Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi korxonalarda xavfsiz ishlash, texnika
xavfsizligi bo`yicha me`yyor qoidalariga, sanoat sanitariyasi va mehnat gigienasiga hamda mehnat
qonunchiligiga rioya qilish masalalarini nazorat qiladi. Har bir tarmoq o`z texnik inspektoriga ega.
“O’zgeosanoatkontexnazorat” agentligi bug’ qozonlarining to`g’ri ishlashini, bosim ostida
ishlaydigan idishlarni, yuk ko`tarish mashinalari (ko`tarma kranlar, liftlar), ekskovatorlar, gaz
uskunalari magistral quvurlari ishini va portlovchi moddalarni ishlatish, saqlash va tashish ishlarini
nazorat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |