Ekologik siyosat va ekologik iqtisodiy
barqaror rivojlanish
Tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni
optimallashtirish tub ma’noda har bir davlatning
tabiatni muhofaza qilish sohasida to‘tayotgan
ekologik siyosatiga bog‘liq.
Aslida ekologik siyosat iqtisodiy rivojlanishni
belgilaydi,
ishlab
chiqarish
jarayonida
tabiiy
resurslardan qanchalik oqilona foydalanilsa, tayyor
moddiy mahsulot miqdori jihatidan mo‘l-ko‘l, sifat
jihatidan oliy darajaligi bilan ajralib turadi. Tabiiy
boylikdan
intensiv
usulda
foydalanish,
isrofgarchilikka
yo‘l
qo‘yish,
atrof-muhitni
ifloslantirishga yo‘l qo‘yish hudud iqtisodiyotini
inqirozga tutishga olib keladi. Tabiat-jamiyat tizimida
ijobiy taraqqiyotni barqaror rivojlantirish kerak, bu
hol aksariyat ekologik siyosatning mazmuni ijtimoiy-
iqtisodiy yo‘naltirilganligi va ijroning qat’iyatligiga
bog‘liq.
Tabiat-jamiyat-shaxs
tizimida
ishlab
chiqarishni boshqarish yagona ekologik siyosatsiz
tegishli samara bermasligi barchaga ayon.
Hozirgi
vaqtda
ekologik
siyosatni
ishlab
chiqarishda dunyoda muayan tajriba to‘plangan.
Davlat va uning joylardagi markaziy mahalliy, ishlab
chiqarish,
jamoat
va
boshqa
darajalardagi
organlarning asosoiy uch sohadagi tartibga solib
turuvchi faoliyatini o‘z ichiga oladi. Bu sohalar
jamiyatning atrofdagi tabiiy muhit bilan mavjud va
potensial o‘zaro aloqalarga dahildordir:
Birinchidan, bu go‘yo tabiatni «konservativ»
muhofaza qilish, ya’ni qo‘riqxonalar hududlari, milliy
bog‘lar va o‘rmonlar, biosfera qo‘riqxonalari hamda
tabiatni muhofazalash ob’ektlarini ehtiyotlash,
shuningdek o‘simlik va hayvonot olamini tabiiy
holatda saqlashning tashkiliy-huquqiy choralarini
ishlab chikish.
Ikkinchidan,
tabiatni
muhofazalaydigan
resurslardan oqilona foydalanish, tabiatdagi ekologik
muvozanatni hisobga olib, hududlarni haritalash,
hom-ashyo
va
energiya
manbalridan
to‘g‘ri
foydalnish, foydali qazilmalarni qazib olishni tartibga
solish va boshqalar.
Uchinchidan, suv, havo va erlarni muhofaza
qilish, shovqin-suron va radiatsiyaga qarshi ko‘rash,
chiqindisiz ishlab chiqarishni tashkil etish, aholi dam
olishi uchun qulay sharoitlar yaratish va hokazolarni
o‘z ichiga oladi.
Fan va texnika taraqqiyoti jadalashgan hozirgi
vaqtda uning ekologik oqibati butun biosfera
miqyosida sezilayotganligi har bir davalatning
maqsadiga
muvofiq
holda
ekologik
siyosatni
yurgizishga da’vat etadi. Chunki atmosfera havosiga,
Dunyo
okeanlariga
chiqarilayotgan
turli
xil
chiqindidar oz-ozdan ko‘payib bormokda. Davrning
o‘zi, mamlakatda tabiat muhofazasi uchun har bir
fuqaro faol ko‘rash olib borishni taqazo etadi.
Chunonchi bu falokat hamma uchun keladi. Buning
tushungan har bir fuqaro tabiatni muhofaza qilishga
faol ishtirok etishi kerak bo‘ladi. Havo chegara
bilmaydi, ma’lum hudduda chiqayotgan chiqindilar
qo‘shni hududlarga tarqalishini bilamiz. Chunonchi
Fransiya,
Germaniya
va
Angliya
hududlarida
ko‘trilgan azot va oltingugurt oksidlari Skandinaviya
yarim
orollaridagi
Narvegiya,
Shvetsiya
va
Finlyandiya ustida suv bug‘lari bilan aralashib shu
joylarda «kislotali yomg‘ir» sifatida tushadi. AQSH
ning shimoliy-sharqiy hududlarida ko‘tarilgan kislota
hosil qiluvchi gazlar Kanada hududidan o‘tib,
“kislotali yomg‘ir” bo‘lib tushadi. Buning oqibatida
Kanadagi 14 ming ko‘lda hayot yo‘q, Shvetsiyadagi
85 ming ko‘l va 100 ming km. masofadagi daryo va
daryo irmoqlaridagi suv ifloslangan. Ekologik siyosat
bunday noxushliklarni oldini olishga amaliy tadbirlar
ko‘rishga
umuminsoniyatda
bir-biriga
yaxshi
qo‘shnichilikdan kelib chiqishi kerak.
Ekologik siyosatning negizi, tartib-qoidalari,
ilmiy tashxislari, davlat va jamiyat tashkilotlarining
yo‘l-yo‘riqlari asosida ishlab chiqiladi. O‘zbekistonda
ekologik siyosatni amalga oshirishda uning yuqori
organlari
(Prezident,
Oliy
Majlis,
Vazirlar
Mahkamasi,
Tabiatni
muhofaza
qilish
davlat
qo‘mitasi) va joylardagi mahalliy hokimiyatlar faol
hizmat qiladilar.
Ekologik siyosatni mamlakat miqyosida tabiatni
muhofaza qilish, majmuali monitoring, davlat va
jamoatchilik ekspertizalarini o‘tkazish, ekologik
vaziyatni nazorat qilish, tarkib topgan noqobul hodisa
va jarayonlarni oldini olish, atrof-muhit tozaligini
barqaror saqlab turish, tabiiy muhitning inson uchun
qulay barcha xususiyatlarini tabiiy holda bo‘lishga
asoslangan. Ekologik siyosatning mazmuni va
uslubiyatlari mamlakat hududida mavjud bo‘lgan
tabiat muhofazasi tizimiga kiruvchi tayanch muassasa
va tashkilotlar, boshqarmalarga asoslanadi.
Respublikamizda ekologik siyosatni hayotga
tadbiq qilish vaziyatni sog‘lamlashtirish, atrof-muhitni
ifloslanishini oldini olish, tarkib topgan tabiatni
muhofaza qilish muammolarini bosqichma-bosqich
echib borish maqsadida davlat dasturlari ishlab
chiqarilib amalga oshirishiriladi. Davlat dasturlari
davlatlararo, davlat, hududiy bo‘lishi mumkin.
Davlat ekologik dasturi ilk bor 1986 yilda
«O‘zbekistonda atrof-muhitni 1986-1990 yillar va
2000 yillarga qadar muhofaza qilish majmuali ilmiy-
texnik dasturi» ishlab chiqildi. 1997-1999 yillar
mobaynida mamlakatning 2000-2005 yillar va 2010
yilgacha
mo‘ljallangan
yangi
«Atrof-muhitni
muhofaza qilish bo‘yicha milliy harkat rejasi» ishlab
chiqildi. Uni tayyorlashda etuk mo‘taxassislar, ko‘zga
ko‘ringan olimlar va tabiatni muhofazasi bilan
shug‘ullanuvchi tashkilotlar hamda chet ellik
ekspertlar o‘z xissasini qo‘shdilar. Yangi dastur
tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha keng qamrovligi,
Dunyo andozalariga javob beruvchi, aniq ma’lumotlar
bilan
hozirgi
mavjud
ekovaziyatni
xaqqoniy
baholagani, ma’lum yillar mobaynida bosqichma-
bosqich amalaga oshirishga qilinadigan ishlar ko‘lami
atroflicha asoslab berilgani bilan farqlanadi. Unda
asosiy ekologik muammolar, ustivor harkatlar,
tabiatni muhofazasi sohasida siyosatni ishlab chiqish
va instruksional ramkalar, harkat dasturlari, ilovalar,
qo‘shimchalar, chizmalar, jadvalllar berilgan.
Ekologik
siyosatning
ijtimoy-iqtisodiy
yo‘nalishlarini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, tabiiy
muhitni ifloslantiruchi moddalarni REM yoki REK
orqali me’yori chiqarilishini nazorat qilish kerak
bo‘ladi. Hozirgacha havoda zararli gaz bug‘lari,
aerozollarning 445 tasi va aholii punktlarining
havosida mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan 109 ta
moddalarning REM i aniqlangan. Ekologik sharoitni
yaxshilash maqsadida Prezidentning 1990 yil 28
iyulda
qabul
qilgan
qarorida
«O‘zbekiston
Respublikasi qishloq aholisini ichimlik suv va tabiiy
gaz bilan ta’minlanishni yaxshilash to‘g‘risi»dagi
bo‘lganligi, keyingisi «2000 yilgacha bo‘lgan davrda
O‘zbekiston Respublikasining qishloq ijtimoiy
infratizimini rivojlanitirish dasturi to‘g‘risida» 1996
yil 21 may qarori chiqqan.
Iqtisodiyot taraqqiyoti ko‘p jihatdan mineral
resurslarga bog‘liq. Ma’lumki ular tiklanmaydigan
toifaga mansub bo‘lganligi sababli ishlab chiqarish
muammosiga jalb qilingan sari ularning miqdori
kamayib bormokda. Ekologiyaning iqtisodiy barqaror
rivojlanish tamoyiliga muvofiq hozirda mavjud
bo‘lgan mineral resurslarning ma’lum qismi kelajak
avlodlarga etkazilishi lozim.
Ikkilamchi resurslardan foydalanish miqyosini
keskin ko‘tarish katta natijalar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |