V.3. Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatining rivojlanishini
jamiyat -davlat darajasini baholashga uslubiy yondashish
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati rivojlanishini jamiyat davlat
darajasini baholashni ilmiy - uslubiy qurilmasini ishlab chiqish uchun dastlabki
shart-sharoitlar, farazlar va chegirmalar qabul qilinadi:
1. V.1 va V.2 bo‗limlardagi xolatlarni e‘tiborga olib, madaniyat darajalarini
quyidagi yo‗nalishlarda baholash maqsadga muvofiq:
- hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini rivojlanishi jamiyat davlat
darajasida baholashni sifat va hossalarini qayd qilib, (IV.3.bo‗limga qaralsin),
HFXM individual darajadagi ma'muriy- hududyiy birliklarning o‗rtacha
ko‗rsatkichini e‘tiborga olib (masalan, O‗zR sub‘ektlari bo‗yicha);
- hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatining rivojlanishini jamiyat davlat
darajasining
baholashni
shakllantirish
bo‗yicha
xizmatlar
darajasidan
foydalanib;
- shunday kompleks ko‗rsatkichlar hisoblangan, masalan, ijtimoiy tavakkal,
havfli va favqulotda vaziyatlarda aholining, moddiy yo‗qotishlarning miqdori,
o‗rtacha yashash davrining kattaligidan va x.k. foydalanib;
2. hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatining rivojlanishini jamiyat davlat
darajasining baholashni sifat va hossalarini qayd qilib, quyidagi ko‗rsatkichlarni
baholash zarur:
- hayot faoliyati xavfsizligi sohasida ijtimoiy qadriyatlar va birlamchilik
huquqining mavjudligi va turg‗unligi;
- umummilliy g‗oyalar, g‗oyaviy quvvatlash (umummilliy ideologiya)ning
mavjudligi;
- hayot faoliyati xavfsizligi bo‗yicha davlat siyosatining tavsifi;
- hayot faoliyati xavfsizligi sohasida meyoriy- huquqiy bazasining xolati;
- hayot faoliyati xavfsizligi sohasida ilmiy- texnikaviy faoliyatning xolati;
141
-hayot faoliyati xavfsizligi sohasida ijtimoiy tashviqot tizimining
parametrlari;
- hayot faoliyati xavfsizligi sohasida san‘atning rivojlanishini xolati;
- hayot faoliyati xavfsizligi ta‘minlash masalalari borasida diniy
institutlarning dunyoviylari bilan munosabatlarini tavsifi;
- ommaviy kommunikatsiya vositalari, ijtimoiy sug‗urta tizimlarining
parametrlari va b.
3. Keltirilgan sifat va xossalarning mohiyatiga ko‗ra, hamda V.1 va V.2
bo‗limlardagi HFXM darajasini baholashdagi ayrim ko‗rsatkichlarning
o‗xshashliklarini, ularni davlat rivojlanishidagi asosiy hujjatlarda (konsepsiya,
doktrina, memorandum va b.) aks etishini, keng miqyoslarda ijtimoiy so‗rovlar
o‗tkazish yo‗li bilan aniqlanishi mumkin. Bunda izlanishlarni ushbu
ko‗rsatkichlarni aniqlash, baholash shkalalari, mumkin bo‗lgan chegaraviy
qiymatlari orqali olib borish kerak.
4. Ayrim ko‗rsatkichlar integrallashi mumkin, HFXM darajasini baholashda
integral ko‗rsatkichlarning ishonchligi muhim darajada aniqlanishi kerak ayrim
ko‗rsatkichlar (masalan, statistik (imitatsion) yoki analitik modellar, ekspert
yoki ijtimoiy so‗rovlar)ning ―og‗irligini‖ obektivligiga bog‗liq bo‗ladi.
5. Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini rivojlanishi jamiyat davlat
darajasida baholash V.1.bo‗limdagi holatlardan foydalanib, ko‗rsatilayotgan
xizmatlarning darajalari orqali topilishi mumkin. Biroq, shu narsani e‘tiborga
olish kerakki, jamiyat davlat darajasida bunday baholash darajasi sezilarli
pasayadi, chunki alohida fuqarolar bevosita emas, balki bilvosita HFXM ushbu
darajada shakllanishiga ta‘sir ko‗rsatadilar.
6. Ijtimoiy tavakkalni qo‗llash, aholini yo‗qotishlari, xavfli va favqulotda
vaziyatlarda moddiy zararlarning miqdori, o‗rtacha yashash davrini qisqarishi va
shunga o‗xshash ko‗rsatkichlar havfsizlikni ta‘minlash bo‗yicha barcha
faoliyatning samradorligini baholash imkonini beradi. Bunda yetarlicha
muammo bo‗ladigan masala bo‗lib, bu ko‗rsatkichlarning kattaligiga
HFXMning o‗zini va boshqa shu tarkibga kiruvchilarni baholashga qo‗shgan
142
hissasi, hamda noaniqliklar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |