1 BOB BO‘YICHA XULOSALAR
1. Hozirgi paytda shu narsa ma‟lum bo„ldiki, xavfli tavakkalning va
favqulodda vaziyatlarning kamayishini tizimli tashkil etuvchilaridan biri hayot
faoliyati xavfsizligi madaniyatidir. Uning shakllanish doirasida xavfsiz
nusxadagi shaxsning sifati, hayot faoliyati xavfsizligi sabablari rivojlanadi,
muxofazalovchi chora-tadbirlarni zaruriyati, ta‟sirchanligiga ishonchni
muhabbat tug„diradi, salbiy ta‟sirlar sharoitida fizikaviy va asabiy turg„unlik
shakllanadi, o„zini xavfsiz xatti-harakati bo„yicha zaruriy bilim va
ko„nikmalarini oladi.
2. Chet ellarda hayot faoliyatig xavfsizligi madaniyatini shakllanish juda
tor doirada mexnat xavfsizligini meyor va qoidalarini singdirishga
yo„naltirilgan bo„lib, mehnat madaniyatning elementi sifatida ko„riladi.
3. Respublika FVV hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati (HFXMg
masalalarini rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda, chunonchi:
- hayot faoliyati xavfsizligi borasida bilim berish;
- maktablarda, litsey va kollejlarda, oliy o„quv yurtlarining kafedralari
qoshida “Yosh qutqaruvchi”, “Yosh parashyutchi”, “Yosh o„t o„chiruvchi”
to„garaklarida yoshlarni tayyorlash;
- potensial xavfli o„ta muxim obektlarda barcha xavfsizlik, yong„in
xavfsizligi qoidalarini va suv xavzalarida insonlar xavfsizligi meyorlarini ishlab
chiqish va nazorat qilish, ishlovchi aholini, iqtisodiyot obektining qutqaruv
xizmatini, korxona va tashkilotlarini, shtatda bo„lmagan avariya-qutqaruv
xizmatchilarini o„qitish;
- fuqaro muxofazasi borasidagi davlat siyosatini, favqulodda vaziyatlarda
muxofazalanish, suv xavzalarida insonlarni yong„in xavfsizligini ta‟minlashni
shakllantirish;
- hayot faoliyati xavfsizligi borasidagi umummilliy ideologiyani
rivojlantirish, zaruriy meyoriy-xuquqiy bazani tuzish va rivojlantirish,
21
tavakkalni boshqarish soxasida ilmiy-texnikaviy faoliyatni, , xavfsizlikni ijtimoiy
reklamasini amalga oshiradi;
- Umumrespublika aholini ko„p yig„ilgan joylarda hayot faoliyati xavfsizligi
borasida aholini tayyorlashga qaratilgan axborotlashtirish va xabar berish
kompleks tizimini yaratish va rivojlantirish, aholini favqulodda vaziyatlar va
terroristik aksiyalar xavfi haqida o„z vaqtida va tezkor axborotni yetkazish,
aholini ko„p yig„ilgan joylarda jamoat tartibini saqlash uchun zamonaviy texnik
vositalar va texnologiyalardan foydalanish.
5. Hozirgi paytda “hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati (HFXM)”
kategoriyasi ma‟nosiga tushunish, asosiy shakllarini, uslub va rivojlanish
vositalarini o„rganish bosqichi o„tmoqda. Shuning uchun hayot faoliyati
xavfsizligi madaniyati (HFXM)ni shaklanishining asosiy maqsad va
vazifalarini aniqlash, madaniyat obektlarini shakllanish klassifikatsiyasini
berish, XFXM obektlarini shakllantirish uchun zarur sifat va xossalarni
aniqlash hamda hayot faoliyatig xavfsizligi madaniyati (HFXM)ning
rivojlanishini umumiy uslubiy yondoshishini ishlab chiqish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |