Burun tog‘aylari
A-qoramol B- V- otlar tog‘ayi 1-burun lab yaltirog‘i 2-burunni kengaytiruvchi muskul 3-burunning yopn to‘gayi 4-qanotsimon tog‘ay plastinkasi 5-uning o‘simtasi 6-qanotsimon burma tog‘ayi 7-,,S,, shakilli tog‘ay 8-burun suyagining uchi 9-oziq suyagi 10-yuqorigi jag‘ suyagi 11-tog‘ay to‘siq 12-burunning soxta teshigi 13-burunning ochib ko‘rsatilgani 14-burun kanali teshigi.
|
Hiqildoq – larynx - toq, tog‘ayli kovak organ bo‘lib, nafas havosini o‘tkazish hamda ovoz hosil qilish funksiyalarini bajaradi. Hiqildoq asosini 5 ta tog‘aylar tashkil etadi: halqasimon, qalqonsimon, ikkita cho‘michsimon va yiqildoq usti: a) halqasimon tog‘ay – cartilago cricoidea – yoy – arcus va plastinka – lamina dan iborat, hiqildoqning orqa qismida joylashadi; b) qalqonsimon tog‘ay – cartilago thyreoidea hiqildoqning pastki va yon devorlarini hosil qiladi; uning yuqorigi qismida oldingi va keyingi shoxchalar – cornu craniale et caudale bo‘lib, ular cho‘michsimon tog‘ay va til osti suyagining katta shoxi bilan birlashadi; v) cho‘michsimon tog‘ay – cartilagenes arytaenoidae juft, hiqildoqning ustki tomonida joylashgan; g) hiqildoq usti tog‘ayi – cartilago epiglottidis elastik tog‘aydan tuzilgan, qalqonsimon tog‘ay membranasiga va til osti suyagiga birlashadi. Hiqildoqning yon devorida cho‘michsimon tog‘ayning tovush o‘simtasi va qalqonsimon tog‘ay tanasi o‘rtasida shilliq pardasidan tovush lablari – labia vocale bo‘ladi. Tovush lablari hiqildoq bo‘shlig‘i – cavum laryngis ni hiqildoq dahlizi, tovush tirqishi va kaudal bo‘shliqlarga ajratadi. Hiqildoq dahlizi – vestibulum laryngis tovush lablaridan oldinda joylashadi; tovush tirqichi – rima glottidis cho‘michsimon tog‘ay va tovush lablari orasida joylashadi; kaudal bo‘shliq – cavum laryngis caudale tovush lablari orqasida joylashgan. Hiqildoq dahlizining pastki devorida o‘rta va yon cho‘ntakchalar mavjud, hiqildoqga kirish joyi – aditus laryngis hiqildoq usti va cho‘michsimon tog‘aylar o‘rtasida joylashadi.
Hiqildoqni kengaytiruvchi muskullarga: yuqorigi halqasimon – cho‘michsimon, halqasimon – qalqonsimon va til osti – hiqildoq usti; toraytiruvchi muskullarga: yon tomon halqasimon – cho‘michsimon, tovush, cho‘ntak va ko‘ndalang cho‘michsimon muskullar kiradi.
Kekirdak – trachea nay shaklidagi uzun organ bo‘lib, o‘pkaga havo o‘tkazish va undan havoni tashqariga chiqarish uchun xizmat qiladi. U bir necha tog‘aylardan tashkil topgan.
Kekirdak xalqalari
A-qoramol B-mayda kavsh qaytaruvchilarV-cho‘chqalar G-otlar kekirdagi 1-serroz parda 2-tog‘ay xalqalar 3-siyrak biriktiruchi to‘qima 4-muskul qavat 5-shilimshiq parda.
|
O‘pkalar – pulmones - juft nafas olish organi bo‘lib, unda nafas havosi bilan qon o‘rtasida gazlar almashinuvi kechadi. o‘ng va chap o‘pkalar – pulmo dexter et sinister o‘tkazuvchi yo‘llar – bronx, uning shoxchalari va gazlar almashinuvi kechadigan organlar – alveola yo‘llari, alveola xaltalari va alveolalardan tashkil topgan. Ikkala o‘pkalar ham yurak bilan birgalikda ko‘krak qafasida joylashadi. Har bir o‘pkada botiq diafragmal yuza – facies diaphragmatica; qavariq qovurg‘a yuza – facies costalis va oraliq yuza – facies mediastinalis farqlanadi. Oraliq yuzada chuqurcha – o‘pka darvozasi – hilus pulmonis mavjud bo‘lib, u orqali o‘pkaga asosiy bronx, o‘pka arteriyasi, nervlar va o‘pka venalari kirib chiqadi. Bronx tomirlar hamda nervlar bilan birgalikda o‘pka ildizini – radix pulmonis hosil qiladi.
Plevra – pleura – o‘pkaning ustini o‘rab turuvchi zardob parda. Bevosita o‘pkaning ustini o‘ragan plevra vistseral plevra – pleura vicseralis; qovurg‘a tomonga o‘tsa, parietal yoki qovurg‘a plevrasi – pleura costalis; ikkala o‘pka o‘rtasidagi plevra oraliq plevra - pleura mediastinalis; diafragma tomonga o‘tadigan plevra diafragma plevrasi – pleura diaphragmalis deyiladi. Plevraning parietal va o‘pka varaqchalari orasida juft plevral bo‘shliq – cavum pleurale bo‘lib, unda zardob parda hujayralari tomonidan ishlab chiqariladigan zardob suyuqligi –
leguor pleurale mavjud. Bu suyuqlik o‘pka ishlayotganda uning ishqalanishini kamaytirib, ishlashiga engillik yaratadi.
O‘pka
A-qoramol B-cho‘chqalar V-otlar o‘pkasi I-chap tomon II-o‘ng tomon 1-kekirdak 2-o‘tmas cheti 3-o‘tkir cheti 4-uchki qismi 5-yurak bo‘limi 6-diafragma bo‘limi 7-yurak diafragma bo‘limi 8-qovurg‘a yuzasi 9-oraliq yuza.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |