Biogenez bosqichi. Yerda biosfera birinchi tirik organizmlar bilan bir vaqtda paydo bo‘ladi. Tirik organizmlar evolutsiyasi bilan birga biosfera ham o‘zgara boradi. Dastlabki tirik organizmlar bir hujayrali geteretrof oziqlanuvchi anaerob prokariotlar bo‘lgan. Bu organizmlar energiyani asosan glikoliz, bijg‘ish jara yonlari natijasida to‘plagan.
Bu dastlabki tirik organizmlar abiogen usulda hosil bo‘lgan tayyor organik moddalar bilan oziqlanib, biosferaning birlamchi biomassasini to‘plab borgan.
Birlamchi biosferada organik moddalar kam bo‘lgani uchun geterotrof prokariotlar tez ko‘paya olmas edi. Tabiiy tanlash natijasida anorganik moddalardan organik moddalarni mustaqil sintezlay oladigan autotrof organizmlar — birinchi xemosintez- lovchi, fotosintezlovchi bakteriyalar va ko‘k-yashil suvo‘tlari paydo bo‘la di.
Birinchi fotosintezlovchi organizmlar karbonat angidridni yutib, kislorodni ajratib, atmosferaning tarkibini o‘zgartirgan. Natijada atmosferada karbonat angidrid miqdori kamayib, kislorod miqdori tobora ko‘payib borgan. Atmosferaning 15—25 km balandligida elektrokimyoviy jarayonlar ta’sirida kisloroddan ozon ekrani hosil bo‘lgan. Ozon ekrani Yer yuzidagi tirik organizmlarni quyoshning ultrabinafsha nurlari va kosmik nurlari- ning halokatli ta’siridan himoya qilgan. Bunday qulay sharoitda dengiz yuzasida tirik organizmlar yanada ko‘paya borgan.
Atmosferada erkin kislorodning ko‘payishi Yer yuzasida aerob tipda kislorod bilan nafas oluvchi organizmlarning va ko‘p hujayralilarning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.
Ozon ekrani tirik organizmlarning suvdan quruqlikka tarqa lishiga imkon yaratgan. Birinchi ko‘p hujayrali organizmlar atmosferada kislorodning miqdori taxminan 3 foizga yetganda, kembriy davrining boshida, bundan 500 million yillar avval kelib chiqqan deb taxmin qilinadi.
Dengizda yashovchi fotosintezlovchi organizmlar keragidan ortiqcha kislorod hosil qilgan va aerob organizmlarning yanada tez rivojlanishiga sabab bo‘lgan. Aerob nafas olish jarayonida moddalar parchalanishi tufayli ko‘p energiya ajralgan. Ko‘p energiya esa organizmlarda morfologik va fiziologik murak kablashishga imkon yaratadi.
Organizmlar har xil yashash muhitlariga o‘tib, keng tarqala boshlagan. Paleozoy erasida hayot faqat suvdagina keng tarqa- lib qolmay, quruqlikka ham chiqqan. Yashil o‘simliklarning keng rivojlanishi atmosferani kislorod bilan yanada boyitdi, bu esa organizmlar tuzilishini yanada takomillashtirdi.
Paleozoyning o‘rtalarida kislorodning hosil bo‘lishi va sarflanishi o‘rtasida muvozanat paydo bo‘ldi, atmosferada kislorod miqdori taxminan 20 foizgacha yetdi va bu muvozanat hozirgacha saqlanib kelmoqda.
Tabiatda moddalar davriy aylanishida ishtirok etuvchi autotroflar, geterotroflar va redutsentlar faoliyatlarining muvozanatlashishi natijasida biosferada gomeostaz holati shakl- lanadi. Insonning paydo bo‘lishi bilan biosfera tarixida yangi juda kuchli omil paydo bo‘ldi va bu omil o‘z ta’siriga ko‘ra katta geologik jarayonlarga teng kela boshladi. Bu omil (inson faoliyati) biosferaning gometostaz (turg‘unlik, barqarorlik) holatini buzilishiga sabab bo‘la boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |