Ilmiy texnik taraqqiyot va ekologiya
Ilmiy texnika taraqqiyotini faqat fan va texnika
yutuqlari majmui tarzida tushunish yaramaydi.
Chunki bunday tushunish jamiyatning rivojlanish
jamiyatning rivojlanish mezonlarini hisobga olmagan
holda bo‘ladi. Bu tabiat va jamiyat va uchun salbiy
oqibatlarga olib kelishi mumkin. Agar salbiy oqibatlar
fan va texnikaning ijobiy natijalardan ortib ketsa, u
holda ijtimoiy tabiiy taraqqiyot muvozanati buziladi.
A.Tolstoy “Nimani farovonlik deb atash mumkin?”
degan savolga javob berib qo‘yidagilarni yozgan edi:
Yo‘l xizmatini yaxshilash, kitoblar nashr etib
tarkatish, ko‘chalarni charag‘on qilish, kambag‘al,
beva-bechoralar, qariyalarg‘a xizmat qiladigan uylarni
kupaytirishmi yoki tabiatning ibtidoiy boyliklari-
urmon, balik, yovvoyi kushlar, jismoniy rivojlanish,
axlokiy soflik yoki boshqa narsalarmi? Insoniyat
hayotning barcha tomonlariga extirossiz munosabatda
bo‘lgan inson hayotining bir tomonlama taraqqiyoti
xamisha uning boshqa tomondan tanazzuli hisobiga
bo‘lishini kuzatishi mumkin. Bu fikrlar aytilganda
ham atom bombasi kashf etilmagan va qo‘llab
ko‘rilmagan edi. Demak, insoniyat o‘z taraqqiyoti
yo‘lida xech qanday ziddiyatlarsiz kamolot sari to‘g‘ri
ketavermas ekan.
Ekologik tanazzulning sinfiy ijtimoiy sabablari
mavjudligi insoniyat taraqqiyoti an’anaviy modellar
asosida etavermasligi kerak, degan xulosa chiqarishga
imkon beradi. Ammo tabiat va insoniyatning ko‘pgina
qismi
taraqqiyot
evaziga
qurbon
bo‘lishi
mumkinligining tasdiqlanganiga hali unchalik ko‘p
vaqt bo‘lgani yo‘q. Bombalar tashlanishi, urushda
texnik vositalarning qo‘llanishi, texnika bilan bog‘lik
fojialar, AES halokati va boshqalarni eslab ko‘raylik.
Taraqqiyot evaziga qurbon bo‘lishi nafaqat ma’naviy
xo‘rlik, balki ma’nosiz va foydasiz yashash demakdir.
Insoniyat
bugungi
kunda
taraqqiyot
yo‘lidan
ketayotgani haqida da’vo qilar ekan, ammo, aslida bu
taraqqiyot unga hali o‘zi o‘ylagandek farvonlik,
tinchlik, baxt keltirganicha yo‘q, aksincha, uni global
tanazzul holatiga tobora yaqinlashtirmoqda. Bu
muammoni oshkora muxokama etmaslik, hal etishga
harakat qilmaslik halokat yo‘lini tanlash demakdir.
Moddiy farovonlik yoki taraqqiyot evaziga tabiatni
qurbon etishning oqibati boshi berk ko‘chaga kirib
qolish bilan barobar.
Bu esa, moddiy farovonlikka emas, balki
iqtisodii tanazzulga va insonning ahloqiy jixatdan
buzilishiga, shaxs yaxlitligining parchalanishiga olib
keladi. XX asrda insoniyat ma’lum bir o‘sishlarni
kurdi. Ijtimoiy hayotda majburiylik, zo‘rlik va
xuemdorlik asta-sekinlik bilan bulsa-da, o‘rnini
erkinlik va o‘z-o‘zini an6glash holatiga bushatib
bermoqda.
Ammo
ekologik
tanazzul
ijtimoiy
taraqqiyot tushunchasi ma’nosi yanada to‘ldirilishi
tug‘rirogi, u ijtimoiy tabiiy taraqqiet tushunchasi bilan
almashtirilishi kerak.
Ijtimoiy tabiiy taraqqiyot tushunchasida inson va
tabiatning birgalikdagi tarakkiyoti nazarda tutiladi.
Evolyusiyaning tabiiy-ilmiy konsepsiyasini inson va
tabiatning o‘zaro munosabatlariga ham qo‘llash
o‘rinlidir.
Ijtimoiy tabiiy taraqqiyotning tarkibiy qismiga
qo‘yidagilar kiradi:
1) ilmiy-texnikaviy taraqqiyot;
2)
iqtisodiy
taraqqiyot
(ishlab
chiqarish
ko‘satqichlarining o‘sishi ma’nosida);
3) shaxs
taraqqiyoti
(insoniy
sifatlarning
rivojlanishi doirasida);
4) tabiiy taraqqiyoti (insonni o‘rab turgan atrof-
muxit holatini nazarda tutgan holda.)
Buyuk olim V.I.Vernadskiy tabiiy muxitning
rivojlanishi va insonning er tabiati (biosfera) ga
ta’sirining ilmiy-nazariy g‘oyasini ishlab chiqqan edi.
U birinchi bo‘lib tirik moddaning “sayyoraviy-
samoviy hodisa” ekani haqida gapirib, uning geologik
kuch, “faol moddiyat” tarzidagi mohiyatini ochib
beradi. Olim fikricha, Erni o‘zgartiruvchi bosh omil,
bu-hayotning o‘zidir. Bundan tashqari, u insoniyatga
sayyora biosferadagi qudratli, butun vaqt davomida
ortib boruvchi o‘ziga xos alohida unsur (element)
tarzida
karaydi.
SHuningdek
«aql
qatlami»
(noosfera)ga o‘tishning muqarrarligi, ya’ni insonning
tabiatga ta’sirini boshqarish mumkinligini oldindian
ko‘ra bilgan. Olim bora-bora inson tabiatning
«tayyor» mahsulotlariga bog‘lik bo‘lmagan jonzotga
aylanishi g‘oyasini ilgar suradi [3].
Insoniyat sekin-astalik bilan aql qatlamiga kiradi,
to‘g‘rirog‘i, uning o‘zi «aqlga aylanib ketadi».
Ehtimol, aql tomonidan yaratilgan hozirgi hayvonot
bog‘lari aql qatlami-noosferada yashaydigan dastlabki
erliklardan kelajak uchun sovg‘adir. Inson yaratgan
«aql qatlami» ya’ni biosferadagi jarayonlarning aqlan
boshqarilishi biosfera taqdrining yangi tarmog‘i aynan
inson
tufayligina
tabiat
uzining
kelgusi
taraqqiyotining omiliga ega bo‘ladi. Insonsiz
tabiatning etarli darajada taraqqiy etishi mumkin
emas.
Inson
asta sekinlik bilan nafaqat o‘zi
yashayotgan erning rivojiga, balki butun Koinot
miqyosidagi xayotga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Bugungi kunda katta quvvat manbay, tegishli
moddalar, axborotlar to‘plangan. Akl kuchi, fan,
texnika sayyoramizda uzluksiz ravishda insoniyatga
xizmat qilmoqda. Lekin afsuski, har qanday texnika,
har qaysi fan Erning o‘z-o‘zini tiklash quvvati va
imkoniyatini uning o‘zichalik amalga oshira olmaydi.
Gap
shundaki,
inson
akli
erishgan
muvaffaqiyatlaridan oqilona foydalana bilish ekologik
muammoni hal etishda muhimdir. Inson aklining
tabiat va jamiyatga ta’sirining kuchayishi uning tabiiy
jarayonlarga aralashuvi oqibati, o‘z avlodlari xayoti
uchun, insoniyat kelajagi uchun mas’ulligini yanada
keskin qilib qo‘yadi. Aql qatlami deyilganda ham
inson aqli bilan o‘zgartiriladigan va boshqariladigan
zaminiy-sayyoraviy
hamda
samoviy
bo‘shlik
tushuniladi. Bu aql insoniyatning har tomonlama
rivojlanib, kamol topishini kafolatlaydi. SHuning
uchun ham insoniyat ko‘plab muhim bioqatlama
jarayonlarining tabiiy kechishini ta’minlashni, ularni
nazorat qilib, «sozlash»ni o‘z zimmasiga oladi. Agar,
akl va texnika kuchida ularga zarur bo‘ladigan
donishmandlik, yuksak ahloqiy, ekologik ong rivoji
namoyon bulsagina Erning biosfera «aql qatlami
noosferaga » aylana oladi. Buning uchun esa inson
hayotining
ijtimoiy
shart-sharoitini
butunlay
o‘zgartirish, uyg‘unlikning tanasi uchun ijtimoiy-
iqtisodiy zamin yaratish kerak. O‘shandagina uzluksiz
rivojlanish uchun kafolat yuzaga keladi. Ammo
chukur ekologik ong ayni shu kunlarda juda zarurdir.
Ekologik ongsiz bioqatlamning aql kuchi
jilovlanmagan kuch-qudrat misoli goh u yoqqa, goh
bu yoqqa «sang‘ib» qoladi. Ekologik ong sohibi
bo‘lmish inson esa ishonch ila oldinga zintiladi.
Ekologik
ong
harakatning
barqarorligi
va
yo‘nalganligini, aql kuchi xarakat sur’atini, hammasi
birgalikda esa taraqqiyot tezligini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |