Nerv tizimining barcha o‘tkazuvchi yo‘llari neyronlar va sinapslardan tashkil topgan. Umuman nerv tizimi bosh miya va orqa miyadan, neyronlardan hamda biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan neyroglial hujayralardan tashkil topgan. Neyroglial hujayralar neyronni oziqlantirish va moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan chiqindi moddalarni chiqarish funksiyasini bajaradi.
Har bir neyron o‘zakli tana va kalta o‘simtalar hamda uzun o‘simtalardan tashkil topgan. Kalta o‘simtalar dendrit deb nomalanib, nerv impulslarini hujayra tanasiga yo‘naltiradi. Bitta hujayra tanasi boshqa neyronlardan 6000 dan ortiq dendronlarni oladi.
Uzun o‘simta bitta bo‘lib, akson deyiladi va nerv hujayrasining o‘q silindri bo‘lmaydi. Ular nerv impulslarini neyron tanasidan olib chiqadi.
Nerv impulslari dendritlardan hujayra tanasi orqali akson tepaligiga yo‘naladi va pastki tomonga harakatini davom ettiradi hamda o‘zining oxirgi joyiga juda tez yetib boradi. Impulsni aksondan uzatilish tezligi miyelin vositasid ortadi. Miyelin tarkibiga ko‘ra lipoprotein bo‘lib, aksonni o‘rab turuvchi Shvann hujayralari tomonidan ishlab chiqiladi. Uning oqimtir tashqi rangi nerv tolalarini organizmda ko‘rinishini ta’minlaydi. Miyelinli parda har 1 mm oraliqda bo‘lib, u orqali akson tanasi oziq moddalar va kislorodni oladi. Miyelinsiz tola ham Shvann hujaylaridan tuzilgan bo‘lib, shunday nomlanishiga qaramasdan, haqiqatda bir qavat miyelin bilan o‘ralgan. To‘liq miyelinsiz tolalar kam uchraydi. Masalan, bunday tolalarni ko‘zning shox pardasida uchratish mumkin.
Orqa miyaning to‘rsimon pardasi – arachnoidea spinalis yupqa bo‘lib, endoteliy hujayralari bilan qoplangan. Bu parda bilan qattiq parda o‘rtasida subdural bo‘shliq – cavum sudurali bo‘ladi.
Orqa miyaning Yumshoq pardasi – pia mater spinalis anchagina zich bo‘lib, Yumshoq parda bilan birikishgan. Bu parda bilan to‘rsimon parda orasida subaraxnoedal bo‘shliq – cavum subarachnoidali bo‘lib, hamma bo‘shliqlar miya suyuqligi – leguvor cerebrospinalis bilan to‘lib turadi va bu miya to‘qimalariga oziqa etishtirib beradi.
Orqa miya – medulla spinalis o‘z yo‘lida uzunchoq miyadan chegarasiz boshlanadi va oxiri dumgaza umurtqalarida konus shaklida tugab, undan dumga qarab oxirgi tola – filum terminali chiqadi va ot dumi – caum eguina shaklini oladi.
Orqa miyani o‘zidan uzoqroqda joylashgan oldingi va keyingi oyoqlarni nerv bilan ta'minlash uchun ikkita yo‘g‘onlashma: bo‘yin – intumesentia cervicalis, belning 5-umurtqasi ro‘parasida bel yo‘g‘onlashmasi bo‘ladi.
Orqa miyani ko‘ndalang kesimiga qaralsa ikki xil moddadan tuzilgan.
Oq modda – substantio alba tashqi tomonda va kulrang modda – substantio grisae markazda joylashgan bo‘lib, “H” harfi shakliga o‘xshaydi.


Download 14,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish