26-jadval
Qayerda, yili
|
Sababi
|
Aktivligi
|
|
Oqibat
|
1957-yil,
|
Yadroviy
|
|
Mkm
|
235
|
ming
|
km2
|
|
20,0
|
Janubiy Ural
|
chiqindilar
|
|
maydon
|
|
|
saqlash
|
joyida
|
|
zararlangan
|
|
portlash
|
|
|
Radioaktiv
|
bu-
|
1957-yil,
|
Tayyorlash
|
0,03
|
Angliya,
|
vaqtida
|
grafit
|
|
lutlar
|
|
Uindskeyl
|
yonib ketgan va
|
|
Norvegiya
|
|
|
tvellar
|
zarar-
|
|
hududi
|
va
|
|
langan
|
|
|
Vena
|
|
|
|
|
|
shaharigacha
|
1945-1989-
|
1820
|
yadro
|
40,0
|
Atmosfera
|
qat-
|
yillar
|
bombasi
|
portla-
|
miqdorda
|
tiq
|
zararlangan
|
|
tilgan,
|
shundan
|
Cs1 3 7 va
|
va
|
bulut
|
yo‘li
|
|
483 tasi
|
almosfe-
|
Sr9°
|
bo'ylab
|
zarar
|
|
rada
|
|
|
yetkazilgan
|
1979-yil,
|
Issiqlik
|
|
0,043
|
22,7
|
|
ming
|
AQSh
|
o'tkzgichning
|
|
tonna
|
|
|
saqlovchi
|
|
zararlangan suv
|
|
membranasining
|
|
chiqib ketgan,
|
|
uzilib ketishi
|
|
1 0 % radioaktiv
|
|
|
|
|
modda
|
|
atmosferaga
chiqib ketgan
Energetikada atom energiyasidan foydalanish boshlangan
1954-yildan beri dunyodagi hamma elektr stansiyalarida 300 dan ortiqroq avariya qayd etilgan. Bu albatta SSSR dan tashqari, chunki SSSR da ChAES dan boshqa atom elektr stansiyalarida bo'lgan avaryalar e’lon qilinmagan. 30-jadvalda avariya natijasida chiqarib yuborilgan aholiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ba’zi bir radioaktiv moddalar miqdori keltirilgan.
Radiatsiya xavfi atom elektr stansiyalari xavfidan tashqarida ham mavjud, masalan, radioaktiv moddalar, ya’ni uranni qazib olish uni rudasini boyitish, ishlatish uchun jo'natish va saqlashda ham radiatsiya xavfi mavjud bo'ladi. Bundan tashqari dunyo miqyosida radioaktiv chiqindilarni yo‘qotish va uni ko‘mish masalalari ham hozircha muammoligicha qolmoqda. Shuningdek, sanoat va fan-texnika sohalarining izotoplar bilan ishlaydigan sohalar ham, jumladan, izotop diagnostika ishlari, kasallarni rentgen nurlari yordamida aniqlash, mahsulotlar sifatini rentgen yordamida baholash va boshqalar.
Radioaktiv avariyalar masshtabi bo‘yicha uchta tipga bo‘linadi:
—chegaralangan avariya-radiatsiya oqibati va shu avariya sodir bo'lgan bino bilan chegaralanadi;
—mahalliy avariya-radiatsiya ta’siri bino va bu bino joylashgan sanoat korxonasi hududi bilan chegaralanadi;
— umumiy avariya-radiatsiya ta’siri korxona hududidan tashqarilarga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Radiatsiya avariyalarming asosiy zararlovchi omillari:
— tashqi nurlanish ta’siri (gamma va rentgen nurlari; beta va gamma nurlari; gamma-neytron nurlari va boshqalar);
— ichki nurlanish odam organizmiga tushib qolgan radionuklidlar (alfa va beta nurlanishlar);
— radiatsiya va radiatsiya bo‘lmagan omillarning qo‘shma ta’siri (mexanik shikastlanish, issiqlik ta’siri, kimyoviy kuyish, intoksikatsiya va boshqalar).
Avariya yuz bergandan keyin radioaktiv zararlangan zonada odam uchun eng zararli omil tashqi nurlanish hisoblanadi.
301
Radionuklidlarning ichki organizmlarga o'tishi, o‘z vaqtida va qoidaga muvofiq nafas olish organlarini muhofazasi ta’minlangan holatda deyarli bo‘lmaydi. Ichki nurlanish radionuklidlarning oziq ovqatlar va suv bilan birga kirgandan keyingina rivojlanadi. Avariya bo'lgandan keyingi birinchi kunlarda yodning radioaktiv izotoplari xavfli hisoblanadi, qaysiki odamning muhofazalash bezlarida yig‘ila boshlaydi, birinchi navbatda sut bezlarida yig‘iladiki, bu ayniqsa, bolalar uchun katta xavf tug'diradi.
Avariyadan ikki-uch oy o‘tgandan keyin ichki nurlanishning asosiy agenti — bu radioaktiv seziy hisoblanadi, qaysiki, albatta, oziq-ovqat bilan birga organizmga kirib qoladi. Shuningdek, inson organizmiga, agar atrof-muhit zararlanishini uncha katta bo‘lmagan masshtabda bo‘lsa, boshqa radioaktiv moddalarning (masalan, stronsiy, plutoniy) tushib qolishi ham mumkin.
Radioaktiv moddalarning inson organizmida yig‘ilish taqsimoti quyidagicha tavsiflanadi:
—kalsiy, stronsiy, radiy va plutoniy skletlarda to'planadi; —seriy, lantan, plutoniy va boshqalar jigarda yig‘iladi;
— tretiy, uglerod, inert gazlar, seziy va boshqalar butun tana bo‘ylab tekis taqsimlanadi;
— radioaktiv yod asosan muhofaza bezlarini tanlaydi (30% atrofida), bunda uning aktivligi boshqa organlar aktivligidan 1 0 0 — 2 0 0 marta katta bo‘ladi.
Ionlovchi nurlanishlarni chegaralashda uning asosiy parametrlari ekspozitsiya, yutilgan va ekvivalent miqdorlardan foydalaniladi.
Ekspozitsiya miqdori — bu nurlanishning ionlashish xususiyatiga asoslangan bo‘lib, ionlashish nurlanishi maydonining son miqdorini ko'rsatadi. Uning birligi rentgen (R) qabul qilingan. Bunda 1R nurlanishda 1 srn3 havoda 2,08 x 109 jutt ion hosil boiadigan holat tushiniladi. Xalqaro SI tizimida bu miqdor kulon/kilogramm (Kl/kg) tarzida qabul qilingan. lKl/kg =3876 R.
Yutilgan miqdor — nurlantirilayotgan moddaning ma’luni og‘irlik birligida yutilgan energiya miqdori. Yutilgan miqdorning maxsus o'lchov birligi sifatida lrad qabul qilingan. Xalqaro SI tizimida 1 Grey (Gr) qabul qilingan. 1 G r= 100 rad. Ekvivalent miqdor-o'lchov birligi ber. Har qanday ionlanuvchi nurlanishning surunkali nurlantirishda 1 rad rentgen yoki gamma nurlanishlari biologik effektini beradigan birligi 1 ber birlik sifatida qabul qilinadi. Xalqaro SI tizimida ekvivalent miqdor birligi Zivert (Zv). 1 Zv 100 ber.
302
Inson organizmi doimo kosmik nurlanishlar, tabiatda uchraydigan va havo, tuproq va organizm hujayralarning o'zida bo'lgan radioaktiv moddalar ta’sirida bo'ladi. Tabiiy nurla-nishlaming hamma manbalaridan ajraladigan nurlanishlar darajasi umuman o'rtacha yiliga 1 0 0 mber, ayrim hududlarda 1 0 0 0 mber gacha borishi mumkin.
Zamonaviy sharoitlarda bu miqdor chegarasida saqlanib qolish imkoniyati kamayib bormoqda. Chunki uncha ko‘p bo‘lmagan radioaktiv moddalar bilan ishlaganda ham radiatsiya nurlanishi olish xavfi katta boMadi. Lekin shuni ham ta’kidlash kerakki, 0 ‘zbekiston Respublikasi hududida atom elektr stansiyalari qurilmagan. Bu, albatta avariya sharoitini inkor qilishi mumkin. Lekin shuni ham unutmaslik kerakki, bizda radioaktiv moddalar qazib olish konlari mavjud, demak, bu moddalar qazib olinadi va boyitilib tayyor mahsulot holatiga keltiriladi va uni bir joydan ikkinchi joyga ko'chirish ishlari bajariladi va ba’zi hollarda uni ma’lum vaqt saqlab turish kerak bo‘ladi. Bu ishlarda qatnashayotgan odamlarni va bu ishlar bajarilayotgan joylar yaqinida yashayotganlarning hayotiga xavf tug‘dirilishi tabiiy hoi hisoblanadi. Bundan tashqari respublikamiz hududida yadro reaktorlari ham bor. Shuning uchun ham radioaktiv moddalar bilan ishlaganda va umumiy hududlar uchun ionlovchi nurlanishlarning ish joylaridagi yo‘l qo'yiladigan miqdori va umumiy hududlar uchun yo‘l qo‘yiladigan miqdorlar belgilab qo'yilgan. Ionlovchi nurlanish bo‘lishi mumkin bo'lgan sanoat korxonalari va ilmiy-tekshirish ishlarini bajarayotgan ishchilar va ilmiy-texnik xodimlar uchun uning tanasi nurlanishi umumiy yo‘l qo‘yiladigan miqdori (YQM), bu miqdordagi nurlanish unga uzoq vaqt davomida ta’sir qilishi natijasida uning sog‘lig‘i va qon hosil qilish hamda qon aylanish jarayonlarini buzmasligini hisobga olgan holda, bu miqdor yiliga 5 ber dan oshmasligi kerak deb belgilangan. Umumjahon radiatsiyadan muhofazalash komissiyasi (URM K) tavsiyasiga asosan avariya vaqtida YQM 25 ber miqdorda kasbiy surunkali nurlanishda esa, 5 ber miqdorda va boshqa aholi uchun bundan o‘n marta kam miqdorni tavsiya qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |