Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (II- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
24 
http://ziyonet.uz/ 
U oʻz husni bilan ibodat qiluvchini ham yoʻldan ozdirsa, husniga shirin soʻzligi zeb berib 
tursa, shu husnu malohat bilan gapirib, oʻtkir soʻzligini qoida bilan bayon etsa -bunday 
goʻzal butun odamzod jinsiga oʻt yoqadi, butun odamzodni emas, butun olamni 
yondiradi. Har lahzada odamlarni oʻldirib, kuydiradi, inson zoti borki, hammasini 
oʻrtaydi. 
Bazmda har qanday sozanda dilkash kuylami ijro etib, kuyda qancha yaxshi takrorlar, 
mashqda qancha yaxshi naqarotlar boʻlmasin, tushungan odamlar undan toʻla 
qanoatlanadilar. Kuy ijrosi choʻzilib ketsa, ularga malol ham keladi. Bu kuy orasida 
joyini topib, Navoiy soʻzi bilan bir gʻazal ashula qilib aytilsa, soʻzlar olov purkab, 
tinglovchilar qalbini mung bilan ezsa, u vaqtda sen bazmdagi toʻpolonni koʻr! 
Mayxonadagi gʻavgʻolarni tomosha qil! Yoqa yirtish qanday boʻlishini koʻr, figʻon tortib, 
oʻzini oʻldirganlarga boq! 
Durning bir donasi bilan bogʻliq gapga ishonma, soʻzni jahon dengizidagi haqiqiy 
durdona deb bil. 
Qalam soʻzni sharxlab yozgan shuncha gaplar nasrga oiddir. Nazmdagi soʻzning xossasi 
bundan ham boshqacha. Oddiy soʻzlashuvda yolgʻondan e’tiborsiz narsa yoʻq. Lekin 
nazmdagi yolgʻon (mubolagʻa)ni donolar ham ma’qul koʻradi. Oʻz joyida tizilib turgan 
tishlar durday yaxshi koʻrinadi. Ular sochilib ketguday boʻlsa, qanday qimmatga ega 
boʻlishi mumkin?! 
Gul va daraxtlar bogʻda soiim koʻrinadi. Togʻda esa ular hammasi oʻtin hisobidadir. 
Nasrda sochilib yotganligi kishini noxush qilsa, she’rda mavjud tartib-qoida koʻngulni 
xursand etadi. Bandalarini kechiruvchi Xudo ularni xilma-xil qilib yaratar ekan, ularning 
har qaysisini boshiga bir-biridan farq qiladigan toj bilan paydo qilgan. Shoh gulshanda 
bazm qurib, shodlik yoʻlini tutadi. Har kishi oʻz darajasini bilib oʻtirsa, yigʻinda tartib-
intizom boʻladi. Bordi-yu ichkilik aqlini yeb, shoh oʻz yoniga eshik ogʻasini tortsa yoki 
qul oʻz begi bilan adi-badi aytishadigan boʻlsa, unday bazmda tagʻin qanday xalovat 
boʻlishi mumkin?! 
Shohmot taxtasiga donalarni toʻkkan odam bir necha yogʻoch parchalarini uyadi. Birov 
ikki tomonga u donalarni ikki qatordan qilib tersa, u chiroyli koʻrinadi. Shohmotning ikki 
tomonidagi ikki qator xuddi ikki misra she’rga, toʻrt qator esa she’rning ikki matlaiga 
oʻxshab ketadi. Bundagi har dona ajoyib muammo boʻlib, ularning zimnida otlar ham 
paydo boʻladi. Odam qancha toʻgʻri fikr qilmasin, bunda ozgina parishonlikka yoʻl 
qoʻysa, otning yurishi tufayli mot boʻlib qolishi mumkin. 
She’r daftari ham bir-biriga bogiangani uchun uning varaqlari gulzordagi gulday toza. 
Daftarning ipi soʻkilsa, uning varaqlarini shamol har tomonga uchirib yuboradi. 
Gulshanda gullarning saf tortib ochilib turishi, bu - nazm; ularning yerda sochilib-



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish