Hayrat ul-Abror (III- qism)
Alisher Navoiy
57
http://ziyonet.uz/
Menga ular shunday ishlarni buyurishadiki, bajarish oson emas; uni bajarishning sira
imkoni yoʻq. Uzr aytsam, hammalariga qattiq botadi; yaxshi gapirsam, achchiqlari keladi.
Ularga osmonlarcha xayru ehson koʻrsatsang ham, har osmonni ular bir xashakcha
koʻrishadi. Kimning koʻzini tamagirlik katta qilib ochgan boʻlsa, bir qatra ham, butun bir
daryo ham unga bari birdir. Berganingni olib, yana norozilik ham izhor qiladi. Koʻp
bergan boʻlsang ham oz deydi. Har biri oʻzicha soʻz soʻzlash ishtiyoqida; oʻzicha soʻz
soʻzlash bilan birga yuzta niyati bor. Birovning Rustamcha kuchi, Hotami Toyicha
himmati, qoʻlida Qorunning boyligicha boyligi boʻlsa ham ularni rozi qilish qiyin.
Menda bu narsalarning birontasi yoʻq. Zaiflik uyida dard bilan hamnafasman. Shuncha
gʻamu mehnatim boʻla turib, men ularga extiyot bilan savol-javob qilaman. Tabiiy
kasalligimning oʻzi ham bir sari, ular bilan muomala qilish ham bir sari boʻlib, kuni bilan
tomogʻim qurigani qurigan. Kechasi esa uyqum qochib, farogʻatsizman. Kunduzi boʻlsa
yana ahvol shu; kech kirdi deguncha, yana oʻsha xol.
Kimningki vaqti shu xilda tang boʻlgach, yaxshi she’r yozishga uning qachon imkoni
boʻladi? Bu yaratgan nazmim eng sof dur darajasida boʻlmasa, men bu yozganim uchun
kechirim soʻrashga haqliman. Vaqtimning iplari qisqa boʻlib, men uni koʻnglim
xohlagandek uza olmadim. U shu xilda yaratilgandan keyin unga ortiqcha
martabajperdan boʻladi. U qanday qilib el orasiga xoy-xuy soladi-yu, qanday qilib
hamma tomonga uzundan-uzoq dovrugʻi ketadi!
Menga yetarli imkon boʻlganda, bir kecha-kunduz davomida bir-ikki nafas mehnatdan
qutulib, dam olib, koʻnglimdagidek osoyish topganimda, xilvat bir goʻshada oʻltirib,
ta’bim faqat fikrlash bilan band boʻlganda, durdona nazm yaratish bilangina shugʻullanib,
xayol dengizida gʻavvoslik qilganimda, unda yurganimcha yurib, u dengizdan
xohlaganimcha olganimda edi, bu sohani tushungan odamlar undan nazm degani qanday
boʻlishi kerakligini bilib olgan boʻlishardi. Hayotda eng muxim bir narsadan-ku, choʻntak
quruq qolgan edi; ijod sohasidagi orzu amalga oshmasa, aybi yoʻq.
Shu xilda men bu navoni kuylab turarkanman, bir pok fikrli oqil nogah menga dedi:
— Ey qalami ojizlik siyoxiga botirilib, insof xatiga boshini qoʻygan odam! Sening
zaifligingga Xudoning oʻzi quvvat beradi. Insofing koʻrinishlariga yuz ofarinlar boʻlsin.
Sen bayon qilib bitgan narsa shuni koʻrsatadiki, sen bundan ham yaxshi yoza olasan.
Oʻzing aytgandek yuqori qilib, istaganingdek yoqimli etib yozganingda, unga bozor
bundan ham katta, butun olam unga xaridor boʻlgan boʻlur edi! Shunday boʻlsa ham, u
jahon boʻylab savdoda; ovozasi butun borliqni toʻldirgan. Bu jahonning bezagi undan,
dengiz va kondagi gavharlar ziynati ham undan. Shohning otidan u sharofat topdi; chunki
saxovat quyoshi ham Xudoning soyasi boʻlmish podshoh oti tufayli yuz beradi. Uning asl
zoti sharofat dengizini tashkil etgan boʻlib, bu dengizdagi gavhar esa uning nomidir.
— Ey nomiga adolat tangasi zarb qilingan, zotiga hukmdorlik xutbasi oʻqilgan shoh!
Sendan uyalib, osmon xalqa shakliga kirdi; sening noming quyoshning uzugiga bitilgan.
Sening madxingni yozish uchun men kimman?! Bu - bir zarra osmondan joy olgani bilan
tengdir. Qatra oʻzining qatralik darajasini bilishi kerak. U oʻz borligini dengiz bilan teng
Do'stlaringiz bilan baham: |