Hayvonlar morfologiyasi


Yo‘g‘on ichakning xar xil tipda tuzilishi



Download 14,33 Mb.
bet226/268
Sana15.07.2022
Hajmi14,33 Mb.
#802236
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   268
Bog'liq
morfologiya

Yo‘g‘on ichakning xar xil tipda tuzilishi
B-it, S-ot; D- qoramol; E- cho‘chqalar yo‘g‘on ichagi: 1-ko‘richak, 2-yo‘g‘on ichak, 3’-3’’-ko‘ndalang qismi, 4-chap pastki qismi, 4’-chap yuqorigi qism, 5,6-to‘g‘ri va yonbosh ichak, 7-kichik yug‘on ichak, 8-kavsh kaytaruvchilaning yo‘g‘on ichagi, 9,10-markaziy o‘ram, 11-markazdan qaytaruvchi labirint, 12-yo‘g‘on ichakning oxiri, 13-markazga boruvchi spiral, 14-labirint uchi, 15-markazdan ketuvchi spiral


Topshiriq va savollar:
Ingichka bo‘lim ichaklariga qaysi ichaklar kiradi.
Ichak devoridan tashqi bezlar qaysilar.
Ingichka bo‘lim ichaklarini turli hayvonlardagi uzunligi.
Ingichka bo‘lim ichaklarini qishloq xo‘jalik hayvonlaridagi farqi.
Ichaklarni topografiyasi.
Yo‘g‘on bo‘lim ichaklariga qaysi ichaklar kiradi
Ko‘r ichakni hayvonlardagi tuzilishi va tafovuti.
Chambar ichakni hayvonlardagi tuzilishi va tafovuti.
To‘g‘ri ichakni hayvonlardagi tuzilishi va tafovuti


Muvzu. Nafas olish va siydik ayrish organlarining morfologik tuzilishi

Darsning maqsadi: Nafas yo‘llari: burun, burun bo‘shlig‘i, hiqildoq morfofunksional tuzilishini o‘rganish, har xil turga mansub bo‘lgan hayvonlardagi o‘ziga xos tafovutlarni aniqlash.


Siydik ayirish tizimi organlari: buyrak, siydik yo‘li, siydik qovug‘i, siydik chiqarish kanali va siydik jinsiy kanalini tuzilishi va topografiyasini o‘rganish.

Ko‘rgazmali qurollar: Burun bo‘shlig‘ini kesimi, hiqildoqning quruq, ho‘l preparatlari, mulyajlar, rangli tasvirlari.


Har xil hayvonlarning buyrak, siydik yo‘li, siydik qovug‘i va siydik chiqarish kanalini quruq va ho‘l preparatlari, sxema va tirik hayvon.
Darsning mazmuni: Nafas olish organlari tizimiga burun, burun bo‘shlig‘i, hiqildoq, kekirdak va o‘pkalar kiradi.
Siydik ayirish organlari yordamida organizmda to‘plangan ba'zi zararli va zaharli moddalarni tanadan chiqarilib yuboriladi.
Burun bo‘shlig‘i bosh suyagiga nisbatan ancha kichik bo‘lib, ichi burun chig‘anoqlari bilan to‘lgan. Bo‘shliqning kaudal qismida burun to‘sig‘i oxirgacha bormaydi ya’ni yaxlit o‘rta kanal hosil bo‘ladi. Ikkala burun kanallari u orqali burun – halqum sohaga ochiladi.
Bosh suyagining qo‘shimcha bo‘shliqlari tizimi juda murakkab bo‘lib, buzoqlarda yaxshi rivojlanmagan. To‘liq o‘lchamlarga etish uchun bir necha yillar kerak bo‘ladi.
YUqori jag‘ bo‘shlig‘i yuqori jag‘da, tishlardan yuqorida joylashib, katta sohani egallaydi.
Peshana bo‘shlig‘i katta bo‘lib, bir nechta bo‘linmalardan tashkil topgan. Uning orqa bo‘limi asosan peshana suyagi ichida joylashib, bosh miyani yuqoridan o‘rab turadi va shox o‘simtasi ichiga kirib boradi. YOshi katta hayvonning shoxi singanda peshana sinusiga yo‘l ochiladi (Aspinall V., Cappello M. Introduction to veterinary anatomy and physiology textbook. Third edition, 2015).
Burun kovaklari bu havo bilan to‘lgan suyak bo‘shliqlari bo‘lib, nafas olish tizimida ular burunning qo‘shimcha bo‘shliqlari deb ataladi va bosh suyagi yuz sohasida joylashadi. Ular tebranuvchi epiteliy bilan qoplangan va burun bo‘shlig‘i bilan tig‘iz teshiklar orqali birlashadi. Itlarda yuqori jag‘ kovagi xaqiqiy bo‘lmay, burun bo‘shlig‘ining kaudal uchida o‘yiq shaklda joylashadi. Peshana kovagi peshana suyakning ichida bo‘ladi.
Burun oldi bo‘shliklar (kovaklar) bosh suyakning vaznini engillashtirish va muskullar unga birikishini osonlashtirish uchun xizmat qiladi. Bu ayniqsa boshi katta hayvonlarga hosdir. Masalan, otning bosh suyakgidagi kovaklar ko‘p bo‘lib, yaxshi rivojlangan. Undan tashqari, bosh kovaklari harorat almashinuvi va shilliq ishlab chiqish uchun xizmat qiladi.
YUqori jag‘ kovagining yallig‘lanishi (gaymorit) yuqori nafas olish yo‘llari yallig‘lanishida, masalan, mushuklar grippida paydo bo‘lishi mumkin. Bu infeksion kasallikni bir nechta viruslar chaqiradi (masalan, Calicivirus). Unda aksirish, til va kon’yunktivada yaralar paydo bo‘lishi, ishtaxa yo‘qolishi va gipertermiya kuzatiladi. Gaymorit qiyin davolanadi va uzoq vaqt davom etadi. Uni davolashda trepanatsiya qilinib, ekssudat chiqariladi va bo‘shliqqa antibiotiklar kiritiladi (Aspinall V., Cappello M. Introduction to veterinary anatomy and physiology textbook. Third edition, 2015).
O‘pkaga boradigan havo burun teshiklaridan kirib, burun bo‘shlig‘iga o‘tadi. Burun bo‘shlig‘i tog‘ay to‘siq orqali chap va o‘ng kameralarga bo‘linadi. Bo‘shliqqa kirish joyi junsiz ko‘p qavatli yassi epidermis bilan qoplangan. Epidermis kuchli pigmentlashgan bo‘lib, ter bezlari bilan yaxshi ta’minlangan. It burnining uchidagi epidermis unikal tuzilishiga ega bo‘lib, odamning barmoq iziga o‘xshaydi.
Burunning chap va o‘ng kameralari mayda spiral shaklida o‘ralgan suyak chig‘anoqlari bilan to‘lgan (ris. 8.2). burun kameralarining devorlari va chig‘anoqlar qon kapillyarlari bilan yaxshi ta’minlangan tebranuvchi shilliq epiteliy bilan qoplangan bo‘ladi.
Burundan qon ketishi bir va ikki tomonlama bo‘lishi mumkin. U shikast, infeksiya, yot narsalar (masalan, o‘t urug‘i) kirib borganda yoki o‘sma rivojlanganda hosil bo‘lishi mumkin.
Burun bo‘shlig‘ining to‘ridagi epiteliyda ko‘p miqdorda sezuvchan nerv uchlari mavjud (hid bilish soha). Ular hidni bilish uchun xizmat qiladi.
Burun shilliq pardasining yallig‘lanishi rinit deb ataladi. Jarayonga burun qo‘shimcha kovaklari ham qo‘shilishi mumkin. Kasallikni ko‘pincha Aspergillus zamburug‘i chaqirishi mumkin. Bu zamburug‘ chang, somon, pichan va o‘tda bo‘ladi. Rinitda aksirish, burun teshiklaridan ekssudat ajralishi, ayrim hollarda esa qon oqishi kabi klinik belgilar kuzatiladi.
Burun – nasus - nafas olish apparatining boshlanish bo‘limi hisoblanib, u keng burun bo‘shlig‘ini hosil qilgan. Uning quyidagi anatomik qismlari tafovut qilinadi: burunning yuqori qismi – dorsum nasi burun bo‘shlig‘ining qopqog‘i hisoblanadi; yon devori –
Download 14,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish