24. Sanoat jarohatlanishi sabablarini tahlil qilish.
Jarohatlanish va baxtsiz xodisa 3 turga bo’lib baxolanadi
1. Ishlab chiqarishda, ish joyida jarohatlanish.
2. Ish bilan bog’liq, lekin bevosita ishlab chiqarish bilan bog’lanmagan.
3. Ishlab chiqarish va ish bilan bog’lanmagan jarohatlanish.
Birinchi turdagi jarohatlanishga ishchining ma’muriyat tomonidan buyurilgan ishni bajarish davomida ish joyida oladigan jarohati kiradi.
Ikkinchi turdagi jarohatlanishga korxona ma’muriyati topshirig’i bilan boshqa joylarda ishlarni bajarganda oladigan jarohati kiradi (masalan, ishga borib-kelish vaqtida. xizmat safari vaqtida, boshqa obvektlar-dagi faoliyatda). Birinchi va ikkinchi turdagi jarohatlanishlarga (baxtsiz xodisalarga) ishab chiqarish bilan bog’liq bo’lsa, ma’muriyat javobgar hisoblanadi va jarohatlanish vaqtida yo’qotilgan ish kunlari uchun haq to’lanadi. Agar jarohatlanish ishning mehnat xavfsizligi qoida va normalariga amal qilmasligi oqibatida kelib chiqqan bo’lsa, u xolda ishchi ma’muriyat xodimi bilan javobgar hisoblanadi. Bunda moddiy to’lov ma’muriyat xodimi va ishchining aybdorlik darajasiga qarab belgilanadi.
Uchinchi turdagi jarohatlanishga maishiy xolatlarda, mast bo’lishi natijasida, davlat mulkini o’g’irlash vaqtida, uy sharoitida vujudga kelgan jarohatlanishlar kiradi.
Sanoat sanitariyasi normalarining buzilishi natijasida ishlab chiqarish zonalaridan ajralib chiqqan zararli omillar ta’sirida ishchi zaharlanishi yoki kasb kasalligiga chalinishi mumkin. Kasbiy zaharlanish bir ish kunida yuz bersa, u o’tkir zaharlanish deyiladi. Agar odam tanasida uzoq muddat davomida zaharli moddalar yig’ilsa, u surunkali zaharlanish deyiladi va u kelajakda kasb kasalliklariga olib keladi Ishlab chiqarishda yuz beradigan jarohatlanishning, zaharlanishlarning sodir bo’lishiga (yoki kasb kasalligining kelib chiqishiga) sanoat korxonalarida yo’l qo’yilgan tashkiliy va texnik xatolar natijasi deb qaraladi. Shu sababli ishlab chiqarish korxonalarida yuz bergan har qanday baxtsiz xodisalar har tomonlama tekshiriladi va hisobga olinadi. Tekshirish va hisobga olish natijalariga qarab, kelajakda jarohatlanish, kasb kasalligini qaytarilmasligi uchun zarur bo’lgan chora-tadbirlar ko’riladi. Tekshirish, hisobga olish ishlarini kasaba uyushma federatsiyasining nizomiga asosan sex boshlig’i texnika xavfsizligi muhandisi, jamoat inspektori va bosh muhandis ish’tirokida tuzilgan komissiya olib boradi
Do'stlaringiz bilan baham: |