Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (III- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet247/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (III- qism) 
Alisher Navoiy 
23 
http://ziyonet.uz/ 
Ey koʻngul, bu charx qoʻgʻirchoqboz chiqdi-ku! Ey koʻngul, uning nayrangbozligidan 
ranjima. Uning nayranglari har qanday taxmin va gumondan ortiq. Nayrangidan ham 
afsunlari koʻp. 
Charx shunday xiyla va nayranglar koʻrsatadiki, goʻyo u koʻk xirqa kiyib, tos 
oʻynayotganday. Yulduzlar uning kiyimidagi jiyaklardan nishon; Somon yoʻli esa 
ustidagi parcha-parcha yamoq. 
U quyoshni mash’al qilib, aylangani aylangan; tosidagi oʻtni xirqasi bilan yashirib olgan. 
U oʻtni oʻz kiyimi orasidan oʻtkazadi; tong yoqasidan oʻt chiqarib koʻrsatadi. 
Toʻgʻrirogʻi, tong kulish uchun ogʻzini ochib, xiyla bilan ogʻzidan oʻtlar sochadi. 
Shunday boʻladiki, u oʻtning uchqunlari osmon xirqasi boʻylab hammayoqqa sochiladi. 
Qoʻgʻirchoqboz kabi bu xiylagar osmon oʻz nayrangbozlik chodiridan ming xil suratlar 
koʻrsatadi. U mixsiz, ustunsiz chodir tikadi; chodirning koʻrinishini doira shaklida qiladi. 
Unda yulduzlar jilvagar boʻlib, kumush badani bilan yuz xil oʻyinlar namoyish etadi. U 
buncha kumushrang oʻyinchoqlar yasab chiqararkan, maqsadi xalqqa xiyla-nayrang 
yedirishdir. Yoʻq, u parixpndek tanani ikkiga boʻlib qoʻya qolmadi; tigʻi yangi oyga, qoni 
esa uning atrofidagi shafaqqa oʻxshaydi. Uning yulduzlari bunday parixonlik qilish bilan 
atrofiga yuz ming parini yigʻib olgan. 
Yoʻq, uni parixon dema, u bir qarigan shum kampirdir. Qaddi ham ayyorlik sifatini 
koʻrsatish uchun bukilgan. Uning koʻz yoshlari xiyla yulduzlaridir. Yolgʻondakam 
tongning oqargani - uning boshidir. Nayrang bilan u el qonini toʻkadi; aldov bilan jonini 
oladi. Podshohlarni oʻldirishga, Xusravnigina emas, Farhodni oʻldirishga ham aqli tez 
ishlaydi. 
Masalan, yer yuzidagi bir kelinni u tomosha qilib, makr bilan unga pardozchiligini izhor 
etadi. Qoʻynida pardozchiligining belgisi oq tong upasiyu quyosh oinasidir. Tong nafasi 
yangi ochilgan gulni yasatganday, u shoʻx goʻzalni yasatadi. Yuziga gul bilan elik tortib
egniga sunbul kokillarini taraydi. Lola bilan chehrasini qizil qiladi; lola dogʻini esa 
chehrasiga xol qilib qoʻyadi. Yashil rang bilan qoshiga oʻsma tortadi; shabnamni boshiga 
roʻmol qilib yopadi. Sarvdan qoiiga surat tutqizadi; suvdan esa unga’ oina yasaydi. 
Ogʻzini gʻunchaning orasiga pinxon etib, soʻzlaganda shu gʻunchani kuldiradi. Chiroyli 
nargisdan unga koʻz qilib, safsar ra’no tilidan soʻzlatadi. Uning nargis koʻzlariga noz va 
karashmani oʻrgatadi; gʻamza oʻrniga oʻynoqilikdan ta’lim beradi. Uni jannatning 
bogʻidek bezatadi; jannatning bogʻi emas, Chin qoʻgʻirchogʻidek yasatadi. Xalq orasida 
uning zeboligini jilva qildirib, hamma tomonga ra’noligini namoyon qiladi. Buncha 
afsunni unda aks ettirar ekan, buni xalq unga giriftor boʻlishi uchun qiladi. Toki, uni har 
kim koʻrganda zor boʻlib, ishqining sirtmogʻiga mubtalo boʻlsin. 



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish