Hayot paydo bo`lishi haqidagi asosiy nazariyalar va go`yalar Reja



Download 304,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana05.04.2022
Hajmi304,02 Kb.
#529363
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-маруза матни



Hayot paydo bo`lishi haqidagi asosiy nazariyalar va go`yalar 
Reja: 
1)
Hayot paydo bo`lishidagi shart-sharoitlar va boshqichlar.
2)
Kimyoviy evolyutsiya.
3)
Moddalar almshinuvidagi biologik bosqich.
4)
Kooservant nazariyasi.
Hayotning paydo bo’lishi to’g’risida har xil farazlar ilgari surilgan. Ularning eng 
muhimlari bo’lib:
1.
Kreotsionizm- hayot ilohiy kuchlar ishtirokida paydo bo’lganligi;
2.
 
Hayotning birdaniga o’lik tabiatdagi paydo bo’lganligi; 
 
3.
 
Yerdagi hayot o’zga sayyoralardan kelganligi;
 
4.
 
Hayot kimyoviy, fizikaviy omillar ta’sirida rivojlanganligi (biokimyoviy faraz) 
haqidagi farazlar hisoblanadi. 
 
 
Hayot va uning paydo bo’lishi eng dolzarb, shu bilan birga eng qiyin 
muammolardan biridir. Bu muammolarni ijobiy hal qilish uchun, avvalo, hayot o’zi 
nima? degan masalani hal etishi zarur. 
F.Engels birinchi marta hayot muammosiga ilmiy tomondan yondashgan. U XIX asrning
ikkinchi yarmida tabiiyot fanlarida to’plangan yutuqlarni e’tiborga olib, o’zining 
«Tabiat dialektikasi» hamda «Anti-Dyuring» degan asarlarida hayotning mohiyati va 
paydo bo’lishi haqida ajoyib fikrlarni bayon etgan. Engelsning qayd qilishicha, hayot 
tirik materiya harakatining alohida formasidir. Tirik materiyaning sifat jihatdan o’ziga 
xosligi shundan iboratki, u oqsillardan tuzilgan bo’lib, atrofni o’rab olgan tabiat bilan 
moddalar almashinuvi orqali doim munosabatda bo’lib turadi. Қayd qilinganlarni e’tiborga 
olib, «Tabiat dialektikasi» asarida Engels hayotga quyidagicha ta’rif bergan: «Hayot 
— oqsil jismlarning yashash usulidir, ularni qurshagan tashqi tabiat bilan bo’ladigan 
to’xtovsiz moddalar almashinuvi bu usulning muhim momentidir, zero mazkur 
almashinuv to’xtashi bilan hayot ham to’xtaydi, bu esa oqsilning buzilishiga olib keladi». 
Hayotga berilgan ikkinchi ta’rifda tirik tabiatning o’zini-o’zi yangilash jarayoniga 
e’tibor berilgan. «Hayot — oqsil jismlarning yashash usulidir. Bu yashash usuli esa o’z 
mohiyati bilan mazkur jismlarning ximiyaviy tarkibiy qismlarining doimo o’zini-o’zi 
yangilab turishidan iborat». Engels hayotga bergan ta’rifning uch tomonini ta’kidlab o’tish 
kerak. Bular, birinchidan, o’lik tabiatdan farq qilib, hayot oqsil jismlar bilan uzviy 
bog’liq; ikkinchidan, hayot doimiy sodir bo’ladigan moddalar almashinuvi jarayoni, 
o’zini-o’zi yangilash jarayoni bilan va nihoyat, uchinchidan, hayot oqsil jismlar tashqi 
muhit bilan doimo aloqada, bog’liq ekanligidadir. Aks xolda moddalar almashinuvi
to’xtab, oqsillar parchalanishi yuz beradi. Bu ta’rif XIX asrning ikkinchi yarmida 
berilgan edi. Bu davr ichida biologiya fani yanada rivojlandi. Oqibatda hayot muammosi 
turli sohada ishlayotgan olimlar diqqat-e’tiborini tobora o’ziga torta boshladi. Hayot va 
uning paydo bo’lishi to’g’risida fizik Dj. Bernal, bioximik G. Steynman, ximik M. Kalvin, 
geolog M. Rutten hamda organik ximiya sohasida ishlayotgan M. Foks va K. Dozelarning 
asarlari bosilib chiqqanligi va bu masalaga bag’ishlab 1957 yili Moskvada, 1963 yili 
Uakulla — Springs (Florida shtati) da va 1973 yili Ponta-Musson (Fransiya) da xalqaro 
kongresslar chaqirilganligi yuqoridagi fikrni yana bir bor tasdiqlaydi. Fan sohasida olingan 
keyingi ma’lumotlarga ko’ra, chunonchi, hujayrada oqsil o’z-o’zidan paydo bo’lmasligi, 
aksincha, uning sintezlanishi DNK molekulasidagi nukleotidlar soniga va ular qay tartibda 
joylashganligiga bog’liq ekanligi ma’lum bo’ldi. 
Organizmlarni anabioz holatda o’rganish, shuningdek, noqulay sharoitda (quritilgan 
organizmlarni —80°, —190°, —253°, —269˚ da saqlash va qulay sharoitda xatti-harakatini 
kuzatish) organizm, organ, hujayralarda hayotiy jarayonlar vaqtincha to’xtaganda ham 
tirik organizmlar o’zining spetsifik xususiyatlarini saqlab qolishi va namoyon etishi 
mumkinligini ko’rsatdi. Fan sohasida olingan bunday ma’lumotlar zaminida Engelsning 


hayotga bergan ta’rifi munozaraga sababchi bo’lmoqda. Bir qator biologlar Engelsning 
hayotga bergan ta’rifi yangi fan dalillari zaminida ham o’z kuchini saqlab qoladi, ammo 
bunda «oqsil jismlar» degan iborani hozirgi zamon mazmunida tushunish lozim, deb 
uqtiradilar. Ikkinchi guruh olimlar, xususan, matematiklar, bioximiklar, genetiklar Engelsning 
hayot haqidagi fikrlari hozirgi fan yutuqlariga mos kelmaydi, shunga ko’ra, hayotga tamomila 
yangicha ta’rif berish kerak, degan fikrni ilgari surdilar. Masalan, Kolmogorov mulohazasiga 
ko’ra, hayotga ta’rif berganda barcha individlar uchun xos bo’lgan axborotni to’plash va qayta 
ishlash mexanizmi asos qilib olinishi kerak. Amerika olimi Kalvinning hayotning spetsifik 
xossasi to’g’risidagi fikri ham mazmun jihatdan shunga yaqin keladi. Uning mulohazasiga 
ko’ra, tirik organizm: 1) energiya tashish va o’zgartirish; 2) axborotni 
YIG

ISH 
va tashish 
xossasiga ega molekulyar agregatdan iborat. 
Genetik olim Dubinin «Yerdagi hayot ko’rinishini tarix axboroti va o’zini-o’zi 
vujudga keltirishga ega ochiq sistemadagi DNK, RNK va oqsilning o’zaro ta’siri deb 
xarakterlasa bo’ladi», degan edi. Yana bir guruh olimlar Engelsning hayotga bergan ta’rifi 
umuman to’g’ri, lekin unga zamon taqozosi bilan ba’zi bir o’zgartirishlar kiritish kerak, deb 
uqtiradilar. Masalan, Kedrov fikricha, hayot ta’rifida materiya yashashi usulining 
spetsifik xossalarigina emas, balki shu bilan birgalikda, harakat formasining spetsifik 
xossalari ham e’tiborga olinishi kerak. 
A. S. Mamzin tomonidan hayotga berilgan ta’rif Kedrov fikrlariga mazmunan yaqin. 
Uning qayd qilishicha, «...dastlabki formadagi hayot tarkibida doimiy elementlar sifatida 
oqsil tipidagi birikmalar, nuklein kislotalar va fosfor-organik birikmalar saqlaydigan, atrof-
muhit bilan o’zaro ta’sir jarayonida moddalar, energiya va axborotning to’planishi hamda 
o’zgarishi asosida, o’z-o’zidan boshqarilish va rivojlanish xossalariga ega bo’lgan ochiq 
kolloid sistemalarning yashash formasidan iborat» deb ta’riflash mumkin. Hayotga berilgan 
ta’riflarning hammasida uning ochiq sistema ekanligi eslatib o’tiladi. Ochiq sistema 
tushunchasi biologiyaga fizikadan o’tgan. Tirik organizmlarga nisbatan ochiq sistema 
deganda, har bir tirik mavjudot tashqaridan oziq shaklida energiya va materiya turini 
o’zlashtirishi hamda hayot faoliyati tufayli vujudga kelgan tashlandiqlarni atrofdagi muhitga 
chiqarib turishi, shundagina u normal hayot kechira olishi tushuniladi. Shuning uchun ham 
ochiq sistema tushunchasi ba’zi bir olimlar tomonidan berilgan hayot ta’rifiga kiritilgan. 
Masalan, Volkenshteyn hayotga shunday ta’rif bergan: «Yerda mavjud bo’lgan tirik jismlar 
biopolimerlardan, ya’ni oqsillar bilan nuklein kislotalardan tuzilgan, o’zini-o’zi 
boshqaradigan va o’zini-o’zi ishlab chiqaradigan ochiq sistemalardir». 
1829 yili nemis olimi F. Vyoler laboratoriya sharoitida kaliy sianid bilan ammoniy 
sulfatni qizdirib, organik modda — mochevina olishga muvaffaq bo’ldi. Bu bilan 
organizmdan tashqari holatda anorganik moddalardan organik moddalar hosil qilish 
mumkinligini amalda isbotladi. Vyoler tajribasidan keyin 150 yil mobaynida turli 
mamlakatlar olimlari organik moddalarning yanada murakkab tuzilishga ega bo’lgan 
uglevodlar, aminokislotalar va oddiy oqsil birikmalarini sintez qildilar. Chunonchi, 1954 yilda 
Kembrij universitetining xodimi F. Zinger o’z shogirdlari bilan birgalikda insulin 
oqsilidagi aminokislotalarning joylashish tartibini aniqladi hamda uni sintez qildi. 
1959 yili olimlardan Muru va Steynu ribonukleaza oqsili strukturasini aniqlab, so’ng 
uni sintez qilishga erishdi. Hozirgi vaqtda laboratori yalarda sintez qilib olinadigan
organik moddalarning umumiy soni yuz mingdan oshib ketdi. 

Download 304,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish