7.4.Yangi kiritiladigan kasblar bo‘yicha ishchilarni o‘qitishi dasturi kombinatning kadrlar
tayyorlash bo‘limi tomonidan ish ixtisosiga muvofiq bo‘lgan mutaxasislarni jalb qilgan holda, ishlab
chiqarishning aniqlangan sharoitlarini hisobga olib, asosiy nizom namunasi asosida ishlab chiqiladi.
Kombinat mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi bo‘limlari roziligi bilan. Kombinat bosh
muhandisi tomonidan tasdiqlanadi. Dastur nazariy va amaliy qismni o‘z ishga olish kerak.
7.5.Nazariy qism o‘rganilgandan keyin dasturda ko‘rsatilgan hajmda ishlab chiqarish ta‘lim
(o‘tiladi). Ishlab chiqarish ta‘lim quyidagilarni o‘z ishga oladi, mehnatning xavfsiz yo‘llari,
usullarini, mustaqil bo‘linmasining rahbarining buyrug‘i (farmoyishi) bilan tayinlangan, malakali,
tajribali, ishlab chiqarish instruktori rahbarligi ostida o‘tiladi. Bir instruktorga 2 tadan ortiq ta‘lim
oluvchi biriktirilmasligi kerak. Agar YaTMS (yaxlit tarif malakaviy setkasi)ga muvofiq berilgan
kasbdagi xodim har xil texnologik jihozlarda, yoki dastgohlarda ish bajaradigan bo‘lsa, unda ishlab
chiqarish amaliyoti hamma texnologik jihozlarda, dastgohlarda o‘tilishi. Ishlab chiqarish amaliyoti
hisobi buyruq bilan jurnalda (kundalikda) hujjatlangan ravishda. O‘z tasdig‘ini topishi kerak. Ishlab
chiqarish ta‘limi davrida ishchi (o‘rganuvchi) ishlab chiqarish ta‘limi instruktori ishtirokida u
buyurgan ishlarni bajarishi qaysisini instruktor o‘rganuvchilar tomonidan xavfsizlik talablariga
rioya qilinishi, xavfsizlik talablarini bajarilishi javobgarlik yuklanadi. Oliy, o‘rta maxsus ma‘lumotli
shaxslar ular ma‘lumotiga mos bo‘lgan ishchi kasblariga qabul qilishganda o‘quv rejasida va
dasturida ko‘zda tutilgan nazorat qismni o‘tmaslikka ruxsat etiladi. Ishlab chiqarish ta‘limi bilan
chegaralanib kasbni butunlay o‘zlashtirib olish, kasbni murakkabligidan kelib chiqib, ishlab
chiqarish ta‘limi bir oydan kam bo‘lmasligi, hamda ta‘lim malakaviy imtihon va malakaviy
guvohnoma (shahodatnoma) berilishi bilan tugashi. O‘rta maxsus va kasb-hunar o‘quv yurtini
tugatgan, o‘sha qaysini ko‘rsatilgan kasb buyicha diplom, guvohnoma (shahodatnomaga) ega
bo‘lgan xodimlarni ishga qabul qilish, o‘rnatilgan tartib buyicha amalga oshiriladi.
7.6.Nazorat va ishlab chiqarish ta‘limi tugagandan keyin ishchi kasbi oluvchilar uchun
malakaviy komissiya tomonidan imtihon o‘tkaziladi. Ishchilar bilimini tekshirish komissiyasi
mustaqil bo‘linma rahbari tomonidan buyruq bilan tayinlanadi. Komissiya hay‘atiga bo‘linma
tarkibidagi bo‘linma boshlig‘i (o‘rinbosari) nazorat kursni o‘qituvchisi, ishchining bevosita to‘g‘ri
boshlig‘i, mehnat muhofazasi muhandisi, ishchi kasbiga va mehnat sharoitiga bog‘liq bo‘lgan
boshqa mutaxasisilar kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasi ―Sanoatgeokontexnazorat‖ Davlat
inspekstiyasi nazorati ostida bo‘lgan ob‘etklarda ishchilarni bilimini (shu jumladan davriy)
tekshirishdan o‘tkazish hollarida o‘rnatilgan muvofiq qoidalarga asosan, bu organning raisligi va
ularning vakillari ishtirokida o‘tkaziladi. Imtihon topshirgan ishchiga, rasmiylashgan nusxada
guvohnoma
beriladi.
Mehnat
xavfsizligi
buyicha
tekshirilgan
bilimi
dalolatnomada
rasmiylashtirilinadi.
7.7.Mehnat xavfsizligi bo‘yicha yuqori talablar qo‘yiladigan kasblarga o‘qitish va malakasini
oshirish ( ilova). O‘quv markazlarida (kurs o‘qitish kombinatlarida, o‘quv nuktlarida) maxsus
kurslarda kombinatning bosh muhandisi tasdiqlagan o‘quv rejasi, o‘quv dasturiga muvofiq bu
kasblar YaTMS (yaxlit tarif malakaviy setkasi) ETKS talablari hajmida tashkil qilinishi kerak.
7.8.Elektrotexnik xodimlarni mehnat xavfsizligiga o‘qitishi, bilimini tekshirish, mana shu
haqiqiy nizomga muvofiq, shu bilan birga. Iste‘molchi elektr qurilmalarni texnik ekspluatastiya
qilish qoidalari №3 talablarini hisobga olgan holda ―Iste‘molchi‖ elektr qurilmalarini ekspluatastiya
qilganda texnika xavfsizligi 11 bob bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 20 avgust
2004 yil №1400 raqamli ostida qayd qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: