Hayoti. Reja: Movarounnahrda Shayboniylar va


Xonlikda me’morchilik sohasining taraqqiy etishi



Download 0,69 Mb.
bet17/48
Sana02.04.2023
Hajmi0,69 Mb.
#924169
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48
Bog'liq
Узбекистон тарихи мажмуа 2-кисм

Xonlikda me’morchilik sohasining taraqqiy etishi.
Bu davrda o‘zbek xonliklarida moddiy madaniyat sohasidagi muammolarga e’tibor ancha susaygan bo‘lsada, har uchala xonlikda o‘ziga xos me’morchilik maktabi shakllangan edi. Me’morchilikka e’tibor kuchaygan sari yangi-yangi muhtasham binolar, saroylar bunyod etildi. Qo‘qon me’morchilik maktabidagi uslub Xo‘ja Amin maqbarasi (XVIII asr 50 yillari), Norbo‘tabiy madrasasi (XVIII asr oxirlari), Dahmai Shohon va Modarixon dahmalari (1825), Norbo‘tabiy va uning avlodlari maqbaralari, (XVIII asr 2-yarmi), Xudoyorxon o‘rdasi (1871), Andijon Jome’ masjid madrasasi (XIX asr oxiri) va boshqalarda mujassam topgan. Marg‘ilondagi Said Ahmad Xo‘ja madrasasi, Shahrihondagi Pansod masjidi, Andijondagi Jome’ madrasa masjidi ichki ko‘rinishi nozik manzarali bezaklarga boy. Me’morchilik – qadimdan yurtimizda ajdodlarimiz tomonidan yaratib kelingan moddiy madaniyatning eng muhim ijodiy mahsullaridandir.
Me’morchilik o‘tmishda ham va hozirda ham xalq amaliy ijodiyotida turli bino va inshootlarning qurilishi san’atini ifodalovchi, katta mahorat hamda mehnat talab qiluvchi ijod turi bo‘lib, xalqning bu sohadagi o‘ziga xos tarixini, madaniyatini, ijtimoiy-siyosiy qudratini, diniy va dunyoviy qarashlarini, maishiy hayotini ma’lum shakllarda mujassam etadi.
Me’morchilik shaharsozlikning asosi hisoblanadi. Chunki me’morchilik asarlari qatoriga turli-tuman katta-kichik binolar, uy-joylar, me’moriy majmualar, maydonlar, turli monumental qurilishlar, usti ochiq va yopiq turli soha, yo‘nalish, kasblarga mo‘ljallangan inshootlar kiradi.
Ayni vaqtda me’morchilik ijodi va mehnati o‘zida turli xil san’at namunalarini ham mujassam etadi. Qadimgi dunyo tarixida mashhur bo‘lgan «Etti mo‘jiza»ning barchasi ham inson dahosi bilan yaratilgan me’moriy san’at asarlari bo‘lgani bejiz emas.
Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekiston me’morchiligi ham juda qadimiyligi, turli-tuman me’moriy yodgorliklari, yuksak nafosat mujassami bo‘lgan mahobatli osori-atiqalari bilan doimo barchani diqqat-e’tiborini tortib kelgan.
Yurtimizda o‘tgan bir necha yuz yilliklar davomida, jumladan, XVI asr boshlaridan boshlangan o‘zbek xonliklari hukmronligi davrlarida ham me’morchilik madaniyati rivojida o‘ziga xos yuksalish jarayonlari ro‘y berib bordi. To‘g‘ri, ushbu asrlarda har uchchala xonliklar o‘rtasida tez-tez bo‘lib turadigan urushlar, ziddiyatlar, Shuningdek har bir xonlikning o‘zidagi turli maqsaddagi ichki kurashlar madaniyatning barcha sohalari qatori me’morchilik sohasi rivojiga ham salbiy ta’sir etmay qolmagan. Lekin, shunga qaramay, xalq me’morchiligida O‘rta Osiyo me’morchiligining ajoyib an’analari to‘xtab qolmadi. Bu ulkan hududda yashovchi o‘zbek, tojik, qozoq, qirg‘iz, turkman, qoraqalpoq xalqlarining yashash va turmush tarzi bu me’morchilikning o‘ziga xos milliy tomonlarini belgilashda va davom ettirishda muhim rol o‘ynadi. O‘zbekiston me’morchiligining asrlar davomida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan an’ana va qonun-qoidalari xonliklar hukmronligi davrida ham o‘ziga xos yo‘nalishda davom etdi, yuzlab turli me’morchilik madaniyati asarlari bunyod etildi. Quyida ularning ayrimlari haqida qisqa ma’lumotlani berib o‘tish mumkin:
Amir Umarxon Turkiston va uning atroflarini oroldan Ettisuvgacha egallab, Oqmasjid (Qizil O‘rda) Avliyo ota (Janbul), Pishpak (Bishkak) qal’alarini bunyod etdi. Uning davrida Qo‘qonda va boshqa nohiyalarda ko‘plab binoyi hayrlar qilingan. Norbutabiy madrasasi (1799), Muhammad alixon madrasasi, Madrasayi Kalon qozi (1820), madrasai Tunqator, Madrasai Moxlaroyim, Madrasai Haqquli Mingboshi (1825), Madrasai Miyon Xazrat, Madrasai Moxlaroyim, madrasai Xakim To‘ra (1795), Madrasai Xonxoja Eshon (1789), Madrasai Buzruqxo‘ja (1801), Madrasai Pirmuhammad YAsovul (1802), Madrasai Xojabek (1805), Madrasai Oxund devonbegi Jome’ (1817), Madrasai Norbutabiy (1827) shular jumlasidandir.
Umarxon hukmronligi davrida poytaht Qo’qon shahri O’rta Osiyoning yirik markazlaridan biriga aylangan. Go’zal va mahobatli saroylar, turli inshootlar qurilgan. Umarxon davrida barpo etilgan inshootlar orasida Qo’qon shahrida qurilgan Jome masjidi mashhurdir. Jome` machiti – me’moriy yodgorlik bo`lib, ham machit, ham madrasa sifatida qurilgan bo`lib, unda 100 ga yaqin hujralari mavjud bo`lgan. Qo`lyozma va arxiv manbalariga qaraganda, machitning qurilishini Olimxon (1801 – 1810) boshlab qo`ygan edi. Uning farmoni bilan joy belgilanib, g’ishtlari ham olib kelingan. Ammo Olimxon o`ldirilgandan keyin g’ishtlar eski o`rdaning ta`mirlanishiga ishlatib yuborilgan. Umarxonning buyrug’iga binoan 1817/18-yilda yana o`sha joyga Maschiti Jome` quriladi. Jome` machitining oldida 1852 - yili g’ishtdan minora qurilgan. 1857- yili Xudoyorxonning farmoniga binoan machit ta`mirlangan. Jome` machiti va madrasasi Rossiya imperiyasi va Sovet tuzumi davrida buzila boshladi, bezaklarning rangi o`chdi. Qo`qon aholisining talabiga muvofiq, Jome` machit 1982-yili yana qaytadan ta`mirlangan. Mustaqillik yillarida Jome` masjidi davlat muxofazasiga olindi. 2011-yilda masjidda keng qamrovli ta’mirlash ishlari amalgam oshirildi.
Umarxon davrida qurilgan jome` masjidi ham madaniyat va san`atning yuksak namunasi hisoblanadi. Uning qurilganlik vaqti xaqida Mulla Olim Mahdum Hoji Shunday yozadi: “Amir Umarxon taxtga o’tirganlarining oltinchi yilida masjidi jome` binosini boshlab, sakkizinchi yilida itmomiga yetkurubdurlar .... Olimxon mundin muqaddam masjidi jome` o’rniga madrasai oliy bino qilmoq bo’lib, devorini odam bo’yi barobar ishlangandan keyin mone` ilon to’xtatib qolib Olimxondan keyin Umarxon avvalo binoni buzib, o’rniga ikkinchi marotaba masjidi jome` sharif va madrasa bino qilgan”. Jome` ham machit ham madrasa sifatida qurilgan bo’lib, unda 100 ga yaqin xujralar mavjud bo’lgan. Masjitning o’zi uch tomondan to’siq xonaqohlik ayvon bo’lib, 98 ustunga o’rnatilgan. Shu jumladan o’ntasi xonaqohning ichida. Ustunlarni ayrimlariga o’simliksimon o’ymakorlik naqshi solingan. Machitning uzunligi 100 metrga yaqin. Old tomonining markaziy dahmada ozgina ko’tarilgan. Machitning shifti vassa, juft usulida qurilgan ayrim joylarida xavzaklar bor. Xonaqohning oldidagi shift juda go’zal va nafis bezaklangan. Binoning bosh fasadi sharq tomonga qaragan. Masjid o’zining muhtasham hajmi (97,5X25,5 m) va bezaklarning xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Tashqaridagi pishiq g’ishtlar pardozsiz qoldirilgan bo’lsa ham, bosh fasad va ichki qismi bezaklarning boyligi bilan ajralib turadi. Shipning lampa va to’sunlari islimiy va geometrik shakldagi turli naqshlar bilan bezatilgan. Ship bilan devorlarning tutashgan joyi muqarnas sharafalar bilan “yumshatilgan”. Devorlarga ganchkor bezaklar ishlangan, tog’ri burchakli pannolar ko’zga tashlanadi. Masjidning o’ymakor yog’och ustunlari tepasi kalla muqarnas bilan, pasti marmar kursi bilan tugallangan. Bu esa zaminga yotqizilgan Shunday material bilan o’zaro mutanosiblik hosil qiladi. Masjidning yonida qad ko’targan minora aftidan aftidan masjid bilan bir vaqtda qurilgan bo’lsa kerak. Minora kesilgan konus shaklida bo’lib, tepasi olti qirrali qafasa-tuynuk va gumbaz bilan tugaydi. Uning ichiga aylanma zinapoya qilingan, 22,5 metrli minoraning mahobatli ko’rinishi bezakdan xoli.
Umarxon farmoni bilan 79 ta hujradan iborat Jomiy madrasasining to’laqonli, samarali faoliyat ko’rsatish uchun unga 30 ta do’kon va bitta hammom vaqf sifatida berilgan. Umarxonining rafiqasi Nodira ham poytaht Qo’qonda bozor va rastalar, masjid va madrasalar, karvonsaroylar qurilishiga e`tibor beradi. Katta go’ristondagi “Madrasai Chalpak”, Taqachilik rastasidagi “Mohlaroyim madrasasi”, “Dahmai Shohon” va “Modarixon” dahmasini ham Nodira qurdirgan.
“Dahmayi Shohon” xazirasi Qo’qon xonligining qabristonidir. Dahma qurilishi 1822-yilda Umarxon tomonidan boshlangan bo’lib, uning vafotidan so’ng qurilish xotini Nodira va og’li Muhammadalixon tomonidan 1824-yili yakunlangan. Qurilish ishlariga usta Muhammad Qozi va Muhammad Iso najjorla boshchilik qilgan. Dahma janubga qaragan arkasimon peshtoq (9,4X11,7 m), ikki ustunli masjid va ayvondan iborat. Peshtoq geometrik shakldagi naqshlar bilan bezatilgan. Ko’proq moviy va ko’k ranglar ishlatilgan. Ikki tabaqali o’ymakor eshik, masjid ichi va shifti kompleksning turli rangdagi bezaklar ansamblini tashkil etadi. Dahmada Norbo’tabiy, Olimxon, Umarxon Sayyid Muhammad Aminxon qabrlari mavjud.
Modarixon (xon onasi) xazirasi xon avlodiga mansub ayollar qo’yilgan. Dahma dastlab Norbo’tabiyning turmush o’rtog’i, amir Umarxonning onasi Ming Oyim nomi bilan mashur bo’gan Zuhra Oyimga atab qurilgan. Qurilish Nodirabegim buyrug’i bilan boshlanib, bosh me’mor etib usta Hasanboy gilkor tayinlanadi. Uning vafotidan so’ng qurilishni shogirdlari davom ettiradi. Dahma qurilgan vaqtda xonaqoh, chillaxona, qorixona, hilxona va oshxona kabi tarkibiy qismlardan iborat bo’lgan. Ammo xozirgi vaqtda peshtoq bilan gumbaz (7,5X8,7 m) hamda bosh fasad burchaklariga ishlangan qirrador ikki minora saqlanib qolgan
Umarxon hukmronligi davrida Qo’qon xonligi siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan O’rta Osiyoda yuqori mavqega erishgan. Umarxon farmoyishiga ko`ra, diniy hayotda ham qator islohotlar o`tkazilgan. Tarixchi Mirzaolim Mushrifning “Ansab us-salotin va tavorix ul-xavoqin” asarida yozilishicha, Umarxon “Har ishni ulamolar fatvosi bilan” qilib, “Shariat hukmiga ko`kdin baland marotib va meroj berdi”.
Xulosa sifatida qayd etish mumkinki, Amir Umarxon davrida Qoqon xonligida ilm-fan taraqqiy etdi, “Qo’qon adabiy muhiti” shakllandi. Bu davrda Qo’qon shahri faqat xonlik poytahtigina emas, balki madaniy markaz ham xisoblanib o’ziga xos adabiy muhit yaratgan shahar edi. Olim-u, ulamolar, shoir va tarixchilar yig’ilishib turli anjumanlar o’tkazishib, tarixiy asarlarni muhokama qilishar va kelajak avlod uchun turli xil tarixiy asarlar yozishar edi. Bu ishlarning barchasiga ilm-fan va madaniyat peshvosi, xon va shoir Amir Umarxon boshchilik qilar edi.

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish