28. Aqliy mehnat shakli (intellektual mehnat shakli). . Aqliy mehnat shakli (Intellektual mehnat shakli.). Bu mehnat shakli alohida bir kasb bo’lib, unga ham moddiy ishlab chiqrishga aloqador sifatida qaralmoqda. Masalan: texniklar, muhandislar, dispetcherlar, konstruktorlar, operatorlar, ishlab chiqarishga aloqasi bo’lmagan olimlar, vrachlar, o’qituvchilar, artistlar, rassomlar, yozuvchilar va boshqalar. Aqliy mehnat shundan iboratki, unda turli qismdagi ma’lumotlarning tahlil qilinishi - inson xotirasi va e’tiborining susayishiga olib keladi. Bunday mehnat shaklida jismoniy harakat juda katta ahamiyat kasb etmaydi va oqibatda bir kunlik quvvat sarfi 10 - 11,7 MJ yoki 2000 -2400 kkal ni tashkil etadi. Aqliy mehnat uchun «gipokeneziya» harakterli hisoblanib, bu nafaqat inson faoliyatining salmoqli darajada pasayishiga, o’z navbatida, inson organizmining buzilishiga va haddan ziyod his-hayajonga berilishiga olib keladi.
Gipokeneziya - ishlab chiqarishdagi noxush omillardan hisoblanadi. Shuning uchun aqliy mehnat faoliyati bilan shug’ullanuvchi kishilarda yurak xastaligining kelib chiqish darajasi yuqori hisoblanadi.
Aqliy mehnat shaklining bir necha turlari mavjud: operator, boshqaruvchi, ijodiy mehnat, tibbiyot xodimlari mehnati, o’qituvchilar, o’quvchilar va talabalar mehnati. Bular bir-biridan o’zining mehnat jarayonidagi ishtiroki, his-hayajon darajalarining turii darajada bo’lishligi bilan farq qiladi.
Operator ishi - zamonaviy ishlab chiqarish asoslari sharoitida jarayonni boshqarish vazifasini, har bir operatsiya ishini nazorat qilish, mahsulotning liniyadagi harakatlanishini va uni haridorlarga yetkazish jarayonlarini o’z ichiga oladi.
Boshqaruv mehnati - korxona va tashkilot rahbarlarining mehnati bo’lib, u katta hajmdagi muammolarni, ma’lumotlarni tahlil qilish, tezkor qaror qabul qilish, shaxsiy javobgarlikni his etish, yuzaga keladigan salbiy rnuammolarning yechimini o’z ichiga oladi.
Ijodiy mehnat - anchagina murakkab mehnat shakllaridan biri bo’lib, bunda xotira va e’tibor kuchli bo’lishi talab etiladi, bu asabiy hayajonlanishning oshishiga olib keladi. Bu turdagi mehnat faoliyatiga pedagoglar, dastur tuzuvchilar, dizavnerlar, arxitektorlar, ilmiy xodimlar, yozuvchilar, bastakorlar, artistlar, rassomlar, konstruktorlar kiradi. Bunday mehnat turlari juda katta emotsional va asabiy zo’riqishlarni talab qiladi. Bunday mehnat faoliyatidagilarda qon bosimi, tana haroratining oshishi, organizmning kislorodga bo’lgan tanqisligi oshishi kabi funksional o’zgarishlar kuzatiladi.
O’qituvchilar, savdo va tibbiyot xodimlari mehnati - ular har doim odamlar bilan o’zaro munosabatda bo’lishlarida sabab, ularda javobgarlikning ortishi, vaqtning yetishmasligi, ma’lumotlarni to’g’ri qabul qilmasligi natijasida asabiy hayajonning oshishiga olib keladi.
O’quvchilar va talabalar mehnati: Bu mehnat shaklida psixologik funksiyalarni: xotira, e’tibor, qabul qilish susayib, asabiy xolatlarga tushib qolib (imtixon sinovlar va xokazo), zo’riqishlarga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |