Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (I- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (I- qism) 
Alisher Navoiy 
265 
http://ziyonet.uz/ 
Xayli erurkim, borisin kirdigor
Poya aro sohibi toj aylasun,
Mehrvashu charxduvoj aylasun.
Ulki vale gavhari yakto durur,
Borchasidin poyada a’lo durur.
Bilki erur moyai amnu amon,
Xusravi Jamqadr Badiuzzamon.
Zoti nazohatda maloik sifot,
Pok sifoti bila yoʻq hech zot.
Zoti bashar, lek sifoti malak,
Balki sifoti bila zoti malak.
Maxzi latofatdin oʻlub xilqati,
Xalqi jahon ahligʻa Haq rahmati.
Ey kelibon nutq ila vasfing mahol,
Notiqa vasfingda boʻlub gungu lol.
Ulcha sening xilmu viqoring durur,
Men kibi el midxati oring durur.
Mehrki el vasfidin oʻtmish ishi,
Nurin aning ne oʻka olgʻay kishi.
Obi hayot elga demak jon berur,
Bu soʻz anga bori ne ta’rif erur.
Oyni yorugʻ, charxni demak baland
Tab’i baland elga emas dilpisand.
Madx ila chun mumkin emas midxating,
Oʻzga jihatdin qilayin xizmating.
Voqif erursenki, shahi komgor,
Kim anga koʻp mahfi erur oshkor.
Dahr nekim tongla xuvaydo qilur.
Royi bu kun fikr ila paydo qilur.


Hayrat ul-Abror (I- qism) 
Alisher Navoiy 
266 
http://ziyonet.uz/ 
Tongla yoʻq, indin boʻlur ish daftarin,
Bir-bir oʻqubtur uzogʻu kun barin.
Gʻayb xayolotida yuz ming suvar,
Xotira koʻzgusidadur jilvagar.
Muncha kamolot ila xukm aylamish,
Kim neki koʻnglungga kelur yaxshi ish
Kelgilu ollimda sarosar degil,
Boʻlmasa masmu’, mukarrar degil.
Shahgʻa soʻzumdin bor esa e’tibor,
Gar sanga ham pand desam yeri bor.
Bil munikim, umr vafosiz durur,
Davlat ila joh baqosiz durur
Tushdek erur dahrda nokomu kom,
Koʻz yumub ochquncha oʻtubdur tamom.
Dahr binosini xarob anglagʻil,
Ne koʻrunur anda sarob anglagʻil.
Jumla jahon foniyi mutlaq durur,
Boqiyi mutlaq tilasang Haq durur.
Jism uyining tarxini solgʻuchi ul,
Ruh anga berguchiyu olgʻuchi ul.
Olam aro toki tirikdur kishi,
Haq bila boʻlmoq erur ansab ishi.
Boʻlmasa Haq yodidin ogohliq,
Bilki gadolikcha emas shohliq.
Boʻlsa gado Tengridin ogahligʻi,
Bordur anga ikki jahon shahligʻi.
Harneki bu safhada Tahrir erur,
Roqim anga xomai taqdir erur.
Ollinga kelsa tilamas ish base,



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish