Hayot faoliyati xavfsizligi


Navoiy mashinasozlik zavodi haqida umumiy ma`lumot



Download 108,97 Kb.
bet3/7
Sana11.09.2021
Hajmi108,97 Kb.
#171415
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Курс лойиҳа

1.1. Navoiy mashinasozlik zavodi haqida umumiy ma`lumot.

Bugungi kunda “Navoiy Konmetallurgiya kombinati” Davlat korxonasida 65minga yaqin ishchi xizmatchilar mexnat qilmoqda. Ulardan 58% bevosita sanoat maxsulotlari ishlab chiqarish bilan band. Istiqlol yillarida Kombinat iqtisodiy salohiyati mustahkoamlandi . Murontov konida ishlab chiqarish quvvatini oshirish foydali qazilmalar rudasi qazib olishda yuqori samaradorliga erishish maqsadida qiya nishabli konver ishga tushirildi. Bugungi kunda 3 yarim ming nafardan ortiq ishchi mehnat qilayotgan kombinatning yetakchi korxonalardan biri hisoblangan “Navoiy Mashinasozlik Zavodi “ ishlab chiqarish

birlashmasi ham mamlakatimiz sanoatningyetakchilaridan biri desak mubolog’a

emas. So’ngi 2yil ichida korxonada ishlab chiqarish maderanizatsiyalash yuzasidan keng ko’lamli loyihalar amalga oshirildi. Korxonada maxalliylashtirish dasturi asosida ish yuritilmoqda, bu dasturda asosan parmalash , jilvirlash, frizirlash stanoklari va tokirlik ya’ni metal qirqish dasgohlarini ishlab chiqaryapti. Bunda mahalliy bilimdon kadirlarning xizmati kata bo’lmoqda. NMZ ishlab chiqarish birlashmasi maxsuloti NGMK bo’limlarida O’zbekiston Respublikasi Qazilmalarini qazib olish, kon madalarini qayta ishlash korxonaning sanoat , kimyoviy agrar sohalarida o’zining ijobiy tomondan ko’rsatgan. NMZ ishlab chiqarish birlashmasi stanoksozlik ishlab chiqarish maxsuloti Rossiya va boshqa mxrij mamlakatlarda sotilmoqda .zavodda metal quyishdan boshlab tayyor texnalogik linyalarni yig’ishgacha bo’lgan jihozlarni tayyorlash tog’ri sikli amalga oshirish uchun mashinasozlik va taminlash xizmati texnalogik toplamiga ega. Quymachilik ishlab chiqarishi (modellsh, qoliplash ,quyish termik ishlov berish) Stanoksozlik ishlab chiqarishi (stanoklarni tayyorlash moderenizatsiyalash va tamirlash va ularga servis xizmatini ko’rsatish). Avtotamirlash ishlab chiqarishi (Belazlarni yamz dvigatellarni kon shaxta texnikasini burg’illash qurilmalarini buldozirlani toliq tamirlash). Mexanik yig’ish sexi (tokirlik, frezalash, yo’nib kengaytirish, sillig’lash tish qirqish stanoklari). Temirchilik tayyorlov sexi (shtamplash ,erkin bolg’alsh, kesish, taxtli shtamplash, bo’kish) Asbobsozlik sexi (shtmplar ,moslamalar, pres qoliblar ,quyma qoliblar, kesish qoliblar, temik ishlov berish). Qozon payvandlash sexi (qazilmalarni qazib olish va madanlarni qayta ishlash korxonalar uchun texnalagik jihozlarni turli dematrdagi sig’imlarni

nostandart jihozlarni va metal konstruksiyalarni ekskavator kovishlarni taminlash) Elektr tamirlash sexi ( ozgaruvchan va doimiy tok dvigitillarni quvvati 2000 kvgacha yuqori voltli dvigatellarni tamirlash rottor va yakrlarni muvozanatlash turlari 3000 dan ortiq bo’lgan rizinatexnik buyumlar ). ”NMZ”Mehnat muhofazasi ish jaraYonidainsonning mehnat qobiliyatini, sog‘ligi va xavfsizligini ta’minlash uchun Yo‘naltirilgan qonunlar majmuasi, sotsial-iqtisodiy, tashkiliy,texnik, gigienik, profilaktik tadbirlarni o‘z ichiga qamrab olgan. «Mehnat muhofazasi» ijtimoiy-huquqiy masalalarni o‘z ichiga olgan muhandislik fani bo‘lib, klassik fanlar bo‘lmish fizika, kimyo va matematika bilan birga amaliy mehnat gigienasi, ishlab chiqarish sanitariyasi mehnat psixologiyasi, umumiy muhandislik, Yong‘in texnikasi, ergonomika, sanoat estetikasi va boshqa fanlar bilan hamohangdir. Mehnat muhofazasi ish jaraYonida insonning mehnat qobiliyatini, sog‘ligi va xavfsizligini ta’minlash uchun Yo‘naltirilgan qonunlar majmuasi, sotsialiqtisodiy, tashkiliy, texnik, gigienik, profilaktik tadbirlarni o‘z ichiga qamrab olgan. «Mehnat muhofazasi» ijtimoiy-huquqiy masalalarni o‘z ichiga olgan muhandislik fani bo‘lib, klassik fanlar bo‘lmish fizika, kimYo va matematika bilan birga amaliy mehnat gigienasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, mehnat psixologiyasi, umumiy muhandislik, Yong‘in texnikasi, ergonomika, sanoat estetikasi va boshqa fanlar bilan hamohangdir.

"Navoiy mashinasozlik zavodi" ishlab chiqarish birlashmasi va Zarafshon qurilish boshqarmasikiradi, ularning ta'sir zonasi respublikaning to'rtta viloyatini qamrab olgan. Barcha sanab o'tilganshaharlar kombinat balansida bo'lib, birbirlari bilan temir yo'l va avtomobil yo'llari, respublikaning yagona energotizimiga ulangan elektr uzatish liniyalari bilan bog'langan bo'lib,markazlashtirilgan issiqlik va suv ta'minotini o'z ichiga oladigan avtonom tizimlar, ijtimoiyob'ektlarga ega. Kombinatxo'jalik aloqalarini saqlab qoldi va MDH mamlakatlari va jahonhamjamiyatining ishbilarmon doiralari e'tirofiga sazovor bo'ldi. O'zbekiston Respublikasi Hukumatining va shaxsan Prezident



I.A.Karimovning faol qo'llab-quvvatlashi va g'amho'rligi tufayli kombinat mustaqillik yillarida nafaqat oltin va uran ishlab chiqarish bo'yicha jahonning yetakchi kompaniyalarining birinchi o'nligida saqlanib qoldi,balki o'zining sanoat giganti, betakror davlat korxonasi mavqeini yanada mustahkamladi.Egallab turgan maydoni, faoliyati ko'lami, davlat uchun daromadligigi darajasi, ishlab chiqarishquvvatlarining katttaligi, chiqarilayotgan mahsulot assortimentining kengligi, band bo'lganxodimlar soni, ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirish hajmibo'yicha kombinat respublikada eng yirik korxona hisoblanib, mintaqaviy rivojlanish va O'zbekistonning ijtimoiy barqarorligiga kata hissa qo'shib kelmoqda. Bugungi kunga kelib, NKMKda 65 mingga yaqin ishchi-xizmatchilar ishlamoqda, ulardan 58% sanoat mahsuloti ishlab chiqarish bilan band. Kombinat kuchli ishlabchiqarish va ijtimoiy infrastrukturaga ega bo'lib, uning maydoni yuzlab kvadrat kilometrlarni egallaydi. Bu yerda farovonligi u yoki bu darajada kombinat bilan bog'liq 250 minggayaqin kishiyashab, mehnat qilmoqda. Kombinat faoliyati butun Qizilqum mintaqasining, respublikaning to'rtta viloyati hayotiga ijobiyta'sir etadi. Odamlarga g'amho'rlik - ijtimoiy siyosat sohasida bizning birinchi navbatdagi vazifamiz. Ishlash va yashash uchun munosib va qulaysharoitlarni ta'minlamasdan turib,porloq kelajak to'g'risidagi har qanday gap mazmunsiz bo'lib qoladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov va Respublika Hukumati Navoiy kombinatiga,uning barqaror ishlashini ta'minlash, dolzarb muammolarini yechish, ishlab chiqarish hajmlarinioshirish, mehnatkashlar va ularningoila a'zolari sog'ligiga, ta'lim va a'naviy-ma'rifiymasalalarga katta e'tibor qaratmoqda. Bu jihat kombinatning ijtimoiy siyosat sohasida mehnatkashlar,butun mintaqa oldida mas'uliyatini oshirmoqda. NKMK nafaqat ijtimoiyan'analarini saqlab qoldi, balki ularni muvaffaqiyatli rivojlantirmoqda ham. Tibbiy-sanitariyaqismlari, pansionatlar, dam olish uylari va bazalari, profilaktoriylar, sport komplekslari,maktabgacha bolalar muassasalari va yozgi sog'lomlashtirish oromgohlarining xo'jalik ta'minotikombinat hisobidan amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy xarakterdagi har yilgi xarajatlar ekvivalentda80 mln. dollardan oshmoqda, shu jumladan, ijtimoiy soha ob'ektlari ta'minoti uchun 60 mln.dollar sarflanmoqda. NKMK ning ijtimoiy infrastrukturasi umumiy maydoni 2,7 mln.m2 daniborat turar joy fondi, 200 ming aholini qamrab olgan oltita tibbiy-sanitariya muassasalari,o'quvchilarning soni 2,6 mingta bo'lgan o'quv muassasalari, bolalar va shahardan tashqari sog'lomlashtirish oromgohlari, ikkita profilaktoriy "Lazurnoe" dam olish uyi va "Gornyak"pansionati, basseynlar, sportzallar, tennis kortlari va boshqa inshootlar, 9 ta madaniyat saroyi,shuningdek ijodiy klublar va badiiy ustaxonalar, shahar parklari, dam olish zonalariva boshqa ob'ektlardan iborat.Aniq bir maqsadga yo'naltirilgan kadrlar siyosatisiz ishlab chiqarish hajmlarini va ishlabchiqarish samaradorligini oshirishning imkoniyati yo'q. Kadrlar tayyorlash milliy dasturigamuvofiqxodimlardan samarali foydalanish, kombinatni yuqori malakali mutaxassislar bilanta'minlash kompleks dasturi amalga oshirilmoqda. NKMKda mehnatbozorining joriy vaperspektiv talablarining doimiy monitoringi tizimi amal qilmoqda. Xodimlarni oldindan tayyorlasho'quv-ilmiy-ishlab chiqarish kompleksi shakllantirilgan. Mutaxassislar va ishchilarnn tayyorlash,qayta tayyorlashning izchil tizimi korxonaning barcha tarkibiy qismlarini kadrlar bilan ta'minlash imkoniniberadi. O'quv markazlarida yo'l davomida ishchilardan tortib rahbarlargacha–barchatoifadagi mehnatkashlar tahsil olmoqdalar va malakalarini oshirmoqdalar. Davlatimiz rahbari ta'kidlagandek, bizning respublikamizda uzluksiz ta'lim tizimi yaratilgan bo'lib, u yoshlarimizninghayotda o'ziningmunosib o'rnini topishi uchun xizmat qiladi. Davr bilan hamnafas bo'lib,modernizasiyalash, konni qayta ishlash ishlab chiqarishlarini texnik va texnologik yangilashbo'yicha masalalarni hal eta borib, o'tgan yili kombinatda taxminan 2200 yangi ish o'rinlariyaratildi. Navoiy kombinati uchun oliy ma'lumotli mutaxassislar respublikamiz oliy o'quv yurtlarida,alohida, o'ta talab qilingan mutaxassislar esa yaqin va uzoq xorijning oliy o'quv yurtlaridatayyorlanmoqda. O'rta-maxsus, kasbiy ma'lumotli mutaxassislar Navoiy, Zarafshon vaUchquduq kollejlarida tayyorlanmoqda. 22 mutaxassislik bo'yicha ikkiyarim mingdan ortiqo'quvchilar ta'lim olmoqda. Barcha kollejlar o'quv jarayonini yuqori darajada olib borish imkonini beruvchi zamonaviy o'quv-laboratoriya uskunalari, kompyuter va lingafon sinflari,multimedia apparaturalari, o'quv-ishlab chiqarish ustaxonalari bilan jihozlangan. Bolalar sportini rivojlantirish, sog'lomlashtirish, sog'lom turmush tarzi targ'iboti bo'yicha faol isholib borilmoqda. Qariyib 30 ming mehnatkashlar va ularning oila a'zolari kombinat sporthayotining faol ishtirokchilaridir. Jismoniy tarbiya- sog'lomlashtirish va ommaviy-sport ishlari 8ta fizkulturasport klublarida va 96 ta jismoniy tarbiya jamoalarida olib borilmoqda. Zamonaviysport komplekslari, suzish basseynlari kombinatimizning har bir mehnatkashi uchun ochiq..Kombinat sportchilari basketbol, boks, voleybol, badiiy gimnastika, suzish, og'ir atletika,qilichbozlik, pauerlifting, taekvondo, motosport, stritbol, futbol, armrestling, parashyut sporti,kurash bo'yicha xalqaro va respublika miqyosidagi chempionatlarda ishtirok etishmoqda. Kombinat sportchilari medallari shodasida minglab oltin, kumush va bronza medallar bezabturibdi. NKMK sportchilari badiiy gimnastika, og'ir atletika, WTF taekvondo va qilichbozlikbo'yicha Pekinda (2008 y.) o'tkazilgan Olimpiada uyinlarida ishtirok etish uchun lisenziyalarniqo'lga kiritganlar. Umuman olganda, olib borilayotgan jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish vaommaviy-sport ishlari sog'lom turmush tarzini targ'ibot qilish, bolalar sportini rivojlantirish, o'sibkelayotgan avlodni sog'lomlashtirish,kombinatimizning mehnatkashlari va ularning oilaa'zolarining barkamol jismoniy rivojlanishiga xizmat qiladi. NKMK tuzilmasida tibbiymuassasalarning tarmoqlangan tizimli tibbiysanitariya bo'limi (TSB)faoliyat olib boradi. TSB da ambulatoriya-piliklinika xizmati beshta kattalar, uchta bolalar, uchta stomatologiya poliklinikalarida, beshta ayollar maslahatxonalarida, umumiy ixtisoslikdagi poliklinikalar qoshidagi ikkita bolalar va ikkita stomatologiya kabinetlarida ko'rsatilmoqda. Buyerda kombinat xodimlari, ellik mingga yaqin ularning farzandlari, o'n bir mingdan ortiqpensionerlarga, yaqin joylashgan aholi punktlarining kombinatda ishlamaydigan yigirma mingdan ortiq aholisi malakali tibbiy xizmatdan bahramand bo'lishmoqda.Har yili mehnatkashlar va ularning farzandlarini sog'lomlashtirish uchun 14 000 dan ortiq yo'llanmalar "Gornyak" pansionati, "Lazurnaya" dam olish bazasi, "Metallurg" va "Shaxtyor"sanatoriy-pofilaktoriylari; O'zbekiston va yaqin xorij mamlakatlari sanatoriylariga ajratilmoqda.Bolalar poliklinikalari va stasionarlari tarmog'i tashkil etilgan. Ayollar maslahatxonalaridahomilador ayollarni o'z vaqtida hisobga olish va ularni tug'ruq davriga maksimalsog'lomlashtirish bo'yicha ish tashkil etilgan. Yozgi davrda "Orlyonok", "Zolotinka","Iskorka", "Gorniy", "Olimpies" kabi O'zbekistonning namunaviy oromgohlari bo'lgan shahardan tashqariva shahar oromgohlarida 14 mingdan ziyod bolalar dam olishmoqda. Kombinat Qizilqummintaqasining madaniy hayotida ham faol ishtirok etmoqda. Xodimlar qobiliyatlarinirivojlantirishlari uchun NKMK tasarrufida 9 ta madaniyat uylari va klublar bo'lib, ularda 140 ta badiiy havaskorlik jamoalari, 20 ta amaliy san'at to'garaklari faoliyat olib borishmoqda, ularda2000 ta bolalar va kattalar shug'ullanishmoqda. Madaniyatni rivojlantirishning uslubiy markazi"Farxod" madaniyat saroyi bo'lib, u "Qizilqum san'at g'unchalari" va "Golosa Kizilkumov" bolalar tanlovlarining o'tkazilishida tashkilotchi rolini bajarib kelmoqda. Bu tanlovlarkombinatning talantli yoshlariningijodiy o'sishi uchun tayanch nuqtasi bo'lib xizmat qilmoqda.Madaniyat uylari solistlari va njodiyjamoalari respublika va xalqaro tanlovlarning lauretlaribo'lishib, respublikamizning butun jahon madaniyat doiralarida nufuzining oshishiga o'zhissalarini qo'shishmoqda. Tasviriy san'at studiyasi va yosh texniklar klubi o'quvchilari yuqorinatijalarga erishmoqdalar. Bu yerda 280 tadan ortiq bolalar shug'ullanishmoqda. Eng yaxshiishlar respublikamizda va xorijda o'tkazilgan ko'rgazmalar, tanlovlar va musobaqalarda birnecha marta taqdirlangan. Kombinat barqaror rivojlanishining asosiy sharti xalqaro standartlarga mos keluvchi ishlabchiqarish uslublarini doimiy mukammallashtirish hisoblanadi. Mazkur yo'nalishda NKMK dasifat, ekologiya va sanoat xavfsizligi menejmentining ISO 9001:2000, ISO 14001:2004, OHSAS 18001:1999 standartlari talablariga mos kelishi integrallangan tizimi joriy etilgan vasertifikatlangan; "Qimmatbaho metallar va fosforit mahsulotini ishlab chiqarish", "Polivinilxloridva polietilendan trubalar ishlab chiqarish", "Qimmatbaho metallar qotishmalaridan zargarlikbuyumlari yaratish va ishlab chiqarish" sohalarida.qo'llaniladigan sertifikatlar olingan;menejmentning joriy etilgan tizimining nazorat auditi o'tkazildi London quymalarda qimmatbaho metallar bozori assosiasiyasi 1994 yilda O'zbek affinajzavodiga optimal yetkazib berish maqomini berdi, 2006 yilda esa bu maqom tasdiqlandi.Navoiy kombinatida ishlab chiqarilayotgan oltin sifatini tasdiqlovchi Tokio tovar birjasiningsertifikati olindi. Mustaqillik yillarida kombinat faoliyatida mamlakat ilmiy muassasalarining rolikeskin darajada oshdi. Kombinat uchun ilmiy- tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining katta hajmini O'zbekistongeotexnologiya ilmiy-tadqiqot va loyihalashtirish institutidan (O'zGEOTEXLITI") tahsqari, O`zRFA yadro fizikasi instituti, "Qiziltepageologiya"DGK, O`zR FA mikrobiologiya instituti,"Texnolog" IIChB, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent avtomobil yo`llari instituti,O`zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti,O`zR FA o`g`itlar instituti, Navoiy davlatkonchilik institutlari bajardilar.Yangi ishlab chiqarishlarni yarata borib, texnik qayta qurollanish varaqobatbardosh tovarlarchiqarilishini ta'minlab, bizlar qo'llari bilan cho'lning murakkab sharoitlarida shaharlar, zavodlar,konlar qurilgan eng bosh qadriyat-Inson, Mehnatkash, Yaratuvchini unutganimiz yo'q. Biz o'zjamoamiz bilan faxrlanamiz va qayta-qayta takrorlaymiz - mana Qizilqum

yerining eng kata boyligi, Navoiy kombinatining oltin zahirasi. Kombinatning ijtimoiy siyosati mehnat va yashashsharoitlarini yaxshilashga, mehnatkashlarning turmush darajasini oshirishga yo'naltirilgan bo'lib,bu uning mintaqaviy rivojlanish va ijtimoiy barqarorlikka salmoqli hissa qo'shishiga imkonberadi. 1991 yilning 1 oktyabrida O'zbekiston Respublikasi Hukumatining qarori bilan NKMK Davlatkorxonasi asosida "Qizilqumredmetzoloto" davlat konserti tashkil etilgan bo'lib, uning tarkibigaqurilish, montaj, sozlash, loyihava ilmiy-tekshirish tashkilotlari kirgan.




Download 108,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish