( -ilovadagi)
bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, qaysini
ishlarga rahbarlik qilishga ruxsat berish uchun buyruq chiqarishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Bilimlarni sinash uchun beriladigan savollar rahbarlarga va mutaxassislarga imtihon
o‘tkazilishidan bir oy oldin berib qo‘yilishi kerak.
5.5.Mansabga vaqtinchalik tayinlanadigan bo‘lsa, tajriba muddatini o‘tash va kuchga ega
bo‘lgan mehnat muhofazasi bo‘yicha qoidalardan bilimni tekshirish mansabga tayinlanishdan oldin
o‘tkazilishi kerak.
5.6.Rahbarlar va mutaxassislar tashkilotda ishlab chiqarish jarayoni faoliyatida mehnat
xavfsizligi bo‘yicha ta‘lim oladilar.
5.6.1.Mustaqil ta‘lim olish usullari.
5.6.2.Kombinatning tashkilot va korxonalarida bilimlarni tekshirishdan oldin mehnat
muhofazasi bo‘yicha ancha murakkab savollarni o‘rganish rahbarlar va mutaxassislarni bilimlarini
chuqurroq bilishlari maqsadida maslahatlar va qisqa muddatli seminarlar tashkil qilinishi kerak.
Imtihonlar orasi davrida kombinatning korxona va tashkilotlarida rahbarlar va
mutaxassislarni mehnat muhofazasi bo‘yicha bilim darajasini oshirishni ta‘minglash kerak. Har bir
tashkilot va korxonalarda mehnat muhofazasi bo‘yicha kurs mavzulari, seminarlar, konferenstiyalar,
yig‘ilishlar, lekstiyalar o‘tkazish taqvim rejasi ishlab chiqilishi va rahbarlar tomonidan tasdiqlanishi
kerak.
5.6.3.Kombinatning tashkilotlarida tasdiqlangan dastur, o‘rnatilgan tartib bo‘yicha muntazam
o‘tkaziladigan malaka oshirish bo‘yicha kurslarga rahbarlar va mutaxassislarni qatnashishini
ta‘minlashi kerak.
5.7.Hamma rahbarlar va mutaxassislarni ishlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqarish
uchastkalarida ishlab chiqarishni tashkil qilish, ishni olib borish va texnologik jarayonni
loyihalashtirish, ishlab chiqish, ta‘lim berish bilan bog‘liq bo‘lsa unda davriy bilimini mehnat
muhofazasidan o‘qitish va bilimini tekshirish har uch yilda o‘tkaziladi, agar xavfsizlik qoidalari
mehnat yo‘nalishi bo‘yicha boshqa qoidalar bilan qo‘shimcha sharhlanmagan bo‘lsa.
5.8.Oliy yoki o‘rta maxsus ma‘lumotga ega bo‘lgan ishchilar tashkilotga yoki tashkilot
tarkibiga kiradigan bo‘linmaga rahbarlik lavozimiga o‘tkazilsa, unda ishchilar lavozimga
o‘tkazilgunga qadar (o‘sha sexda, ishlab chiqarishda amalda bo‘lgan xavfsizlik qoidalari) mehnat
muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha bilimlari tekshirishdan o‘tishi kerak.
5.9.Rahbar va mutaxassislarni mehnat xavfsizligi bo‘yicha bilimlarini tekshirish tartibi:
5.9.1.Kombinatning bo‘linmalaridagi bosh direktori nomenklaturasida (hisobida) turadigan
rahbarlar va mutaxassislar mehnat xavfsizligi masalalari bo‘yicha lavozim ro‘yxatiga muvofiq
rahbar va mutaxassislar kombinat boshqarsmasining doimiy harakatdagi bo‘lgan markaziy imtihon
komissiyasining tomonidan bilimlarini 3 yilda 1 martadan kam bo‘lmagan holda tekshirishdan
o‘tishga majbur.
Markaziy imtihon komissiyasi tarkibiga Kombinat boshqarmasi bosh mutaxassislari
Qizilqum (RGTI) Hududiy kon texnik inspekstiyasi (HKTI) nazorati va tekshirish mutaxassislari.
Mehnat Vazirligining Davlat mehnat texnik inspekstiyasi kiradi. Markaziy imtihon komissiyasi
tarkibi Kombinat mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘limining taqdimiga qarab
kombinatning bosh direktori tomonidan tasdiqlanadi.
5.9.2. Kombinatning markaziy imtihon komissiyasi tomonidan bilimi tekshirishdan o‘tgan,
imtihon topshirgan rahbarlar va mutaxassislar, o‘z qo‘l ostida ularga bo‘ysunadigan rahbar va
mutaxassislardan mehnat muhofazasi bo‘yicha bilimlarini tekshirish uchun kombinat bo‘linmalariga
buyruq bilan komissiya a‘zosi qilib tayinlanadilar.
Bilimlarni tekshirish bo‘linmadagi doimo harakatda bo‘lgan komissiya tomonidan
o‘tkaziladi. Komissiyaning aniq tarkibi, ishlash shakli, ishlash tartibi, mehnat muhofazasi
xizmatining taqdimiga ko‘ra, ularning rahbarlari tomonidan buyruq bilan aniqlanadi.
Komissiyaning tarkibiga bo‘linmaning bosh mutaxassislari, kasaba qo‘mitasining vakillari va
ba‘zi hollarda maxsus qoidalar tomonidan ko‘zda tutilgan, Davlat nazorati va tekshirish organlari
kiritiladi.
Imtihon o‘tkazishda komissiya tarkibida uch kishidan kam bo‘lsa, bo‘linma komissiya
a‘zolari kombinatning markaziy komissiyasi tomonidan bilimi tekshirishdan o‘tmagan bo‘lsa va
kombinat tarkibidagi bo‘linma komissiya a‘zolari tashkilot (korxona) imtihon komissiyasi
tomonidan bilimi tekshirishdan o‘tmagan hollarda imtihon o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
5.9.3. Kombinatning tarkibidagi bo‘linma va tashkilot rahbarlari va mutaxassislari bilimini
tekshirish ularning rahbarlari tomonidan tasdiqlangan yillik jadvallar rahbar va mutaxassislar
bilimini tekshirish lavozim ro‘yxatiga asosan Davlat nazorat organlari yo‘nalishlari bilan kelishilgan
holda tuziladi. Imtihon o‘tkazish joyi va sanasi haqida rahbar va mutaxassislar 15 (o‘nbesh) kundan
oldin kechiktirmay ogohlantirilib qo‘yilishi kerak.
Mehnat muhofazasi bo‘yicha qoidalarni hamma turlari qonun chiqaruvchi va boshqa
me‘yoriy aktlar, qaysiki bilimni tekshirish bo‘yiga o‘tkaziladigan berilgan ro‘yxatda ko‘rsatilgan
bo‘lishi kerak.
Bilimni tekshirishga ta`aluqli bo‘lgan savollar imtihon bo‘lishidan bir oy oldin rahbarlarga
berilishi kerak.
5.9.4.Rahbarlarni maxsus me‘yor va qoidalarni bilish (mos elektr xo‘jaligi uchun javobgar
radiastiya xavfsizligi va boshqalar) bilimini tekshirish uchun bir necha imtihon komissiyalari
tuzilishiga ruxsat etiladi. Bu imtihonlarni o‘tkazish uchun bo‘linmaning buyrug‘i bilan javobgar
shaxsga yuklatiladi.
5.10.Navbatdan tashqari bilimlarni tekshirish quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
-mehnat muhofazasi bo‘yicha yangi yoki qayta ishlangan kuchga kirgan me‘yoriy hujjatlar
kiritilganda;
-xodimni bir ish joyidan boshqa ish joyiga o‘tkazilganda, yoki uni boshqa lavozimga
tayinlanganda mehnat muhofazasidan qo‘shimcha bilimlar talab qilinsa;
-bir guruh bilan, o‘lim bilan tugagan, yoki og‘ir oqibatlarga olib kelgan baxtsiz hodisalarga
yo‘l qo‘yilganda, shu bilan birga avariya, portlash, yong‘in yoki zaharlanish ro‘y berganda;
-rahbar va mutaxassislarning mehnat muhofazasi bo‘yicha qoidalar, me‘yorlar va
yo‘riqnomalarni kerakli darajada bilmasligi Davlat va mahkama nazorati va tekshirish organlari
tomonidan aniqlanganda va talab qilganda;
-ishdan bir yildan ko‘proq uzilish bo‘lganda.
5.11.Rahbar va mutaxassislarni bilimini davriy tekshirish 3 yilda bir martadan kam
bo‘lmagan holda o‘tkaziladi (maxsus Qoidalarda ko‘rsatilgan hollardan tashqari).
Bilimlarni davriy tekshirish oldin bilim (ta‘lim) olish o‘zi mustaqil tayyorlanish mustaqil
bilim olish bilan o‘tkaziladi.
5.12.Imtihonlarni biletlari ishlab chiqarish xususiyatlari, rahbarlarning va mutaxassislarning
malakaviy talablarini hamda mahalliy sharoitni hisobga olgan holda Qizilqum hududiy kon texnik
inspekstiyasi HKTI (RGTI), ―Sanoatgeokontexnazorat‖ Davlat inspekstiyasi. O‘zbekiston
Respublikasi mehnat va ijtimoiy himoya Vazirligi Davlat inspekstiyasi bilan kelishilgan holda
tuziladi. Kombinat bo‘yicha harakatdagi imtihon komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
5.13.Bilimlarni tekshirish natijalari bayonnoma orqali rasmiylashtiriladi, qaysiki imtihon
komissiyasi raisi va a‘zolari tomonidan imzolanadi.
Bilimlarni tekshirish bayonnomasi mehnat muhofazasi xizmatida yoki kadrlar bo‘limida 6
yildan kam bo‘lmagan muddatda saqlanadi.
Ishlab chiqarish yuqori xavfga ega bo‘lgan korxonalarda mehnat muhofazasi qoidalaridan
imtihon topshirgan shaxslarga, komissiya raisi (rais o‘rinbosari) va a‘zolari Davlat nazorati va
tekshirish inspektori imzo chekkan rasmiy tartibda o‘rnatilgan nusxadagi guvohnoma beriladi.
Rahbar yoki mutaxassislarni mehnat muhofazasidan imtihon topshirganliklari haqidagi
guvohnoma 8,9 bandlarda ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra ularni bilimini tekshirishdan ozod qilmaydi.
5.14.Mehnat muhofazasi imtihonida qoniqarsiz bilim ko‘rsatgan shaxs korxonada o‘zini
egallab turgan rahbarlik va mutaxassislik lavozimida qoldirilishi mumkin, faqat bir oydan
kechiktirmasdan qayta imtihon topshirish sharti bilan.
Mehnat muhofazasidan qayta imtihon topshira olmagan shaxslarga nisbatan, materiallar
tegishli attestastiya komissyasiga egallab turgan lavozimiga muvofiqligini ko‘rib chiqish uchun
yuboriladi. Ko‘rib chiqish natijalariga qarab ish beruvchi O‘zbekiston Respublikasining Mehnat
Kodeksining 92-moddasiga amal qilib qaror qabul qiladi.
Imtihon komissiyasi qarori bilan bog‘liq bo‘lgan bahs va munozaralar. Mehnat munozaralari
komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
5.15.Mehnat muhofazasi bo‘yicha bilimlarni tekshirishni tashkil qilinishini va o‘tkazilishini
rahbarlar va mehnatni muhofaza qilish xizmatlarini boshqarish organlariga yuklatiladi. O‘z nazorati
ostida bo‘lgan ob‘ekt va ishlarni tekshiruvchi Davlat nazorati va tekshirish organlarining ham bunga
haqqi bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |