3.2.Bilimni tekshirish tashkilot (bo‘lim) rahbarlari tomonidan tayinlangan komissiya,
Zarurat tug‘ilib qolganda aniq sharoitlardan kelib chiqib komissiya tarkibiga mexaniklar,
energetiklar yoki boshqa mutaxassislar kiritilishi ularning ichida, sexga yoki uchastkaga buyruq
―Sanoatgeokontexnazorat‖ ,―Energonazorat‖ Davlat inspeksiyalari va boshqa ob‘ektni nazorat
Bilimni tekshirish sex, xizmatlar uchastkalar rahbarlari tomonidan, ish joyidagi yo`l-yo`riq
3.3.Dastlabki yo`l-yo`riqdan, mehnatning xavfsiz usullari ta‘limi va tajriba muddatini
o‘tgandan keyin, yoki boshqa ishga o‘tkazilsa (mustaqil ishlashga ruxsat berilishdan oldin)
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga asosan (ko‘ra) mehnat muhofazasidan bilimlari
tekshiriladi.
Mehnat muhofazasidan bilimi tekshirilganda ijobiy baho olganlarga yagona shakldagi
mustaqil ishlashga ruxsat beradigan guvohnoma rasmiylashtirilib beriladi.
3.4.Davriy bilimlarni tekshirish hamma ishlar, kasblar bo‘yicha yagona tarif malakaviy
setkasi (YaTMS) (ETKS) ko‘zda tutilgan majburiyatlarga, yoki tashkilot bo‘yicha qo‘shimcha
buyruq asosida yuklatilgan majburiyatlarga asosan 12 oyda bir marta o‘tkaziladi.
―Sanoatgeokontexnazorat‖ Davlat inspekstiyasi nazorati ostida bo‘lgan maxsus qoidalar va
yo‘riqnomalarni bilish bilimi tekshirilganda hujjatlar shu qoidalarga asosan rasmiylashtiriladi.
3.5.Bilimni davriy tekshirish komissiya raisi tasdiqlagan jadval bo‘yicha o‘tkaziladi.
Bilimni tekshirish natijalari, bilimi tekshirilayotgan ishchini va uch kishidan kam bo‘lmagan
imtihon komissiyasining a‘zolari imzosi bilan bayonnomada rasmiylashtiriladi.
Mustaqil ishlashga ruxsat berilishi tashkilot (sex, uchastka) bo‘yicha buyruq (farmoyish)
orqali yagona shakldagi guvohnomaga muvofiq yozuv bilan amalga oshiriladi.
Agar ishchi tekshirish paytida qoniqarsiz bilim ko‘rsatsa unda u mustaqil ishlashga ruxsat
berilmaydi va kechiktirmasdan ikki haftalik muddatda takroriy bilimi tekshirishdan o‘tkaziladi.
Xodim toki bilimi takroriy tekshiruvdan o‘tmagunga qadar tayinlangan instruktor nazorati ostida
lozim bo‘lgan ishlarni bajaradi.
Agar ishchi mehnat xavfsizligi bo‘yicha takroriy tekshiruv paytida qoniqarsiz bilim ko‘rsatsa
unda uning bajarayotgan ishiga loyiqligi ko‘rib chiqiladi. Ishga loyiqligini ko‘rib chiqishda ish
beruvchi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 92 moddasiga binoan qaror qabul qiladi.
3.6. Navbatdan tashqari bilimni tekshirish:
-ishlab chiqarish jarayoni o‘zgarganda yangi jihozlar turi va mexanizmlar kiritilganda shu
bilan birga yangi yo‘riqnoma(insturksiya)lar va qoidalar kiritilganda;
-mehnat muhofazasi bo‘yicha qoidalar va yo‘riqnomalar buzilganda;
-tashkilot rahbarining talabi va farmoyishiga ko‘ra Davlat nazorati organlari tomonidan
qoidalar va yo‘riqnomalarni etarli darajada bilmasligi aniqlansa.
Do'stlaringiz bilan baham: