318
ХУ.7. Sanoat korxonalarini loyihalash va qurishda yong‘inga qarshi kurash tadbirlari
Agar sanoat korxonalarini loyihalash va qurishda, unda bajari-ladigan ishlarning mohiyatidan kelib chiqadigan talablardan, unga texnik mustahkamlik, sanitariya-gigienia va iqtisodiy talablardan tashqari, unga yong'in xavfi va yong'inga qarshi tura olish talablari ham qo'yiladi.
KMK 2.01.02-92 ga asosan hamma qurilish konstruksiyalari yonishi bo'yicha uch gruppaga bo'linadi.
Yonmaydigan konstruksiyalar—bularga katta harorat ta’sirida yoki alanga ta’sirida yonib, kulga yoki ko'mirga aylanmaydigan qurilish konstruksiyalari kiradi (masalan, metall konstruksiyalar va mineral materiallar).
Qiyin yonadigan konstruksiyalar-bunga katta harorat yoki ku-chli alanga doimiy ta’sir etganda tutab yonadigan, alanga ta’siri yo'qolishi bilan uchadigan sanoat konstruksiyalari kiradi (o'tga qar shi vositalar bilan ishlov berilgan yog'och konstruksiyalar va sanoat chiqindilardan tayyorlangan—yarim organik va yarim mineral mod-dalardan tayyorlangan konstruksiyalar).
Yonadigan konstruksiyalar—bularga alanga yoki katta harorat yondiruvchi vosita bo'lib, keyin alanga olib ketilgandan keyin ham yonishda davom etadigan sanoat konstruksiyalari kiradi (yog‘och materiallar, qurilishda ishlatiladigan turli-tuman plastniassa materi-allari).
Bino qurilishida ishlatiladigan qurilish konstruksiyalarining yong'inga chidamliligini yoki yonishi ularning qanday materialdan tayyorlanganligiga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq bo'ladi. Ammo ba’zi bir hollardan konstruksiyalarning o'tga chidamligiga uning tarkibiga kiradigan materiallarning o'tga chidamligiga nisbatan ko'proq boMishi mumkin (Masalan, issiq saqlovchi izolatsiya vositalarini metall tunuka bilan qoplab,. uning o'tga chidamligini oshirish mumkin).
Yong'in sharoitida qurilish konstruksiyalariga katta harorat ta’siridan tashqari boshqa kuchlar ham ta’sir ko'rsatadi. Masalan, konstruksiyaning o'z og'irligi, u ko'tarib turgan umumiy og'irlikdan tashqari yana qo'shimcha statik va dinamik kuchlar ta’sir ko'rsatishi mumkin, bu sochilayotgan suvning, yig'ilayotgan va bosim tushayot-gan bino qismlarining og'irligi va hokazo. Shuning uchun ham bun day kuchlar ta’sirida konstruksiyalar egilishi, bukilishi va mustah-kamligini yo'qotib, ko'tarish qobiliyatiga putur etishi mumkin.
319
Bundan tashqari yong‘in vaqtida qurilish konstruksiyalari xavfli darajadagi katta haroratda qizishi, erib yoki kuyib ketishi, shuning dek, yoriqlar hosil bo‘lishi mumkin, bu yoriqlar orqali yong'inning qo‘shni xonalarga tarqalish xavfi kuchayib ketadi. Shuning uchun ham sanoat konstruksiyalarining ma’ium muddat o‘tgach chidash berish holatlari belgilanadi va bu ishlatish imkoniyati sifatida o‘tga chidamlilik deb yuritiladi.
Material va konstruksiyalarning o‘tga chidamliligi o‘tga chidamlilik chegarasi bilan belgilanadi. O'tga chidamlilik chegarasi asosan tajriba yo'li bilan aniqlanadi. Tajriba usulini qo‘llanganda asosan maxsus stendlardan foydalaniladi. Sinalayotgan konstruksiya sinash qurilmasiga o‘rnatilib uni ma’lum vaqtgacha, yong‘in vaqtida hosil bo‘lishi mumkin bo'lgan haroratda qizdiriladi. Qiz-dirish davomida qurilish konstruksiyasida ba’zi bir o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkin:
konstruksiyada yoriq va teshiklar hosil bo'lishi mumkin. Bu teshik va yoriqlar orqali yong'in mahsulotlari muhofazalanayotgan tomonga o‘tib ketishi xavfi tug'iladi;
2 ) qizdirilayotgan konstruksiya yuzasining qarama-qarshi to-monidagi yuzaning deyarli hammasi lbO °C gacha qizisa yoki qiz-dirish boshlangan haroratga nisbatan ba’zi bir nuqtalarda 190 °C harorat hosil bo'lsa va qizdirish boshlangandagi haroratdan qat’i nazar 220 °C harorat hosil bo'lsa;
konstruksiya o'z ko'tarish qobiliyatini yo'qotib buzilib tushsa, unda bu konstmksiya o'z o'tga chidamlilik darajasiga yetdi deb hisoblanadi.
O'tga chidamlilik chegarasi soatlarda belgilanadi. Mana shu o'tga chidamlilik chegara soatlarning kattaligiga qarab sanoat quri-lishi konstruksiyalarining o'tga chidamlilik darajasi belgilanadi. Bu darajalar rim raqamlarida I, II, III, IV, V deb belgilanadi. I dara jadagi o'tga chidamlilikka ega bo'lgan binolarning asosiy devorlari zinapoya maydonlari va kolonnalarining o'tga chidamlilik chegarasi 2,5 soatdan kam bo'lmasligi, tashqi devor va oraliq devorlar 0,5 soatdan kam bo'lmasligi kerak. II darajadagi binolar esa yuqoridagi ko'rsatkichlar 2,1 va 0,25 soatlarni tashkil qilishi kerak.
V darajadagi binolar uchun esa o'tga chidamlilikning minimal miqdori belgilanmaydi.
Qurilish konstruksiyalarining o'tga chidamlilik darajasini oshirish imkoniyatlari mavjud. Maslan, metall konstruksiyalarning o'tga chidamlilik darajasi nihoyatda past bo'lib, taxminin 15—20 minut ichida o'z ko'tarish qobiliyatini yo'qotib, egilib bukilib ketadi. Agar bu konstruksiyani o'tga chidamli bo'yoqlar bilan moy-
320
lasak uning o‘tga chidamliligi birmuncha ortishi, alebastr yoki se-ment aralashmalari bilan suvasak uning o ‘tga chidamliligini
soatga yetkazishimiz mumkin. Agar nietalldan qilingan kolon-nalami gips plitalar bilan qoplasak, plitalar qalinligini 6 sm dan kam bo‘lmasa, unda bu kolonnalarning o‘tga chidamlilik chegarasi 3 soatga yetadi.
Yog'ch konstruksiyalarning o‘tga chidamligini oshirish muhim ahamiyatga ega, chunki yog‘och konstruksiyalarni 270—280 °C gacha qizdiiganda ular yonib ketadi. Agar yog‘ochdan qilingan konstruksiyalar yaxshilab suvalsa, ularning o‘tga chidamliligi ortadi. Suvoq qilish uchun asbosement va gips aralashmalaridan foydala-nish mumkin. Suvoqning qalinligi 20 mm boMganda yogoch kons-truksiyasining o‘tga chidamliligi 20—25 minutga yetishi mumkin.
Yog‘och konstruksiyalarning o‘tga chidamliligini oshirishda an-tipirin deb ataluvchi moddani yog‘och konstruksiya ustiga sepish yoki shimdirish yaxshi natija beradi. Antipirin kimyoviy birikma bo‘lib, yog'och tarkibiga singib borishi natijasida uning yonishini qiyinlashtiradi. Agar yog‘och materialiga antipirin 75 kg/m miqdorida shimdirilsa, yaxshi natijaga erishiladi. Bunday shim dirish, chuqur shimdirish deb ataladi va maxsus moslamalarda amalga oshiriladi.
Bundan tashqari antipirinni yuzani ishlov berish yo‘Ii bilan ham shimdirish mumkin. Bunda antipirin tejaladi, chunki 1 m yuzaga 100 g antipirin tuzi sarflanadi. Bunday ishlov berishlar yog‘och konstruksi-yasini butunlay yonmaydigan qilolmasa ham yonishini birmuncha qiy-inlashtirish hisobiga o‘tga chidamliligini oshiradi. Bundan tashqari yog‘och konstruksiyalariga yongMnga qarshi bo‘yoqlar bilan ishlov berish ham birmuncha ijobiy natijalar beradi.
XY.8 . Sanoat korxonasi hududini zonalarga ajratish
Korxonalarni loyihalash va qurish jarayonida yongMnga qarshi chora-tadbirlar belgilanadi. Bu chora-tadbirlar sanoat korxonasi bosh rejasiga kiritiladi. Ularning eng muhimlaridan biri—sanoat korxonasi majmualarini va binolarini bajariladigan ishi va yongMnga xavfliligini hisobga olgan holda joylashtirishdir. Bunda o‘ta yongMnga xavfli majmualarni, albatta, hududning shamol yo'nalishiga qarama-qarshi tomonida joylashtirish taisiya etiladi.
Sanoat korxonalarini zonalashtirishda korxona joylashgan joyning baland-pastligi, shamolning asosiy yunalishi va kuchi hi sobga olinadi. Yengil alangalanuvchi suyuqliklarni hududning quyi-
321
roq qismlariga joylashtirish tavsiya etiladi. Aks holda yong'in sodir bo'lgan taqdirda yengil alangalanuvchi suyuqlik past tomonga oqib, alanganing umuman hamma maydonlariga tarqalib ketishi xavfi tug'iladi. Sanoat korxonalarini isitish vositalari, qozon qurilmalari, odatda ochiq alanga bilan ishlatiladi va ulardan chiqish mumkin bo'lgan uchqunlar yong'in xavfini tug'diruvchi asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham bunday vositalar shamol yo'nalishiga qarama-qarshi tomonda yengil alangalanuvchi suyuq-Iiklar, suyultirilgan va siqilgan gazlarning o'rnini hisobga olgan holda joylashtiriladi.
Yong'in xavfsizligini ta’minlashda zavod hududidagi avtomobil harakatlanish yo'llarini to'g'ri ta’mirlash katta ahamiyatga ega. Chunki yong'in vaqtida o't o'chirish mashinasi hech qanday to'siqsiz istalgan joygacha bora olishi muhimdir. Shuningdek, korxona hududidagi yong'inga qarshi deponi joylashtirish ham ahamiyatlidir.
Sanoat korxonasining bir tomonidan kirish yo'li, albatta, umumiy foydalanish uchun mo'ljallangan ko'chaga chiqadigan bo'lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |