3.1. Ichki rezbalarni kesish haqida.
Ichki rezьba kesish. Rezьba kesishda material qisman bosiladi, shuning uchun parmaning diametri rezьba ichki diametri o’lchamidan kattaroq bo’lishi kerak. Yumshoq materiallarga nisbatan qattiq va mo’rt materiallarda teshiklarning o’lchami kamroq o’zgaradi. Rezьbabop teshiklar uchun tegishli parmalarni ma’lumotnoma jadvallaridan tanlanadi. Ulardan foydalanish mumkin bo’lmagan hollarda metrik rezьba diametri RKdd aa formulasi bilan aniqlanadi. Bu yerda: da-parma diametri, mm; d-rezьbaning nominal diametri, mm; Ka-teshikni bo’lib chiqishga bog’liq koeffitsient. (Ka*1-1,08); R-rezьba qadami, mm. Metchik o’lchami. Parmadastaning umumiy uzunligi va diametrining o’lchamini 55,010020 DdDL formulasi bilan aniqlanadi. Bu yerda: L-parmadasta uzunligi. mm; D-metchik diametri, mm; d-parmadasta dastasining diametri, mm. Rezьba kesish usullari. Rezьbabop teshiklarni parmalangandan keyin detalni gira jag’lari orasiga qisib teshik o’qining perpendikulyarligini burchaklik bilan tekshirish lozim. CHap qo’l bilan parmadastani metchikka bosib, o’ng qo’l bilan metchik metallga bir necha o’ram kirib turg’un holatga kelguncha bosib aylantiriladi. SHundan keyin parmadastaning dastasini ikki qo’l bilan ushlab aylantiriladi. Ishni osonlashtirish maqsadida metchikli parmadastani faqat soat mili harakati yo’nalishida aylantiravermay, bir marta to’liq, ikkinchi marta esa yarim aylanishda orqaga aylantirish kerak. Metchikni qaytma-aylanma harakati tufayli qirindilarning maydalanishi birmuncha osanlashadi. Dastakli metchiklarning rezьbasini 6-10 kvalitet bo’yicha yasaladi. Metchik bilan rezьba kesish. Detal teshigini chizmaga qarab rejalashtiriladi, so’ngra ma’lumotnoma jadvallariga ko’ra tanlangan parma bilan rezьba kesiladigan teshik parmalanadi. 60 yoki 120li zenkovkada teshikni 1-1,5 mm uzunlikda zenkovkalanadi. Metchikni tanlab tekshirib ko’rilgandan keyin zagotovkani gira jag’lari orasiga qisib mahkamlanadi. Avval berilgan formulalar yordamida tegishli parmadasta tanlanadi. Uning dastasidan ushlab metchikni soat mili harakati yo’nalishida aylantirib, rezьbani kesish va qirindini maydalash uchun vaqti-vaqti bilan chorak, yarim aylanishda teskarisiga aylantiriladi. Metchikni tez-tez teshikdan chiqarib, qirindidan tozalab turiladi. Yopiq teshiklarda rezьba kesishda parmalash chuqurligi rezьba uzunligidan 6R qadar ortiq olinishi kerak. Metchik teshik tubiga taqalishi bilan uni aylantirishni darhol to’xtatiladi. Kesilgan rezьba kalibr-tiqin yoki bolt bilan nazorat qilinadi, agar kalibrning yoki boltning uchi o’tmasa, qiynlik bilan buralsa, rezьbani ikkinchi metchik bilan takror kesish kerak. Yopiq teshiklarda to’la rezьba kesish zarurati tug’ilsa kesuvchi qismi kattalashtirilgan uchinchi metchik ishlatiladi, bunda rezьba teshikning tubiga yetadi. Rezьba kesuvchi asbobni moylash. Rezьbaning sifati va asbobning turg’unligi moylash-sovutish suyuqliklarini to’g’ri tanlashga bog’liq.
Rezьba kesishda ishlatiladigan moylash-sovutish suyuqliklari Ishlov beriladigan material Moylash-sovutish suyuqligi Po’lat - uglerodli - konstruktsion - instrumental - legirlangan - emulьsiya; - moy; - moyli kerosin, aralsh moy; - moyli kerosin, aralash moy. CHo’yan - 3-5% li emulьsiya Quyma cho’yan - sovutilmaydi; 3-5% li emulьsiya, kerosin. Bronza - sovutilmaydi; aralash moy. TSink - emulьtsiya. Jez - sovutilmaydi; 3-5% li emulьsiya. Miss - emultsiya; aralash moy. Nikel - emulьsiya Alyumin va uning qotishmasi - sovutilmaydi; emulьsiya; aralash moy; kerosin. Zanglamaydigan o’tga chidamli qotishmalar - 30% kerosin, 20% olein kislotasi; 80% li sulьfofrezol. Voloknit, vinilplast, organiq oyna -3-5% li emulьsiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |