Hayot faoliyati


XI. 3. Muhofazalovchi to'siq vositalari



Download 1,67 Mb.
bet154/223
Sana31.12.2021
Hajmi1,67 Mb.
#254094
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   223
Bog'liq
4-Hayot-faoliyati-xavfsizligi.-G.Yormatov-va-boshqalar-T-2009

XI. 3. Muhofazalovchi to'siq vositalari
To‘siq vositalari ishchilaming mashina xavfli zonasiga tushib qolishiga xalal beradigan qilib o'rnatiladi. Uning tuzilishi har xil bo'lishi mumkin. Asosan mashina va mexanizmlaming aylanuvchi va harakatlanuvchi zonalarini, stanoklarning qirqish va ishlov berish joylarini, elektr toki urishi xavfi bo'lgan (masalan, elektr taqsimlash shkaflari) va har xil nurlanishlar bo'lishi mumkin bo'lgan (issiqlik nurlari, elektromagnit va ionlanuvchi nurlar) xonalarni, shuningdek, havo muhitiga zaharli moddalar chiqarayotgan joylarni ham to'siq vositalari bilan ta’minlanadi. Bundan tashqari, qurilish tashkilotlarida qurilish olib borilayotgan
yoki ta’mirlash ishlari bajarilayotgan maydonlar, qurilish mashinalari o'rnatilgan joylar, ishchilaming baland joylarda ishlashiga to'g'ri keladigan ish joylari albatta to'siq vositalari bilan ta’minlanadi.
To'siq vositalarining turlari va shakli uning ishlatiladigan joyi va shakliga qarab xilma-xil bo'ladi. Ishlab chiqarish sharoiti texnologik jarayon omillariga bog'liq bo'ladi. Masalan, mashinasozlik sanoati korxonalariga o'rnatilgan stanoklarning qobiqlari birinchidan, uning kuch uzatgichlarini ixchamlashtirib tartibga solib tursa, ikkinchidan, bu uzatgichlami moylab turish imkoniyatini beradi va uchinchidan, bu uzatgichlar harakati natijasida hosil bo'ladigan tovushni kamaytirish imkoniyatini yaratadi. To'siq qurilmalari asosan uch qismga bo'lib qaraladi: muqim, harakatlanuvchi va ko'chma vositalar. Muqim o'rnatilgan to'siq qurilmalarini doimiy harakat manbayi bo'lgan tishli g'ildiraklar, qayishsimon uzatmalar, zanjirli uzatmalami qopqoqlar berkitish bilan amalga oshiriladi. Bunday to'siq vositalarini o'matganda ularning ochib ta’mirlash ishlarini olib borish, shuningdek, ba’zi bir favqulodda (masalan, ponasimon qayish chiqib ketganda yoki uzilib ketganda), ochib, ma’lum ish bajaigandan keyin yopib qo'yish imkoniyatini beradigan bo'lishi


209

shart. Muqim o'rnatilgan to'siq vositalarini doimiy elektr payvandlash joylarini, elektr xavfi bo'lgan maydon va xonalarni, galvanika ishlari olib boriladigan vannalami, press, bosqon va boshqa temirchilik ishlari bajariladigan joylarga ham o'rnatilishi mumkin.

Aylanuvchi barabanlar, qum sepib quymalarni tozalash joylarini, stanoklaming qirquvchi qismlari bilan kuzatuvchi ishchi ko'zi orasidagi oraliqlar muqim o'rnatiladigan to'siq vositalari bilan ta’minlanadi.
Mashinasozlik sanoati korxonalarida ishlatiladigan ko'tarish vositalari xavfli zonalari har doim o'zgarib turadi. Masalan, sexga o'rnatilgan har tomonlama harakatlanish imkoniyatiga ega bo'lgan kranlar sexning xohlagan burchagida ish bajarish imkoniyatiga ega. Shuning uchun ham uning xavfli zonasi aniq maydonga ega emas. Bunday kranlaming xavfsizligini ta’minlash maqsadida harakatlanuvchi to'siq vositalaridan foydalaniladi. Ba’zi bir press, bosqon va qirquv stanoklari ham harakatlanuvchi to'siq vositalari bilan ta’minlanadi. Ko'chma to'siq vositalari m a’lum bir ishni bajarishda vaqtincha o'rnatib qo'yiladi. Masalan, stanoklarni ta’mirlash ishlarida, elektr tarmoqlarini uzib qo'yib bajarilayotgan ishlar vaqtida to'satdan elektr tarmog'ini ulab yuborishni oldini oladigan ogohlantiruvchi yozuvlar ko'chma to'siq vositalari hisoblanadi. To'siq vositasi sifatida ishlatiladigan materiallar to'siqning qanday texnologik jarayonni yoki qanday xavfli zonani qo'riqlash uchun o'rnatilayotganligiga bog'liq. Masalan, ular mustahkam texnika materialidan payvandlash yo'li bilan yoki quyma holatda, mustahkam po'lat parda, panjara,




210

mustahkam asosli to‘r va boshqalar bo‘lishi mumkin. To‘siqlar plastmassa, yog‘och, metalldan tayyorlangan boMishi mumkin. Agar ish bajarilayotgan zonani kuzatish lozim boMsa, to‘siq vositalarini ko'rinadigan materiallardan, masalan, organik oyna, tripleks va boshqalardan tayyorlash mumkin. To‘siq vositalari sifatida qoMlaniladigan materiallar, metallarga qirqish yoMi bilan ishlov berilayotganda metall zarralarining uchib ketishi natijasida urilish zarbasiga va ishlab chiqarish jarayonida ishlayotganlarning bexosdan urilib ketish zarbalariga chidash bera oladigan mustahkam boMishi kerak. Stanoklarga o'matiladigan to‘siq vositalarining mustahkamligini tekshirganda, ularga qirquvchi asboblar va ishlov berilayotgan metall mahsulot uchib ketishi mumkinligini va uning zarbasiga ham chidash bera oladigan qilib tanlanadi.

XI. 4. Saqlovchi muhofaza vositalar


Saqlovchi muhofaza qurilmalari, asosan, mashina va mexanizmlarda zo'riqish vujudga kelganda yoki ishlayotgan ishchi hayoti va sogMigMga putur yetkazadigan vaziyat vujudga kelganda mashina va mexanizmlar harakatini to'xtatib qo‘yishga xizmat qiladigan qurilmadir. Zo'riqish hodisasi ishlayotgan stanokka lozim boMganidan ko‘proq kuch bilan ta’sir qilinganda vujudga keladi, masalan, qirqish stanogiga o‘rnatilgan jismning yo'nish qirqimi mumkin boMgan darajadan ancha katta boMsa, bu qirqimni ko‘chirish uchun stanokning kuchi yetmasligi mumkin, buning natijasida stanokni harakatlantiruvchi elektr motori kuyib ketishi mumkin yoki qirquvchi vosita sinib ketishi ham ehtimoldan holi emas, bunday hollarda stanokka o'rnatilgan saqlovchi qurilma elektr motoriga kelayotgan elektr tokini uzib qo‘yadi. Buning bilan stanokka yetkaziladigan zarami oldi olinadi.
Xuddi shunday vazifani bajaruvchi vosita sifatida bosim ostida ishlaydigan idishlarda o'rnatilgan saqlovchi klapanlarni misol sifatida ko'rsatish mumkin. Ko'pgina sanoat korxonalarida har xil zararli moddalar ajralib chiqishi natijasida kasb kasalliklariga olib keladigan omillarning ko‘pligini aytib o‘tgan edik. Bunday omillarning havo muhitida ko'payib ketishidan saqlovchi qurilmalar ham mavjud. Bunday qurilmalar havo tarkibidagi zararli moddaning eng zararlisi yoM qo‘yilishf mumkin boMgan darajadan oshib ketmasligini nazorat qilib turadi. Bunday qurilmaga o'matilgan gaz aniqlagich avtomatik ravishda gaz miqdorini



211

aniqlab, uning miqdori chegara belgidan oshib ketsa, xonaga o'rnatilgan shamollatish qurilmasini ishga tushiradi va buning natijasida xonadagi zaharli modda miqdori mo'tadillashtiriladi. Bunday qurilmadan sexlardagi havo tarkibida portlashga va yong'inga xavfli bo'lgan moddalar miqdori ortib ketgan vaqtda ham qo'llaniladi. Bunday qurilmaning asosini sezgir asbob tashkil qiladi. Asbobning ishlashi unga joylashtirilgan modda ma’lum gaz zichligining oshib ketishiga qarab qisqarishi yoki kengayishi mumkin yoki rangini o'zgartiradi, bu esa tezda ma’lum signal vositasiga aylanadi. Buni signalni kuchaytiruvchi qurilma qabul qilib oladi va uni kuchaytirib, o'lchash asboblariga o'tkaziladi. O'lchash asboblarida ma’lum chegaradan ortib ketganda xabar beruvchi yoki avtomatik ravishda shamollatish tizimini ishga tushirishga moslangan qurilma o'rnatilgan bo'ladi.
Bundan tashqari saqlovchi qurilmalaming yorug'likka va issiqlikka asoslangan turlari ham bor. M a’lumki, sanoat korxo­ nalarida havo muhitidagi zararli moddalar miqdorini aniqlashda indikator (ma’lum moddalarning boshqa moddalar ta’sirida o'z rangini o'zgartirishi) usulidan foydalaniladi. Masalan, rangsiz suyuqlik yorug'lik nurini yaxshi o'tkazadi. Agar biz rangsiz suyuqlik solingan shisha idish orqali fotoplastinkaga yorug'lik tushirib, unda ma’lum miqdorda elektr yurituvchi kuch hosil qilishimiz mumkin. Agar bu rangsiz suyuqlik indikator vazifasini bajarsa va bu suyuqlik orqali korxona xonasidagi havo sinamasi o'tkazib turilsa, unda havo tarkibi toza bo'lganda suyuqlikda hech qanday o'zgarish bo'lmaydi. Agar havo tarkibida zararli moddalar zichligi oshaversa, shishadagi suyuqlik rangi o'zgara boshlaydi va bu bilan u orqali
o'tayotgan yorug'lik xiralashadi, fotoplastinkada esa hosil bo'layotgan elektr yurituvchi kuch. kamaya boshlaydi va nihoyat xavfli vaziyat vujudga kelishi bilan suyuqlik rangi butunlay o'zgaradi, elektr yurituvchi kuch juda kuchsizlanib, avtomatik ravishda shamollatish qurilmasini ishga tushirib yuboradi.
Bunday usullarni moddalar tarkibining o'zgarishi ularning issiqlik o'tkazishiga ta’siri, shuningdek, ionlar ta’sirida hosil bo'ladigan toklaming o'zgarishi usulida bajarilgan saqlovchi qurilmalaming turlari mavjud.
Gaz bilan payvandlash ishlarini amalga oshirishda foydalaniladigan atsetilen hosil qilish generatorlarida portlash xavfmi oldini olishda ishlatiladigan alangani shlanglar orqali generatorga qaytishini bartaraf qiluvchi suvli zatvorlardan va qaytish klapanlaridan foydalaniladi (39-rasm).


212

Kompressor qurilmalari resiverlarida qisilgan havo miqdori ruxsat etilgan chegaradan ortib ketsa va bu portlash xavfini tug'dirsa, unda havo qisilishi natijasida hosil bo'ladigan issiqlik ta’sirida ishlaydigan issiqlik relelaridan foydalanib, ortiqcha havoni chiqarib yuborishga erishiladi. Mashinasozlik sanoati korxonalarida ishlatiladigan ko'pchilik stanoklarda detallami mahkam ushlab turish uchun qisilgan havodan keng foydalaniladi. Bunday qurilmalarni mabodo biron bir ko'zda tutilm^gan vaziyat taqozosi bilan (masalan, havo bilan ta’minlovchi shlanglaming yorilib ketishi va boshqalar) mahkam ushlab turilgan detalni qo'yib yubormaslik chora-tadbirlarini ko‘rish muhim hisoblanadi. Bunday
hollarda qaytish klapanlari bilan ta’minlangan vositalar o'rnatiladi. Elektromagnit yordamida detallarni mustahkamlash ishlarini bajarganda, shuningdek, elektromagnit kranlari yordamida materiallarni bir yerdan ikkinchi yerga ko‘chirishda, bunday elektromagnit plitalarini qo'shimcha elektr manbalari bilan ta’minlash, asosiy elektr manbayi uzilib qolganda yuz berishi mumkin bo'lgan baxtsizliklaming oldini oladi.

39-rasm. Qaytish klapanlari.


Aylanuvchi qismlarga ega bo'lgan stanoklarni ishlatishda ularning xavfsizligini ta’minlovchi vosita sifatida to'xtatish vositalari muhim o‘rin tutadi. Stanok shpindelini o ‘z vaqtida to‘xtatib qolish birinchidan, xavfsizlikni ta’minlasa, ikkinchidan, uni to‘xtashini kutish qimmatli vaqtni yo'qotishga olib keladi. Bajaradigan vazifasiga» ko‘ra, to'xtatish vositalari — to'xtatuvchi, sekinlashtiruvchi va tezlikni muvofiqlashtiruvchi turlarga bo‘linadi. Tuzilish jihatidan — lentali, kolodkali, diskali va markazdan qochma kuchga asoslangan bo'ladi. Bular bajariladigan vazifalari

213

i

va tuzilishi jihatlaridan kelib chiqib, yuk ko'tarish kranlarida, stanoklarning harakatlanish zonalarini chegaralashda, ba’zi bir ko'tarilgan yuklarni ma’lum balandlikda ushlab turishda, shuningdek, ba’zi bir tushib ketishi odam hayoti uchun xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan lift kabinalarini tushirib yubormasdan ushlab qolishda foydalaniladi. Bundan tashqari to'xtatish vositalaridan yuqoriga ko'tarilgan yuklarning barabanlarining
teskari aylanib ketishi. natijasida tushirib yubormaslikni ta’minlaydigan tirgak vositalaridan ham keng qo'llaniladi.

Stanoklarning yana saqlovchi qurilmasi sifatida ularda o'rnatilgan ba’zi bir xavfli vaziyatlarda stanokka yetkaziladigan zararni kamaytirish maqsadida ularga kuchsizlantirilgan qismlar o'rnatiladi. Bunday kuchsizlantirilgan qismlar stanokda ro'y berishi mumkin bo'lgan xavfli vaziyatni oldini olishda ishlatiladi. Masalan, stanokka berilayotgan kuch oshib ketsa, stanokda yuz berishi mumkin bo'lgan sinib ketish yoki butunlay buzilib qolish hollari vujudga kelsa, unda bu kuchsizlantirilgan qism uzilib ketadi va stanokka berilayotgan kuchlanish to'xtatiladi.


Bunday kuchsizlantirilgan qismlarga kesilib ketishga mo'ljallangan shtift va shponkalar, qo'shish muftalari, ishqalanishga asoslangan sirg'anuvchi muflalar, elektr qurilmalarida erib ketuvchi saqlovchi qurilmalar, katta bosim ostida ishlaydigan idishlarda
sitilib ketuvchi membranalar va boshqalar kiradi. Kuchsizlantirilgan qismlar asosan ikki turga bo'linadi: birinchisi uzatilayotgan kuch muvofiqlashgandan keyin avtomatik ravishda (inson ishtirokisiz) ish bajarishni davom ettiradigan qurilmalar (masalan, sirg'anuvchi muftalar) va ikkinchisi ishdan chiqqan kuchsizlantirilgan qismni almashtirish yo'li bilan ishlatiladigan turlari mavjud, masalan, sitilib ketuvchi membrana, erib ketadigan saqlovchi qurilma va boshqalar.


Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish