2.1. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari, mazmuni.
Har qanday demokratik jamiyatda shu jamiyat taraqqiyoti qay darajada bo'lishidan qat'i
nazar, o'zining huquqiy manfaatlaridan kelib chiqib va inson huquqlarini himoyalashga asoslangan
qonun asoslari, ya'ni Konstitusiyasi bo'lishi zarur. Bu Konstitusiya awalo inson huquqlarini
himoya qilishi, shu bilan bir qatorda iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar ham himoyalanishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekistonlik har bir fuqaro erkin
holda mehnat qilish huquqiga ega. Mehnat qilish huquqi xalq xo‘jaligini demokratik asosda tashkil
qilish bilan ta’minlanadi. Fuqarolarga ularning millati, irqidan qat’i nazar mehnat qilish sohasida
teng huquq beriladi. Konstitutsiyada O‘zbekiston Respublikasida ayollarga mehnat qilish,
mehnatga haq olish, ijtimoiy ta’minot borasida erkaklar bilan teng huquq berilgan. Bu
Konstitusiyaning IX bobi iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarni himoyalashga qaratilgan. 36-moddada
«har bir shaxs qonunda ko'rsatilgan tartibda mehnat qilish, erkin kasb tanlash, odilona sharoitlarda
mehnat qilish va ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir» deyilgan, matn davomida «Sud
hukmi bilan tayinlangan jazoni o'tash tartibidan yoki qonunda ko'rsatilgan boshqa hollardan
(harbiy xizmat chog'ida, favqulodda holat sharoitida va h.k.) tashqari majburiy mehnat
taqiqlanadi» deb qo'yilgan. Bu Konstitusiyadagi tarqoq umumiy jumlalar asosida berilgan va
ishyoqmas, dangasa shaxslar uchun asosiy istehkom bazasi bo'lib xizmat qiladigan «barcha
fuqarolar ish bilan ta'minlanadi» degan jumladan tubdan farq qilishi ko'rinib turibdi.
Shu bobning 37-moddasida «Barcha yollanib ishlayotgan fuqarolar dam olish huquqiga
egadirlar. Ish vaqti va haq to'lanadigan mehnat ta'tilining muddati qonun bilan belgilanadi»,
deyilgan jumla ham birmuncha ijobiy xususiyatlaiga ega. Dam olish huquqini ta'-minlash mana
shu huquqning amalga oshirilishini ta'minlaydigan ijtimoiy bazaga asoslanishi kerak. Bu bandda
ana shu bazani ta'minlash imkoniyatini beradigan qonun barpo etilishi mumkinligi belgilangan.
38-Moddada «har kim qariganda, mehnat layoqatini yo'qotganda, shuningdek,
boquvchisidan mahrum bo'lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta'minot
olish huquqiga ega.
Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordamning boshqa turlarining miqdori rasman belgilab
qo'yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo'lishi mumkin emas» deyilgan.
Oldingi Konstitusiyalarda ijtimoiy ta'minlanish masalasi hal qilingani bilan uning miqdori
hech kimni qiziqtirmas edi. Bu Konstitusiyada qo'shimcha ravishda tirikchilik uchun yetarli
miqdorda belgilanishi, albatta, keyingin nafaqa haqidagi qonunlarda uning miqdorini oshirish
imkoniyatini beradi.
39-Moddada «har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega» deb
belgilangan.
Ilgari qabul qilingan Konstitusiyalarda bepul tibbiyot xizmatidan foydalaniladi, deyilgan
edi. Ammo amalda tibbiyot xizmatidan, bepul foydalanish imkoniyatlari yaratilmagani sababli bu
qonun tibbiyot sohasining inqiroziy tanglikka olib keldi. Hozir belgilangan moddada tibbiyot
xizmati bo'yicha hech bir cheklanishlar yo'q, bunda turli-tuman tibbiyot xizmati korxonalari
tashkil etilishi va jumladan, malakali tibbiyot xodimlari o'z shaxsiy davolash muassasalariga ega
bo'lishi, bu bilan esa davolash sohasida raqobat vujudga keladi, aholi malakali tibbiyot xizmatidan
foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi,
shuningdek mehnatni muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlariga muvofiq ayrim vakolatlarga ega
bo‘lgan boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi(qisqacha Mehnat
vazirligi) mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni
ham amalga oshirishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining mehnat haqidagi qonunchiligi mehnat sharoitlarining yuqori
darajasini, ishchi va xizmatchilarning mehnat huquqlarini har tomonlama muhofaza qilishni
belgilaydi.
Hayot faoliyati xavfsizligi bo‘yicha mehnat qonunchiligi - O‘zbekiston Respublikasining
Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi Qonunida va Mehnat Kodeksida mujassamlashtirilgan
huquqiy meyorlar, Hayot faoliyati xavfsizligi, ayollar mehnati, yoshlar mehnatini muhofaza qilish,
Hayot faoliyati xavfsizligi sohasida nazorat qilishni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi Qonuni (1993 yil 6
may, 29 modda) yangi tahrirda 2016 yil 22 senryabrda qabul qilindi va 36 moddadan iborat
qonunlar majmidir .
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi 1995 yilning 21 dekabr kuni tasdiqlanib,
1996 yilning 1 aprelidan boshlab amalda foydalanib kelgan mehnatga oid huquqiy munosabatlarga
nisbatan qo‘llanilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Mehnat kodeksining 1-moddasi - «Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ
(me’yoriy) hujjatlar» ga binoan:
O‘zbekiston Respublikasida mehnatga oid munosabatlar mehnat to‘g‘risidagi qonun
hujjatlari, jamoa kelishuvlari, shuningdek jamoa shartnomalari va boshqa lokal me’yoriy hujjatlar
bilan tartibga solinadi.
Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu kodeks, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari
va Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, O‘zbekiston
Respublikasi Hukumatining hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Hukumatining qarorlari,
davlat hokimiyatining boshqa vakillik va ijroiya organlari o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan
qarorlardan iboratdir, deb ko‘rsatiladi.
Kodeksning XIII bobi Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida bo‘lib, bunda mehnatni
muhofaza qilish talablari, mehnatni muhofaza qilish meyorlari, mehnatni muhofaza qilish haqida
ma’lumot olish huquqi, tibbiy ko‘rik, Hayot faoliyati xavfsizligiga ajratiladigan mablag‘lar
to‘g‘risida qonunlar kabilar ko‘rsatilgan.
Agar xavfsiz, sog‘lom mehnat sharoitlari ta’minlanmasa, birorta korxona, sex, butun ishlab
chiqarish qabul qilinmaydi va foydalanishga topshirilmaydi.
Texnika va yong’in xavfsizligi borasidagi davlat siyosatida korxona va tashkilotlarning
ma’muriyati barcha ish o‘rinlarini kerakli texnik jihozlar bilan ta’minlashi, bu o‘rinlarda Hayot
faoliyati xavfsizligining qoida va standartlariga mos keluvchi mehnat sharoitlarini yaratishi shart.
Bunday qoida va standartlarni Respublika standartlashtirish idoralari, Vazirliklar, Davlat nazorat
organlari, Markaziy Kasaba Uyushma qo‘mitalari bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |