1.2. Navoiy mashinasozlik zavodida mehnat muhofazasini tashkil qilish NKMK ko'ptarmoqli korxona, rivojlangan sanoat va ijtimoiy infrastrukturaga ega bo'lib,(korxonalarida 60 mingga yaqin kishi mehnat qiladi) oltin (2-GMZni rekonstruksiya qilishhisobidan ma'dan qayta ishlash hajmini yiliga 26 mln. tonnnaga yetkazish va 3-GMZ ning ikkinchi navbati qurilishi) va uran ishlab chiqarishni faoliyat yuritayotgan korxonalarda mahsulot ishlab chiqarishni ko'paytirish va yangidan foydalanishga kiritilayotgan korxonalar hisobidan ko'paytirmoqda. Bundan tashqari, fosforit zavodi birinchi navbatining ishga tushirilishi va ikkinchi navbati qurilishining tashkil etilishi hisobiga kombinat Hukumat Dasturi- nafaqat mamlakatning qishloq xo'jaligi ehtiyojlari uchun, balki eksport uchun o'g'itlar chiqarish va ishlab chiqarish sohasini yaratishda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Mustaqillik yo'llarida faoliyat yuritayotgan korxonalarni rekonstruksiya qilinishi va yangilarining qurilishi hisobidan NKMKning barcha ishlab chiqarishi modernizasiya qilinib, ularrespublikamizda va xorijda ishlab chiqarilgan zamonaviy kon-shaxta, karerichi,ekskavator-transport, metallugiya, burg'ulash, geologiya-qidiruv, qurilish, mashinasozlik,metallga ishlov berish va analitik uskunalar bilan jihozlangan. Ular dunyoda tengi yo'q sifatli hisoblash texnikasi, KIPiA vositalari, loyihalash va konlardan foydalanish komptertexnologiyalari, chiqarilayotgan mahsulot sifatini boshqarish usullariga, oltin, uran, metallga ishlov berish, sulfat kislota, zargarlik, trikotaj va tekstil mahsulotlari, dekorativ toshdan qoplamalar ishlab chiqarishning ilg'or texnologiyalariga ega. Bularning barchasi NKMKga jahon standartlari darajasida, chiqarilayotgan mahsulot sifati bo'yicha esa-ko'pincha ulardan ortiq bo'lgan yuqori samarali ishlab chiqarishni ta'minlashimkonini beradi. Chiqarilayotgan oltinning tozaligi to'rtta to'qqiz (99.99) bilan kafolatlanadi.NKMK chiqarayotgan oltin quymalariga London quymalar bozori Arbitraj Laboratoriyasi tomonidan "oltinoptimal yetkazib beruvchisi" maqomi berilgan. Bu London qimmatbaho metallar bozorida NKMK chiqarayotgan oltin quymalarida O'zbekiston Respublikasi Tovar belgisi ro'yxatga olinganligi, NKMK 2-GMZ sifat nazorati laboratoriyasi esa Londondagi LBMAArbitraj Laboratoriyasining texnik vakolat ekspertizasidan muvaffaqiyatli o'tganligi dalolatidir. Uranmahsuloti sifati (uran chala oksidaoksidi) ko'p jihatlari bo'yicha jahon standartlaridanancha yuqori.Kombinatning ijtimoiy infrastrukturasi ob'ektlari ko'plab yuzlab kilometrlarni egallagan bo'lib, uyerda ko'z o'ngingizda katta parklari, bog'lari, basseynlari va fontanlari bo'lgangullab-yashnagan vohalar namoyon bo'ladi. Bu yerda ellikka yaqin millat vakillari: o'zbeklar, russlar, ukrainlar, tatarlar, boshqirdlar, tojiklar, qozoqlar va boshqalar yashab mehnatqilishmoqda.Kombinat ob'ektlari O'zbekistonning tekislik hududining katta qismida Amudaryo va Sirdaryodaryolarining oralig'ida ("Qizilqum cho'li) joylashgan. Kombinat tuzilmasiga respublikaning turli viloyatlarida joylashgan beshta shahar tashkil etuvchi kon boshqarmasi kiradi. Kombinatning markaziy ofisi Navoiy shahrida joylashgan. Navoiy shahri geografik jihatdan Toshkent shahridan 500 km masofada, qadimgi Buxoro va Samarqand shaharlarining o'rtasida joylashgan. Respublika poytaxti bilan Navoiy shahri temir yo'l, avtomobil va avia aloqasi orqali bog'langan. Navoiyda joylashgan:
- NKMK boshqarmasi (markaziy ofis)- kombinatning ma'muriyboshqaruv markazi;
- Uran chala oksida-oksidi, reniyva oltin chiqarish bo'yicha 1- sonli gidrometallurgiya zavodi (1-GMZ);
-"Navoiy mashinasozlik zavodi" ishlab chiqarish birlashmasi;
- Markaziy geologiya-qidiruv partiyasi;
- Tajriba-metodik ilmiy-tekshiruv geologiya-texnologik partiyasi;
- Markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriyasi;
- Issiq suv ta'minoti va energiya ta'minotini tashkil etish;
- "Do'stlik" agrofirmasi;
- Uy-joy kommunal boshqarmasi.
- Markaziy kon boshqarmasi (MKB, Zarafshon sh.): tarkibida oltin bo'lgan ma'danni kazib olish bo'yicha Muruntau ochiq kon ishlari koni; tarkibida oltin bo'lgan ma'danni qayta ishlash bo'yichagidrometallurgiya zavodi (2-GMZ); 3 sonli geologiya-qidiruv partiyasi; Muruntau geologiya-qidiruv partiyasi; oltinni tanlab eritmaga o'tkazish koni; "Qizilqum fosforit kompleksi; EPM zavodi. - Zargarlik zavodi. - Zarafshon qurilish boshqarmasi (ZUS, Zarafshon sh.)- yettita qurilish boshqarmasini o'z ichiga oladi; mexanizasiyalashgan ishlar boshqarmasi; ishlab chiqarish-texnologik komplektasiya boshqarmasi.
- Shimoliy kon boshqarmasi (ShKB,Uchkuduk sh.) - uran, oltin, marmar, granit, qurilish materiallarinikon- qayta ishlovchi komplekslar: uranni yer ostida tanlab eritmaga o'tkazish koni; tarkibida oltin bo'lgan ma'danni qazib olish bo'yicha konlar; 3 sonli gidrometallurgiya zavodi(3-GMZ); sulfat kislota zavodi, tosh kesish zavodi, 2 sonli geologiya-qidiruv partiyasi.
- Janubiy kon boshqarmasi (JKB, Nurobod sh.) - uranniyer ostida tanlab eritmaga o'tkazish va marmarni ochiq qazib olish konlari, tosh kesish zavodi, tarkibida oltin bo'lgan ma'danni qazib olish bo'yicha konlar; 4 sonli gidrometallurgiya zavodi(4-GMZ); polivinilxlorid va polietilen trubalarni tayyorlash zavodi; qishloq xo'jaligi va chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish
- 5 sonli kon boshqarmasi (5-KB, Zafarobod sh.) - uranniyer ostida tanlab
eritmaga o'tkazish konlari, asosiy ishlabchiqarishning ritmik ishini ta'minlovchi yordamchi xizmatlarning zarur bo'lgan kompleksi.
- "Qimmatbaho metallar va uran geologiyasi" ilmiy-ishlab chiqarish markazi O'zbekiston Respublikasining butun hududida qimmatbaho metallar, uran va ularga yo'ldosh foydali qazilmalarning geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etadi.
Yevroosiyo qit'asida noyob oltin zahiralariga ega bo'lgan Muruntov koni kombinatning asosiyxom-ashyo bazasi hisoblanadi.Bu kon oltin kvarsli geologiya-sanoat tipiga kiradi. U 1958 yildaochilgan va 1967 yilda ochiq kon ishlari boshlab yuborilgan.
Muruntov konining chuqurligi 600 metrdan oshdi. Konning alohida ajralib turadigan xususiyati - bu kon ishlarini olib borishning texnika va texnologiyasini bosqichma-bosqich rekonstruksiya va modernizasiya qilgan holda ochiq qazish usulining izchil innovasion rivojlanishidir.Bugungi kunda kon ishlarini rivojlantirish va modernizasiya qilishning asosiy bosqichlari, konnisamarali va uzoq muddatga mo'ljallangan ishlab chiqishni ta'minlaydigan rekonstruksiya,rivojlantirish va qayta jihozlashning innovasion loyihalari belgilangan. Karerning IY navbati konturlari ortidagi oltinning qidirib aniqlangan zahiralari va resurslariningmavjudligi, oltinning yuqori narxini hisobga olgan holda zahiralarni baholashdagikondisiyalarning pasayishi, rudani qazib olish va qayta ishlash ilgor texnologiyalariningqo'llanilishi ochiq usulda olib borilayotgan qazish ishlarining chuqurligini 950-1000 metrgachayetkazish hisobiga rudaning qo'shimcha zahiralarini qidirib topish, shuningdek konturlar ortidagibort zonasida rudani murakkab ochiq - yerosti usulida qazib olish imkoniyati borliginiko'rsatmoqda.
Ochiq kon ishlari Qizilqum fosforitkompleksida olib borilmoqda. JeroySardara koni hududidashartli ravishda turli darajadagi sakkizta qidirib topilgan uchastkalar ko'rsatilgan. UlardanToshqura, Janubiy Jeroyva Kurukkuduk uchastkalarida zahiralar qidirilib topilgan. Toshqura - bu Jeroy-Sardara koniningqidirib topilgan 3 ta konidan biri bo'lib, birinchi navbatdasanoatda foydalanishga qabul qilingan. 1997 yilda kombinat uni ochiq kon usulida qazib olishgakirishdi.
Oltin tarkibli ma'danlarni qazish vaqayta ishlash bo`yicha Navoiy KMK sanoat kompleksi yillardavomida yuqori texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlar bilan turg`un ishlab kelmoqda. Respublika mustaqilligi yillarida oltin ishlab chiqarish 1,5 baravarga o`shdi. Bu yutuqlar amaldagi korxonalarni to`liq texnik qayta jihozlash hisobiga, yangi ishlab chiqarishlarni qurish hisobiga, shuningdek oltin ishlab chiqarish samaradorligini sezilarli oshiradigan eng yangi ilmiy-texnik ishlanmalarni joriy qilish hisobiga mumkin bo`ldi. Bundayyo`nalishlardagi ishlarga birinchi navbatda NKMKning INTEGRA GROUP(AQSH), "Integra" YoAJ(Rossiya), Vnipipromtexnologiya(Rossiya), Toshkent davlat texnika universiteti, O`zbekiston RespublikasiFanlar akademiyasi seysmologiya instituti, Ukraina Milliy konchilik akademiyasi tabiatdanfoydalanish va ekologiya muammolari instituti bilan hamkorlikda bajargan tadqiqotlari kiradi. Ochiq konlarni loyihalash, qurish va foydalanish tajribasi ko`rsatadiki, kon qazuvchi korxonalarning iqtisodiy samaradorligi asosan qurilish, konchilik ishlarni olib borish texnologiyasiva tartibini, ma'danlar va ochishlar hajmining taqvimiy taqsimlanishini, ishlab chiqarishjarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash turini
tanlash masalalarini to`g`ri yechishga bog`liq. Kombinatning kon qazuvchi korxonalari rivojini optimallashtirish uchun g`arb namunalaridanqolishmaydigan, ayrim hollarda ulardan yuqori bo`lgan maxsus kompyuter texnologiyalari ishlabchiqildi va oltin ma'danli konlarni loyihalash, rejalashtirish va ishlatish amaliyotga joriy qilindi.
1. Kon ishlab chiqarishini loyihalashning avtomatik tizimi Kon ishlab chiqarishini loyihalashning avtomatik tizimi(KICHLAT)dan "Ruda" avtomatik tizimi(AT) bilan birgalikda foydalaniladi. Bu tizimlar doirasida konchilik-qazib olish ishlarini geologik-marksheyderlik ta'minoti bilan bog`liq vazifalar; shuningdek konlarni o`zlashtirishningjoriyva istiqbolli rejalashtirish masalalari yechiladi. Portlatish quduqlarini sinash natijalaribo`yicha jamlangan ma'lumotlar negizi asosida ishlatiladigan blokning raqamli modeli tuziladi. Sort rejalarini tuzish jarayoni "Ruda" AT yadrosini tashkil qiladi va bundan mana 10 yildan ko`proq vaqtdan beri muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Xususan ushbu tizimni joriy qilish hisobigasifatini pasaytirmasdan tovar ma'danlari 6% ga oshirildi, bu konchilik ishlari hajmini oshirmasdanMuruntov ochiq koni uchinchi navbati zahiralari bilan ishlash muddatini bir yildan ko`proqqacho`zish imkonini berdi.
2. Murakkab-tuzilmali konning matematik modelini yasash va uning zahiralarini hisoblashning kompyuter texnologiyasi Ishlab chiqilgan, amalda yangi, dunyoda o`xshashi bo`lmagan kompyuter texnologiyasiasosida Muruntov ochiq konining matematik modeli birinchi bo`lib qurilgan va geologlya qidiruvquduqlari sinovining ma'lumotlaribo`yicha zahiralarining kompyuterli ko`p variantli hisobio`tkazilgan edi. Bunda zahiralarni aniqlashning nisbiy xatoligi ma'dan bo`yicha 20.7% dan 9.5%gacha va oltin bo`yicha 23.2% dan 14.8% gacha kamaydi. Natijada kon xom-ashyo bazasiningishonchli hisobi olindi, bu Muruntov ochiq konining IV navbatini loyihalash uchun foydalanildi.
3. Konning matematik modeli asosida ochiq konning optimal final shakli va uni grafigini qurishning kompyuter texnologiyalariasosda tayyorlanadi. Bu texnologiya qazishning texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlarini hisobga olgan holda konning matematik modeli asosida qazish uchun rentabelli barcha zahiralari ichida bo`lgan ochiq konning konturini(berilgan qiyalik burchagi, bermalari va boshqalari bilan) yasash, shuningdekochiq konning chuqurlanish tezligi bo`yicha cheklanishlarni hisobga olib uni qazishning taqvimiygrafigini qurish imkoniyatini beradi. Ta'kidlash lozimki, shu maqsad uchun g`arb kompaniyalarifoydalanayotgan WITTLE-4Ddasturi aytilgan cheklanishlarni hisobga olish imkoniyatiga ega emas, demak yangi texnologiya dunyoda o`xshashi yo`q va noyob. U Muruntov ochiq konining navbatini rivojlantirish uchun foydalanilgan edi. IV navbatning TIA(VNIPIPT 1992 yil) bilan taqqoslaganda Muruntov ochiq konining yangi konturida olinishi kerak bo`lgan kon massasininghajmi sezilarli(40% dan ko`proqqa) kamaydi.
4. Ochiq kon avtotransportini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi. Ushbu tizimning farqli tomoni shuki unda yer yo`ldoshi radiosignallardan foydalanish orqali harakatdagi yoki statsionar ob'ektlarning koordinatalarini yuqori aniqlik bilan belgilash imkoniyatini beradigan GPS(Global Poziniyalash Tizimi) kosmik navigatsiyali texnologiyaning ishlatilishidir. Avtotransportni boshqarishning avtomatik tizimi kon ishlab chiqarishini loyihalashning avtomatik tizimi bilan, shuningdek ma'dan oqimi sifatini boshqarishning avtomatiktizimi bilan o`zaro bog`lanishda bo`ladi. Kon mexanizmlarining joylashuvi va harakati hamdaqazib olinadigan ma'dan miqdori to`g`risidagi axborot dispetcher pultiga uzatiladi vaKICHLATdasturlarida qo`llash uchun qulay ko`rinishda serverga kiritiladi. O`z navbatida KICHLATningalohida kichik tizimlari(sort bo`yicha reja, marksheyderlik ma'lumotlar, burg`ilash loyihasi vaboshqalari) ishining natijasi to`g`risidagi axborot ma'dan oqimi sifatini boshqarishning avtomatiktizimiga va so`ngra atotransportni boshqarishning avtomatik tizimiga uzatiladi. Joriy qilingantizimning iqtisodiy samaradorligi texnologik avtotransport unumdorligining 8-12% ga oshishibilan asoslanadi.
5. Ma'dan oqimi sifatini boshqarishning avtomatik tizimi. Ekskavator mashinisti ma'dan qazishni portlatilgandan keyin ma'dan bloki ustiga qo`yilgan belgi bo`yicha bajaradi. Belgi bo`yicha ma'dan qazishning murakkabligi(ayniqsa kechqurun) ma'danning asossiz kamayishi va puch jinslar hisobiga kambag`allashuviga olib keladi. Bu оmilning saralangan qazishga salbiy ta'siri o`sha GPS Kocmik navigatsiya tizimidan foydalinishbilan Muruntov ochiq konida ma'dan oqimi sifatini boshqarishninq avtomatik tizimida(ma'danmiqdori va undagi oltinning tarkibi)maksimal kamaytirilgan. Kоmpyuter yordamida ekskavatormashinisti avtoto`kkichga yuklanayotgan ma'dan navini har doim ilib turadi, bunda tizimko`rsatilgan joygama'danning to`g`ri yetkazilayotqanini nazorat qiladi. Qazib olinqanxom-ashyoningsifatini boshqarish tizimi dastlabki baholash bo`yicha puch jinslar hajminisaralash va natijada yo`qotishni 2-3% ga va kambag`allashuvni 5-6% ga kamaytirishimkoniyatini beradi. Tizim yuklanayotgan ma'dan tarkibini taxminan 1-3% ga oshirish, Tovar ma'danlarini balansdan tashqari bloklardan qazish hisobiga uninq chiqishini lO-15% gako`paytirish, minerallangan massalar bloklaridan balansdan tashqari ma'danlar chiqishini10-15% ga ko`paytirish, ichki qazish bloklaridan minerallangan massalarninq chiqishini 10-15%ga ko`paytirish imkoniyatini beradi.
6. Oltin sulfidli ma'danlarni saralash bilan dastlabki boyitish texnologiyasi Oltin sulfidli ma'danlarni dastlabki boyitish texnoloqiyasi {patent egasi INTEGRA GROUP) kombinat tomonidan sanoatda joriy qilish uchun qabul qilingan, shu kompaniya mutaxassislari tomonidan ishlabchiqilgan RRS modelli separatorlar(rentgenradiometrik separator)dan foydalanishni ko`zda tutadi. Ma'danlarni dastlabki boyitish texnologiyasi GMZga jo`natilgan dastlabki ma'danning sifatini sezilarli(oltinning tarkibini taxminan ikki baravar) oshirish, oltin bo`yicha boy navli ma'danlardan, kambag`al va balans ma'danlardan ajratib olish hisobiga oltinning qo`shimcha miqdorini qayta ishlashga jalb qilish imkonini beradi, bu esa ushbu jarayonuchun yanada samaradorli bo`lib hisoblanadi. Ishlab chiqarishga oltin sulfidli ma'danlarniboyitishning texnologik sxemasini joriy qilish bilan bir vaqtda NKMKda "erkin" oltinli texnologikturdagi Muruntov ma'danlarini boyitish bo`yicha ilmiy-tadqiqot ishlari kompleksi tugallanadi. Bunday ma'danlarni bilvosita belgilari bo`yicha ma'dan saralash misollari dunyoda yo`q.
7. Tarkibida oltin bo`lgan ma'danlarni gamma-aktivatsion tahlil qilish texnologiyasi. Oltinni aniqlash chegarasi 0,6 g/t bo`lgan elektronlarni chiziqli tezlatgich LUE-8-5 ning tormozlinurlanishidan foydalangan holda avvaldan tortib tayyorlangan oltin tarkibli ma'danlarnigamma-aktivatsion tahlil qilish uchun mo`ljallangan avtomatlashtirilgan qurilma "Aura"Texnikaviy Fizika va Avtomatlashtirish Umumrossiya ITI (VNIITFA) va ElektronfizikaviyApparaturalar Ilmiy-tadqiqot instituti (NIIEFA) bilan birgalikda ishlab chiqildi va joriy qilindi. Muruntov ochiq konida qurilgan gamma-aktivatsion tahlil laboratoriyasi noyob va dunyo tahliliyamaliyotida o`xshashi yo`qdir. 1992 yildan boshlab VNIITFA va NIIEFA bilan birgalikda gamma-aktivatsion tahlil laboratoriyasini bosqichma-bosqich texnik qayta jihozlash boshlandi. Zamonaviy element bazasida dasturiy -boshqariladigan"Astat" gammaaktivatsion tahlil qurilmasi ishlab chiqildi va tayyorlandi. "Aura" qurilmasidan farqli holda"Astat"da halaqit beruvchi ta'sirlarni yanada to`liq hisobga olish imkonini beradigan, gamma-spektrometriyaning"besh oynali" varianti ishlatilgan.Ikkita sintillyatsion detektirlovchi qurilmalar qo`llanilishi hisobigatahlil davomiyligi 17 sekundan8 sekundgacha kamaytirildi. Qurilmada boshqa elementlariniham aniqlashni bajarish mumkin. Sanoatsharoitida gammaaktivatsion tahlil talablaridan kelibchiqib,texnik tavsiflarini sezilarli darajada yaxshilash maqsadida, elektronlarni chiziqlitezlatgichlar modernizatsiyasi tugallandi.
8. TQK-270 tik-qiya konveyer asosida resurs tejaydigan toshli kon massasining uzluksiz transporti. 2011 yil 21 iyunda sanoat tarzida ishga tushirilgan “TQK -270” asosidagi uzluksiz transportningkonchilik massasini ko'tarish balandligi 270 m, qiyalik burchagi 37 gradus, unumdorligi soatiga3500 tonna, loyihaviyyillik quvvati 13 mln.tonna, shuningdek, o'ziga xos texnologik vakonstruktorlik echimlari bilan dunyoning ilg'or standartlarini ortda qoldirgan, noyob muhandislikinshooti hisoblanadi. Toshli kon massasini tik-qiya holda yuqoriga ko'tarish Muruntau kar’erga ishlov berishning iqtisodiy maqsadga muvofiq chuqurligini keskin oshirish imkonini beradi. “TQK-270” kompleksidan foydalangan holda avtomobil’ transporti bilan kon massasini tashishning o'rtachamasofasi 3,6 kilometrga, bosib o'tiladigan yo'l 40 foizga, faqatgina 2012 yilda ekspluatatsiyaharajatlari 2,87 mlrd.so’mga kamaytirildi. Yutuqlar nashrlar, patent va patent uchun berilgan talabnomada o'z ifodasini topdi, shuningdek,xalqaro konferentsiyalar va jahon konchilik sanoatida katta qiziqish o'yg'otdi. O`zbekiston olimlarining hissasi Kombinat uchun bajarilgan ilmiy- tadqiqotva tajriba-konstruktorlik ishlariga O’zbekistongeotexnologiya ilmiy-tadqiqot va loyihalashtirish instituti «O’zGEOTEXLITI» , O`zR FA yadro fizikasi instituti(YaFI), "Qiziltepageologiya"KGP , O`zR FA mikrobiologiya instituti, "Texnolog" IIChB, Toshkent davlat texnika universiteti(ToshDTU), Toshkent avtomobil yo`llari instituti(TAYI), O`zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti, O`zR FA o`g`itlar instituti, Navoiydavlat konchilik instituti (NDKI), "O`zbekiston" ilmiysanoat, tashqi - iqtisodiy va ish bilarmonhamkorligi assotsiatsiyasi va respublikaning boshqa ilmiy-tadqiqot tashkilotlari katta hissa qo`shdilar. O'zbekiston Respublikasi Prezidentiningqaroriga muvofiq, loyihalashtirish ishlari uchun ixtisoslashgan horij injiniring kompaniyalarini jalb qilgan holda konlarni ochish va ishlash tizimlaribo'yicha ilgor horij texnologiyalaridan keng foydalanish zaruriyati belgilandi. Xuddishundaykonlarning yerosti ishlari sohasida ilgor horij texnologiyalarini o'rganish uchun kombinat va"UzgeorangmetLITI" instituti mutaxassislari ilgor horij korxonalarini borib ko'rdilar. Shundanso'ng NKMK mutaxassislari institut bilan hamkorlikda kombinat uchun o'ta yangi bo'lgano'ziyurar uskunani qo'llagan holda qiya transport stvollari yordamida konlarni ochish usuliniqabul qilishdi. NKMK va "Atlas Copco" kompaniyasi o'rtasida shu kompaniya tomonidan ishlab chiqarilganburgilash va kon o'tishjihozlarini yetkazib berish bo'yicha shartnoma tuzilgan. Transport qiyas'ezdi 780 m asosiy ochish ishlarini bajaradi va yiliga 800,0 ming tonna kon massasini yuzagauzatish uchun mo'ljallangan. S'ezd bo'yicha kon massasi MT-431V shaxta avtoo'ziagdargichlariyordamida uzatiladi.
Qiya transport s'ezdini olib borishdizel dvigatelli o'ziyurar burgilash, yuklash - yetkazib berish vatransport uskunasini qo'llash yordamida loyihalashtirilgan. Bu uskuna kon kovlash davridagiasosiy ko'p mehnat talab qilinadigan operasiyalarni mexanizasiyalashtiradi. "Zarmitan" koni yerosti ishlarida Atlas Copco (Shvesiya) va Sandvik (Finlyandiya) horij kompaniyalari dizel dvigatelli o'ziyurar transportdan foydalaniladi. Yerosti kon-shaxta mashinalari vajihozlariga qo'yiladigan muhim talablardan biri - bu kon - o'tish ishlari kompleksini o'zaro boglangan to'liq davrining bajarilishini ta'minlaydigan
jihozlarning to'liq komplektini yetkazib berishni ta'minlashdir. NKMK oltin va uran qazib olish hajmi bo’yicha dunyoning o’nga yaqin kon qazib oluvchi kompaniyalari safiga kiradi. Kombinat tarkibi beshta kon boshqarmasi, “Qimmatbaho metallar va uran geologiyasi Ilmiy-ishlab chiqarish markazi”, Zarafshon qurilish boshqarmasi, to’rtta gidro-metallurgiya zavodi va birta oltin ajratib olish fabrikasi, markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, mashinasozlik zavodi, oltin-gugurt kislotasi ishlab chiqarish zavodi va boshqa sanoatlashtirilgan va yordamchi korxonalardan tashkil topgan bo’lib, foydali qazilmani qazish va qayta ishlash, qimmatbaho metallar va uran qazib olishda geologik qidiruv ishlarini amalga oshirish, hamda kon metallurgiya sanoatida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish va innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqarishdan iborat. Har bir rahbar va muhandisning O‘zbekiston Respublikasi «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga amal qilish, ishlab chiqarish
xavfsizligi masalalarini to‘g‘ri hal etishda ushbu kitob qo‘llanma vazifasini o‘taydi.Unda mehnatni muhofaza qilish Qonunlari, sanoat sanitariya va gigienasi, texnika xavfsizligi hamda yong‘inning oldini olish masalalari yoritilgan.
Tashkilotlarda mehnat xavfsizligiga doir barcha qaror va hujjatlarni tahlil qilish, kelgusida mehnat xavfsizligi darajasini ko‘tarish, ish yuritishda texnika xavfsizligi mashg‘ulotlarini o‘tkazish, mehnat muhofazasi ishlarini tashkil etish, o‘quv yurtlari o‘qituvchilari, talabalari, xizmatchi va ishchilari o‘rtasida shikastlanishning oldini olish hamda davlat standarti masalalari talablariga rioya etish maqsadida «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida» Qonun qabul qilingan. Bu Qonun asoslari mazmun jihatidan juda keng bo‘lib, o‘z tarkibida jamoa shartnomasi, mehnat shartnomasi, kadrlar tayYorlash va malakasini oshirish, mehat intizomi, ayollar va bolalar mehnati, ijtimoiy himoya hamda boshqa masalalarni mujassamlashtirgan. «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonun asosida ishlab chiqarishdagi inson sog‘ligi uchun zararli bo‘lgan omillarni bartaraf qilish, baxtsiz hodisalarning oldini olish vaish joylarining sanitariya-gigienik jihatdan qoniqarli holatda bo‘lishi uchun barcha zarur chora-tadbirlarni
ko‘rish mas’uliyati ma’muriyat zimmasiga yuklatilganligi ko‘rsatib o‘tilgan. Kasbiy zararliklar mavjud bo‘lgan hududlarda mehnat qiladigan ishchilar uchun qisqartirilgan ish kuni, qo‘shimcha dam olish kunlari joriy etilishi, zararli ish joylarida ishlaganlarga, ya’ni juda issiq haroratli, sovuq zax va sog‘lik uchun zararli sharoitda mehnat qilaYotganlar uchun maxsus ustama haq hamda himoya kiyimlari berilishi ko‘zda tutiladi. Kasbiy kasalliklarning oldini olish, ishchilarning sog‘ligini mustahkamlash maqsadida ularni o‘rnatilgan tartib asosida sut va parhez taomlar bilan ta’minlash tartibi joriy etilgan. Ishlab chiqarish korxonalarida Mehnat Kodeksi va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi me’yorlarni buzishda ayblangan rahbar shaxslar maьmuriy, moddiy va jinoiy javobgarlikka tortiladi. Ma’muriy javobgarlik-xodimga hayfsan berish, ishdan chetlashtirish, o‘rtacha oylik ish haqining yigirma foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima solish va mehnat shartnomasini bekor qilishdaniborat. Moddiy javobgarlik esa «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunni buzgan shaxslarni nazorat tashkilotlari tomonidan belgilangan miqdorda jarima to‘lashga Yoki keltirilgan moddiy zararni qoplashga majbur qilishdan iborat. “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunni buzish baxtsizlik Yoki o‘limga sabab bo‘lsa, aybdor shaxslar belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortiladi. Xotin-kizlar erkaklar bilan teng huquqli bo‘lib, ular davlat, xo‘jalik, madaniy va jamoat ishlarida faol qatnashish imkoniyatiga ega. Mehnat Kodeksida xotin-qizlarning fiziologiyasi va onalikni himoya qilish hisobga olinib, ularning mehnatini muhofaza qilish belgilangan. Og‘ir va organizm uchun zararli ishlarda aYollarning mehnat qilishiga Yo‘l qo‘yilmaydi.Homilador aYollarga davlat tomonidan ish haqi to‘lanadigan ta’til beriladi.Mehnat Kodeksida o‘smirlar mehnatiga alohida e’tibor berilgan. 18 Yoshga to‘lmagan yigit-qizlarni ishga qabul qilishda ularning xohishiga qarab, yilning istalgan vaqtida bir-oylik (kalendar bo‘yicha) mehnat ta’tili berilishi belgilangan. O‘smirlar fabrika, zavod kasaba qo‘mitalari ruxsatisiz qo‘shimcha ishlarni bajarishga jalb qilinmaydi. Ular tibbiy ko‘rikdan majburiy o‘tkazib turiladi. Agar o‘smirlarni bajaraYotgan yumushlari ularning sog‘ligiga ta’sir qilaYotgani sezilsa, u holda shifokor maslahati va tegishli hujjatga asosan boshqa ishga o‘tkaziladi. Tarmoq kasaba ko‘mitasining texnik inspektori har bir sanoat korxonasiga biriktirib qo‘yilgan. U korxonada mehnatni muhofaza qilish
qoidalari bajarilaYotganligini, baxtsiz hodisaga uchraganlar hisobga olinaYotganligini nazorat qiladi, og‘ir Yoki o‘lim bilan tugagan hodisalarni guruh bilan birga tahlil qiladi, mehnatni muhofaza qilish qoida va me’Yorlarini buzganlarni javobgarlikka tortish maqsadida tegishli joylarga ma’lumot yuboradi. Texnik inspektor yangi uskunalarni qabul qilishda qatnashadi hamda bir vaqtning o‘zida ular yangi ob’ektlarni foydalanish uchun qabul qilish komissiyasining a’zosi hisoblanib, mehnat muhofazasi tadbirlarining bajarilayotganligini nazorat kiladi. Sanoat korxonalarida xizmat ko‘rsatayotgan kasaba uyushmasining inspektori mehnatni muhofaza qilish bo‘limi rahbarligi ostida ish olib boradi. Sanitariya-epidemiologiya stansiyalarining vakillari kapital qurilish ob’ektlarini qabul qilishda qatnashadi, kasbiy zaharlanish va kasallanishlarni tekshiradi, korxona ma’muriyati bilan birgalikda bu kasalliklarni yo‘qotish chora-tadbirlarini ko‘radi. Suv havzalaridan to‘g‘ri foydalanish va tashlandiq suvlarning suv g‘avzalariga qo‘shilishi masalalari bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi Bosh sanitariya-epidemiologiya boshqarmasining mahalliy sanitariya-epidemiologiya stansiyalari shug‘ullanadi. Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi («O‘zsanoatgeokontexnazorat» agentligi) respublika davlat boshqaruvi, nazorat qilish va tekshirishorgani hisoblanadi o‘z faoliyatida O‘zbekistan Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining Farmonlari va Farmoyishlariga, Oliy Majlis Qonunlariga, Vazirlar Mahkamasining karorlari va farmoyishlariga amal qiladi. U texnologik me’yorlarning buzilmasligini, shuningdek, xavfsizlik texnikasining qoida va ko‘rsatmalariga rioya qilinaYotganligini kuzatib boradi. Bundan tashqari, bu organ bosim ostida ishlaydigan bug‘ qozonlari va idishlarining holatini, suv isitish qozonlarining issiq suv va par beradigan quvurlar, yuk ko‘taruvchi kranlar, liftlar, ekskalatorlar va odamlarni tashiydigan osma arqon yo‘llarining holatini kuzatadi hamda qoidalar
buzilmaYotganligini tekshirib turadi. «O‘zsanoatgeokontexnazorat» sanoat korxonalaridagi qozon, agregatlar, ko‘tarishqurilmalarini tekshirib, ishlashi uchun ruxsat beradi va ularni ro‘yxatga oladi, U kapital qurilish ob’ektlarini qabul qilib olishda va korxonada yangi uskunalarni foydalanish uchun qabul qilishda, nazorat ostidagi ob’ektda bo‘ladigan baxtsiz hodisalar sabablarini aniqlashda qatnashadi. Mahalliy boshqaruv organlari vayong‘indan muhofaza qilish bo‘limlari hamda yong‘inga qarshi kurashuvchi qismlar, o‘zlari xizmat ko‘rsatadigan sanoat korxonalarining hamma ob’ektlarida yong‘inga qarshi chora-tadbirlarning bajarilishini, yong‘inga qarshi kurash olib boruvchi xizmatchilarning tayyorligini, korxonadagi yong‘inni o‘chirish vositalarining ishga yaroqliligini va yangi ishlab chiqarish korxonalarini loyihalaganda yong‘in xavfsizligiga rioya qilinayotganligini kuzatish yo‘li bilan nazorat qilib boradi.Yonish chiqmasligi choralarini ko‘rish vazifasi xodimlar zimmasiga yuklatilgan.
METODOLOGIK QISM
2.1. Mashinasozlik zavodida shamollatish tizimlarini tashkillashtirish SHamollatish ishlab chiqarish xonalaridagi havoni keragicha almashtirishni ta’minlaydi va ishlovchilar uchun hamda texnologik jaraYonning borishi uchun qulay sharoit yaratadi, ya’ni texnologiya va sanitariya me’Yorlarida belgilangan harorat namlik tartibi (rejimi) hosil bo‘ladi, xonadan ortiqcha issiqlik namlik chiqib ketadi, shuningdek, xonada boshqa zararli aralashmalar (chang, gazlar ) miqdori ruxsat etilgan qiymatgacha kamayadi. Havoning harakatlanish usuliga ko‘ra tabiiy va mexanik shamollatishlar farqlanadi. Tabiiy shamollatishda xonaga havo tabiiy kuchlar — gravitatsion-issiqlik vashamol bosimi ta’sirida kiradi va chiqib ketadi. Gravitatsiya — sovuq va isigan havoning solishtirma og‘irliklaridagi natijasiga ko‘ra yuzaga keluvchi bosim. Binoning shamolga ro‘para tomonidan ta’sir qilganda yuqori ortiqcha bosim, shamolga teskari tomondan ta’sir qilganda esa havoning past bosimi (siyraklanish) yuzaga keladi. Ortiqcha bosim (Pa) ushbu formuladan aniqlanadi:
P=a(6.1)
Bu erda: a — aerodinamik koeffitsient, u binoning tashqi to‘sig‘i. Yonidagi ortiqcha bosim siyraklanishi to‘liq shamol bosimining qancha qismini tashkil etishini ko‘rsatadi,
Form. — shamolning to‘liq dinamik bosimi, u binoning shakliga bog‘liq bo‘lib, tajriba yuli bilan aniqlanadi va bildirgich adabiYotidan keltiriladi, rohavoning zichligi, Vsh 2— shamolning tezligi. Havo girdobsimon (katta tezlikda) harakatlanganda bosimlarning taqsimlanishi binoning katta-kichikliligiga bog‘liq bo‘lmaydi. Bu hol har qanday shakldagi bino uchun aerodinamik koeffitsientlarni asl binoga o‘xshatib geometrik usulda yasalgan namunada (modelda) aniqlashga imkon beradi. Agar birgina xonaning ochiq teshiklari yaqinida har xil bosimlar yuzaga kelsa, u holda shamol ta’sirida xonada havo almashinuvi (gaz almashinuvi) yuz beradi. Havoning filtrlanishi deganda, asosan, deraza va eshiklardagi tirqishlar orqali tashqaridan havo kirishi natijasida tartibsiz ravishda tabiiy havo almashinuvi tushuniladi. U har xil haroratlarda havoning zichligi turlicha bo‘lishi tufayli yuz beradi. SHamolbo‘lganda filtrlanish kuchayadi. SHamol bosimidan va shaxtalar orqali bo‘ladigan tortish kuchidan foydalanish uchun shaxtalarga deflektorlar deb ataladigan maxsus shaklli o‘rnatiladi. Deflektorning ishlashi asbobga havo oqimi tegib o‘tganda uning sirtida siyraklanish hosil qiladigan shamol quvvatidan foydalanishga asoslangan. SAGI deflektori eng ko‘ptarqalgan. Uning katta-kichikligi patrubokning diametriga qarab tanlanadi. Deflektorlar ipakchilik sanoati korxonalarida qo‘llaniladi (masalan, ular Marg‘ilon pilla tortish kombinatining pilla tortishssexida shamollatish sistemasi ishining samaradorligini oshirish maqsadida qo‘shimcha so‘ruvchi tuzilmalar sifatida o‘rnatilgan). Mexanik usulda shamollatishda havo ventilyatorlar Yordamida kiritiladi va chiqariladi. SHamollatish sistemalari vazifasiga ko‘rayangi havo kiritadigan va eski havoni chiqaradigan turlarga ajratiladi. Ular havoni umumiy tarzda almashtirishi mumkin. Kiritadigan sistemalar xonaga tashqaridan toza havo kiritadi, chiqaradigan sistemalar esa ifloslangan havoni xonadan chiqarib yuboradi. Kiritib - chiqaradigan sistema yuqorida aytilgan ikkala sistemaning birikmasidan yuqori bo‘lib, bir o‘zi ikki vazifani bajaradi, eski havoni chiqarib o‘rniga yangi havoni kiritadi. Agar zararli ajralmalar manbalari tarqoq joylashgan bo‘lib, butun xona Yoki uning bir qismi (ish mintaqasi) shamollatiladigan bo‘lsa, bunday shamollatish umumiy shamollatishdeyiladi. Ifloslangan havoni bevosita uskunaning, ya’ni zaharli ajralmalar manbaining o‘zidan chiqarib yuborish Yoki xonaning qandaydir muayyan qismiga yangi havo berish mahalliyshamollatishdeyilib, havo taqsimlagichlar deb ataladi. Ularning texnik ko‘rsatkichlari 6.1-jadvalda keltirilgan.
4.904-29 seriyali VDSH turidagi olti diffuzorli, ikki oqimli havo taqsimlagichlarning texnik ko‘rsatkichlari. Havoni gaz taqsimlagichlarm
Tur o‘lchami
O‘lchami, mm Fm VDSH-2 250 500 136
0,05 VDSH-3 315 630 158 0,08
VDSH-4 400 800 196 0,13
VDSH-5 500 1000 222 0,2
VDSH-6 630 1200 256 0,31
VDSH-8 800 1600 299 0,5
Plafon bo‘g‘iziningyuzini (m2) Fmax ningqiymati bilan cheklash lozim:
Fmax=0,13X2n
Bu erda: Xn— plafonning chiqish joyi tekisligidan ish mintaqasigacha bo‘lgan
masofa, u odatda Xn= 4m bo‘ladi. Demak,
Fmax= 0,21m2
VDSH plafonlarining 5 turidan foydalanish tavsiya etiladi. Ish mintaqasida havoning harakat tezligi 0,3 m/s dan oshmasligi uchun xona polining 1m2 yuziga VDSH plafonlari orqali 60 m3/soatdan ortiqhavo bermasligi zarur.
12x18 m.libitta ustunlar panjarasiga to‘g‘ri keladigan polning yuzi 216 m2 ni tashkil etadi va havoni almashtirilishiga qarab, bu maydonga 4+8 ta plafon to‘g‘ri keladi KO=10— 20 (1/soatda), Bitta panjara hajmiga 26000m3/soat, maydonga esa 3250 m3 / soatgacha havo to‘g‘rikeladi. Bunda VDSH-5 ning bo‘g‘zida havo tezligi ushbu ko‘rsatkichni tashkil etadi:
Form.= 4,5m/s
Havo almashinuvining boshqa shart-sharoitlari uchun plafonlar tanlashda ana shu tezlikni ko‘zda tutish darkor.
Toza havo to‘rt burchak shakldagi havo o‘tkazgichning pastki Yoki Yon
devorlaridagi eni 60-100 mmli to‘rtburchak tirqishsimonteshiklar orqali 4-5 m/s bilan kirishi mumkin. Teshiklar bir-biridan 2-3 m oraliqda joylashtiriladi hamda oqimini kerakli tomonga Yo‘naltirish uchun to‘siqchalar va kurakchalar bilan ta’minlanadi.
Agar ishlatilgan havoda zararli va bakterial iflosliklar bo‘lsa, uning hammasini tashqi toza havo bilan almashtirish zarur. Bunday shamollatish sistemasining qo‘llanilishiga havosi zaharli va bakterial moddalar bilan ifloslanadigan pilla tortishssexini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Bunday iflosliklar uchun ruxsat etilgan chang to‘yinganligining 30% ga (yilning sovuq davrida) issiqlikni tejash maqsadida bu havodan qayta foydalanish mumkin. Bunday shamollatish sistemasi havodan qayta foydalaniladigan (retsirkulyasiya) sistema deb yuritiladi. Mazkur sistema ipak yigirish korxonalarida qo‘llaniladi. Bu erdassexdan olingan havo changida tozalangandan so‘ng qayta foydalanish mumkin. Mahalliy so‘rish sistemasi qator qurilmalardan tashkil topgan. Ular mashinalarda ifloslangan havoni yakka tartibdaso‘rib oladigan tuzilmaga, so‘ruvchi havo almashtirgichlarga va markazdan ko‘chma ventilyatorga ega. Ushbu ventilyator ishlatilgan havoni bino tomidan chiqarilgan so‘rish quvuri orqali chiqarib tashlaydi. Ayrim fabrikalarda umumiy so‘rish qurilmasissexning shipi ostidan Yoki chordoqdan o‘tkaziluvchi so‘ruvchi havo o‘tkazgichlar ko‘rinishida ishlanadi. Bunday so‘ruvchi qurilmalarda o‘qli ventilyator Yoki markazdan ko‘chma ventilyator qo‘llanilmoqda.Ularni o‘rnatish uchunssex oraliqlari plitalarida ventilyatorning o‘lchamlariga (biriktirish patrubogining
diametriga) mos teshik hosil qilinadi.Mazkur ventilyatorlar bevosita xonadagi havoni chiqarib tashlaydi.Tomga o‘rnatilgan katta bosim hosil qiluvchi markazdan qochma ventilyatorlar gorizontal so‘ruvchi havo o‘tkazgichlar mavjud bo‘lganda qo‘llaniladi. Tomga o‘rnatiladigan ventilyatorlar Yordamida shamollatish umumiy so‘rish sistemasi hisoblanadi. Ergonomika insonning ish jaraYonidagi harakatidir. Ergonomika ishlab chiqarish jaraYonida ishchining charchamasdan, mehnat qobiliyati pasaymagan vasog‘lig‘iniYo‘qotmagan ishda eng yuqori ish unumdorligiga erishishda funksional imkoniyatlarini o‘rganuvchi fandir. U nazariy fan bo‘lib, fiziologiya, psixologiya, antropometriya, mehnat gigienasi va insonning ish faoliyatini kompleks ravishda qamrab oladi. Qulay ish zonasini tanlash.Hozirgi paytda yangi texnologik jaraYon, kichik korxonalarning yangi mashina va uskunalari, albatta, GOST mahsulot sifatiga binoan bo‘lishi, ergonomik ko‘rsatgichlar bo‘yicha belgilangan talablarga javob berishi kerak.
Ish joyida jihoz va uskunalarning noto‘g‘ri joylashtirilishi, ularning shakli, rangining noto‘g‘ri tanlanishi ishchini charchatadi, to‘g‘ri joylashtirilganda esa aksincha, ish unumdorligini oshiradi. Uskunalar shunday joylashtirilishi lozimki, ishchiulardan ortiqcha harakatsiz, o‘zini zo‘riqtirmasdan osonlik bilan foydalansin. Ish joyining balandligi ham muhim ahamiyatga ega. Odatda u 1000-1600 mm oraliqda bo‘lgani maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari, ko‘zning imkoniyat doirasini ham hisobga olish kerak. Gorizontal bo‘yicha ko‘rish burchaklari quyidagicha:
18° — ko‘zning ish joyida oniy ko‘rish burchagi;
30° — ko‘zning ish joyida samarali ko‘rish;
120° — ko‘zning bosh qimirlatmay ko‘rish;
220° — ko‘zning bosh burganda ko‘rish burchagi.
Vertikal bo‘yicha ko‘rish burchagi 55-60°ni, pasti ko‘rish burchagi esa 70-75°ni tashkil qiladi. Bunda ham samarali ko‘rish burchagi esa 30-40°ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |