V.2. Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini rivojlanishni
korporativ darajasini baholashga uslubiy yondashish
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati rivojlanishini korporativ darajasini
baholashning ilmiy – uslubiy qurilmasini ishlab chiqishda quyidagi dastlabki
shart-sharoitlar, farazlar va chegirmalar qabul qilinadi:
1. Korxona, muassasa va tashkilotlarning strukturasi va ularning
funksiyalarini, bo‗ysunish qoidasiga va yo‗nalishiga qarab madaniyat darajasini
baholash quyidagi yo‗nalishlar bo‗yicha amalga oshirish kerak:
- korporativ darajadagi obektlar madaniyatini shakllantirish uchun kerak
136
bo‗ladigan sifat va xossalarni (IV.2. bo‗limga qaralsin), HFXM individual
darajadagi o‗rtacha ko‗rsatkichini e‘tiborga olgan xolda;
- tekshirish natijalari bo‗yicha, shu jumladan mashqlar va o‗qishlar
davomida;
- korporativ darajadagi madaniyatini shakllantirishdagi xizmatlar darajasini
baholashdan foydalangan xolda;
- shunday kompleks ko‗rsatkichlar hisoblangan korxonadagi FV tavakkali,
tashkilot va muassasalarida ijtimoiy tavakkal va b. Ijtimoiy tavakkal deb,
ma‘lum sondagi insonlarning jaroxatiga sabab bo‗ladigan voqealarning yuz
berish chastotasini barcha odamlar sonini nisbatiga aytiladi.
2. Korporativ darajadagi madaniyatini shakllantirish obektlarini qayd qilgan
sifat va xossalarini e‘tiborga olgan xolda quyidagi kattaliklarni baholash kerak :
- korporativ qadriyatlarning muhim sifatlaridan biri ―hayot faoliyati
xavfsizligi‖ mavjudligi;
- personalda ushbu qadriyatlarni o‗zlashtirilishi;
- rahbariyatning ushbu qadriyatlarga tarafdorlikni ta‘minlash bo‗yicha
faoliyatini xolati;
- hayot faoliyati xavfsizligini ta‘minlash bo‗yicha ruhiy atmosfera xolati;
- xavfsizlikning kasbiy etikasi meyorlarini sindirish darajasi;
- xavfsizlik nuqtai nazaridan personalni tanlash faoliyatining tavsifi;
- personalning ta‘lim tizimini xolati;
- harakatlar reglamentatsiyasini va rahbariyat, xizmatchilarning personal
javobgarligini darajasi;
- mehnat muxofazasini holati;
- mehnat intizomiga rioya qilishni nazorati bo‗yicha faoliyatning holati;
- litsenziyalash, deklaratsiyalash holati va b.
3. Korxona, tashkilot va muassasalar faoliyatini reglamentlovchi ustav,
meyoriy va boshqa asoslovchi hujjatlarda aks etgan muhim korporativ
qadriyatlardan biri sifatidagi ―hayot faoliyati xavfsizligi‖ mavjudligi;
Bunday ko‗rsatkich ushbu qadriyat ishtirok etadigan asoslovchi
137
hujjatlarning sonini korporativni asoslovchi hujjatlarning umumiy soniga nisbati
shaklida aniqlanadi.
4. Personal tomonidan keltirilgan qadriyatni o‗zlashtirishi, raxbariyatni
ushbu qadriyatga tarafdorligini ta‘minlashining holati, hayot faoliyati
xavfsizligini ta‘minlovchi ruhiy atmosfera xolati personalning ijtimoiy
so‗rovlari natijalari orqali baholanadi.
5. Havfsizlikning kasbiy etikasi meyorlarini o‗zlashtirish darajasi ushbu
meyorlar nazoratining ijtimoiy so‗rov natijalari orqali baholanadi.
6. Havfsizlik nuqtai nazaridan personalni tanlash bo‗yicha faoliyat tavsifi
xavfsizlik meyoriga taalluqli xolatlarning qatnashish darajasi kabi, ishga qabul
qilish bo‗yicha birlamchi so‗rovnomalar, kasbiy-ruhiy tanlash xaritalari
o‗rgaruvchilarning funksiyalari hisoblanadi.
7. Personalning bilim olish tizimini xolati, aholining hayot faoliyati
xavfsizligi sohasidagi dasturlarni maqsadlariga erishish darajasini e‘tiborga
olingan xolda, joriy va yakuniy nazorat usullari orqali baholash mumkin (V.1.
bo‗limga qara). Bu yerda shu narsani e‘tiborga olish kerakki, personalning turli
kategoriyalarini tayyorgarligi (ishlovchi aholi, FV Vazirligining shaxsiy tarkibi,
qutqaruv xizmati) korporativ madaniyat darajasiga nisbatan bir xil qiymatga ega
emas. Masalan, FV Vazirligining shaxsiy tarkibini HFXM nuqtai nazaridan
potensial xavfli obektlardagi tayyorgarligi boshqalarga nisbatan yuqori bo‗ladi.
Shu sababli, personalning turli kategoriyalari uchun og‗irlik koeffitsiyentlaridan
foydalanish kerak.
8. Rahbariyat va xizmatchilarning harakati, personal javobgarligini
reglamentlash darajasi lavozim, texnika xavfsizligi bo‗yicha yo‗riqnomalarda va
boshqa, personal faoliyatini reglamentlovchi hujjatlarda aks etishi mumkin.
9. Mehnatni muhofaza qilish xolati jarohatlar va ishlab chiqarishda shartlab
qo‗yilgan kasalliklarning darajasi, mehnatni muhofaza qilish qayd etilgan qoida
va yo‗riqnomalarining buzulishlarini soni bilan baholanadi.
10. Mehnat intizomini nazorati bo‗yicha faoliyat xolatlarining parametrlari
shaxsiy hujjatlaridagi mukofotlar, jazolarni qayd etuvchi yozuvlar, mehnat
138
daftarchalarining mavjudligi bilan baholanadi.
11. Litsenziyalash va deklaratsiyalash xolatlari mazkur xolatlarni qayd
etuvchi hujjatlar, hamda ularning mazmuni bilan personalning xabardorligi
orqali baholanadi.
12.Korporativ
HFXM
tavsiflarini
yuqorida
keltirilgan
ayrim
ko‗rsatkichlaridan foydalanganda mos og‗irlik koeffitsiyentlari bilan integral
baholashda individual darajadagi HFXM o‗rtacha ko‗rsatkichi e‘tiborga olinishi
kerak.
13. Ko‗rsatilgan ayrim ko‗rsatkichlarning talqini va foydalanishida bir
ma‘noligini o‗rnatish maqsadida, korxona, tashkilot va muassasalarining hayot
faoliyati xavfsizligi xolatini baholash va tekshirish tartibini o‗rnatuvchi hujjatlar
e‘tiborga olinishi kerak.
Hozirgi vaqtda ko‗rsatma va uslubiy materiallarda o‗quv tizimi xolatini
rasmiy aks ettiruvchi alohida ko‗rsatkichlar mavjud. Bular tinglovchilar bilan
jamlash rejasini bajarish, hisobot hujjatlarning xolati, o‗quv muassasalarini
personallar bilan jamlanganlik darajasi, o‗quv – moddiy bazaning xolati va x.k.
Yagona vakillik ko‗rsatkich bo‗lib, o‗tilgan o‗quv mavzularidan yaxshi
baho olgan tinglovchilarning nisbiy soni hisoblanadi. Biroq, turli mulohazalarga
ko‗ra, o‗rganuvchilarni tayyorgarlik darajasining (o‗rganuvchilarning 85%
ortig‗i – talablarga muvofiq keladi, 75 dan 85 % –oz miqdorda talablarga
muvofiq keladi, 75% dan pasti- talablarga muvofiq kelmaydi) kabi
chegaralarnng belgilanganligi uncha tushunarli emas. Bundan tashqari,
individual baholashda faqat ikki gradatsiyaning – ―maqbul‖ va ―nomaqbul‖ –
mavjudligi tinglovchilarning bilim darajasini obektiv o‗rnatishga imkon
bermaydi. Shu sababli, yuqorida keltirilgan alohida va integral ko‗rsatkichlardan
foydalangan xolda, HFXM korporativ rivojlanishining darajasini mulohazali,
batafsil, imkon darajasida, sonli baholash maqsadida bu ko‗rsatmalarning kami-
ko‗stini tuzatilish zarur.
14. Korporativ madaniyatning darajasini o‗quv -mashqlar paytdagi
tekshiruvlar natijasida baholash yetarlicha obektiv bo‗ladi. Bu xolatlarda
139
talabalarga faoliyat ko‗rishi uchun real va shartli sharoitlar yaratiladi.
Rahbariyat, personallar va qutqaruvchilarning, korxona va tashkilotlar
xizmatchilarini tarkibi faoliyatning samaradorligiga qarab HFXM korporativ
rivojlanish darajasi haqida ishonchli fikr yurgizish mumkin, lekin bunday
yondashishdan foydalanish sohasi faqat FV vaqtidagina mumkin.
15. Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatining rivojlanishini korporativ
darajasini baholashda 5.2. bo‗limda keltirilgan yondashishni ishlatish mumkin.
16. Turgan gapki, hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini darajasiga qarab,
korxona, tashkilot, muassasalarning havfli, avariyaviy xolatlarning tavakkalini
baholash mumkin. Buning aksi ham to‗g‗ri – tavakkalni baholashdan HFXM
darajasini taxminiy baholashni olish mumkin.
Hozirgi vaqtda aholi va hududlar, sanoat obektlarini potensial xavflarini
tavakkali baholashda hisoblash uslubiyati yetarlicha shakllangan (amaliyotda
foydalanish uchun) uslubiy yondashuvlar, uslubiyatlar shaklida jiddiy ilmiy
ishlanmalar mavjud. Biroq, ularning ko‗pchiligini kirish parametrlari
HFXMning ayrim, va hususan integral darajasi ko‗rsatkichlarini aks
ettirolmaydi.
17. Personalning xatolairni tashxizi usuli ma‘lum qiziqish uyg‗otadi. Bu
usul xizmatchilarning ko‗zda tutilmagan xatolari bilan bog‗liq hodisalarini sifatli
baholashga, bu xatolarning ehtimolini kamaytirish bo‗yicha ko‗rsatmalar ishlab
chiqishga mo‗ljallangan. Biroq, HFXM darajasini baholash uchun
foydalaniladigan usul bir qancha jiddiy chegirmalarga ega. U faqat havfli
vaziyatlarning oldini olish faoliyatini e‘tiborga oladi, avariya yoki texnogen
falokatlardagi hatti-harakatlarning to‗g‗riligini ko‗rib chiqmaydi. Bundan
tashqari, personalning xatolari nafaqat madaniyatning darajasi pastligini natijasi
bo‗lib, balki kasbiy ko‗rsatmalarning maromiga yetmaganligi, ish o‗rninnig
ergonomikasini kamligi, mehnat va dam olish tartibini, boshqa ayrim
ko‗rsatkichlarni ratsional emasligi ham bo‗lishi mumkin. Va oxirgisi, sezilarli
kamchiliklarga ―ko‗zda tutilmagan xatolari‖ tushunchasini bir xil bo‗lmasligi,
baholashning sifat tavsifi va b. kiradi.
140
18. Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatining rivojlanishini korporativ
darajasini baholashning obektivligini oshirish uchun individual bosqichdagi
kabi, yuqoridagi yondashishilarning barchasini ishlatish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |