Hayrat ul-Abror (III- qism)
Alisher Navoiy
59
http://ziyonet.uz/
oʻxshab qolsa, dedim-da, ibrat koʻzini keng ochdim: bor ham bir, yoʻq ham; boru yoʻqni
teng koʻrdim. Borlik va yoʻqlikdan men xuddi Sayyid Hasan Ardasherdek oʻtishni
istadim. Koʻnglim shunday yuksak maqomni orzu qildi. Lekin nafsga esa (bu dunyo)
lazzatlari orzu boʻldi. Himmat shodlik yeri -jannatga qarab uchib ketdi; nafs esa meni
jaxannam chohiga sudradi. Nafsning yuzi malaknikiga oʻxshasa ham, oʻzi yashirin; unda
dev bilan shayton ikkalasi birlashib, juft boʻlgan. Ikkalasi juft boʻlib qoʻya qolmasdan,
har nafasda oʻzlaridaqalarning yuztasini tugʻdirib turadi. Kimki ichdan pishgan boʻlsa,
dev bilan shayton jahon ichida jahon turgandek boʻladi. Ichida yuz makr va xiyla
boshlansa, shuncha shayton va devi fitna koʻtaradi. Ular menga qancha istaklarni ravo
koʻrishmasin, qizigʻi shuki, hammasi oʻzimda bor.
Xudo haqi, ey koʻngul, insof qil; dindan faqat nafsgina chiqarishi mumkin. Bu nafsning
qoʻlida men afgorman, shuncha balolarga giriftorman. Zohiran vaqtimning oʻtishi
yomondan-yomon; ichki ahvolim esa undan ham battar. Qaygʻuli dilimni eslab yigʻlar
ekanman, koʻnglumning oʻzi ham faryodimdan xabar olmaydi. Faraz qilaylik, koʻz
yoshimdan sof dengiz yasab, koʻksimni teshib undan kema qilsam ham, gavdam
kemadek suza olmaydi. Chunki mening langarim gunoh togʻidandir. Tashqi
koʻrinishimdan odamga oʻxshayman; jismimning surati ham inson sifatida. Mazmunga
kelganda odamgarchilikdan yiroqman. Odamgarchilik bilan mening oʻrtamda ming yillik
xijron bor.
Lekin sofdil odamlar bir yerga yigʻilganda esa oʻzimni sham’dek ravshan va toʻgʻri
koʻrsataman. Koʻnglumda yuzta ilon bir-biriga chirmashib yotibdi; notinchlik shamolidan
qoʻzgʻolon koʻtarishyapti. Men shundaymanki, «Men!» demaganim yaxshiroq; yaxshilar
men -yomondan uzoq boʻlsani durust. Ichim-n tashim zulmatda; qiziqki, koʻnglum ham
shuni tilaydi.
Shunday ekan, odamlardan kim meni avliyo deb, toat va ibodatga berilgan deb
tushunardi? Hammalari meni gʻamgin oshiq deb, koʻngli, koʻzi esa pok deb ataydilar.
Qattiq harakat qilib, yigʻidan koʻzimni tiya olaman. Ammo ish koʻngulni qoʻlga olishga
kelganda nima qilishim mumkin? Xudo oʻzi karam qilib, bu ishlarda qoʻlimdan
ushlamasa, oh, mening xolimga yuz marta oh!
Hayotim davrini eslar ekanman, uyatga qolmaydigan bir ish qilganimni eslolmayman.
Barcha ishim qalamni qora qilish, uchi bilan xat yozish boʻldi. Qalam tilimdan ham
xiraroq boʻlib, yozgan xatlarim yuzimdan ham qoraroq boʻldi. Ikkisi ham Xudoning
rahmat dengiziga tushmasa, boshqa qaerda ularning qorasi ketishi mumkin?
Ey Tangri, agar soʻzim choʻzilgan boʻlsa, qilgan gunohim bundan ham koʻpdir. Bu
yozganim yaxshi boʻlsa, soʻroq vaqtida rahm et; yomon boʻlsa, demak, oʻzimning ham
boshdan-oyogʻim yomon. Yomon narsamni, rahm etib, yaxshi qil, yaxshi boʻlsa uni
qabul ayla. Unga boqqan el koʻziga ham jilva berib, uni yaxshi koʻrsat; xalqning
koʻngliga uni yoqimli et. Gunohim har qancha qavatma-qavat boʻlsa ham, sening
Do'stlaringiz bilan baham: |