2-guruh. Oyoq yoki qo`l suyaklari yopiq singan, ko`p qon yo`qotgan, biroq qon oqishi to`xtatilgan bemorlar.
3-guruh. Kam qon yo`qotgan, biroq qon oqishi to`xtagan, mayda suyaklari singan, lat yegan bemorlar.
Bu guruhlarning har biridagi kichik yoshdagi bolalarni onasi yoki otasi bilan birinchi navbatda evakuatsiya qilish zarur.
Bemorlarni tashish usullari.
Qo`lda
Yelkada
Orqada
Bir yoki ikki tashuvchi yordamida
Birin-ketin
Zambil yordamida
Tashuvchi ilmoqni aylana, sakkizsimon va tugun shaklida yasab tashish.
Bemorlarni shikastlanish maydonidan olib chiqish:
Bemorlarni qo`tqaruvchi orqasiga opichlab olib chiqadi.
Ikkita qo`tqaruvchini qo`llari qulf qilingan holda bemor tashiladi.
Qutqaruvchilar bemorlarni tasmalar yordamida olib chiqadi.
Qutqaruvchilar bemorlarni bir yoki ikkita zambilda tashishadi.
Kasallar va shikastlangan odamlarni olib borishda mumkin qadar ko`proq avaylaydigan sharoitlar yaratib olib ketilayotgan odamni hammadan qulay va turli vaziyatda yotqizib qo`yish kerak. Olib borish va tashishda noto`g`ri harakat qilinsa, bu ahvolni yomonlashtirib, qo`shimcha shikast paydo bo`lishiga olib kelishi, qon oqishining kuchayishiga, singan suyakning o`rnidan siljib qolishiga sabab bo`lishi mumkin.
Jarohatlanganlarni zambilda tashishda jarohatning turi, og`irligi va shu insonning umumiy ahvoli hisobga olinadi.
Oyoq shikastlanganda, jarohatlanganda, kuyganda, shuningdek umurtqa pog`onasining singanligiga shubha bo`lganda bemor zambilga chalqancha yotqiziladi va shu holatda tashiladi.
Bosh suyagi ochiq singanda, bosh miya jarohatlanganda, miya chayqalganda va agar bemor hushida bo`lsagina, hamda shok belgilari kuzatilmagan taqdirdagina bemor chalqanchasiga boshi tanasidan 10-15( burchak ostida balandroq ko`tarilgan holda yotqiziladi.
Agar bemor shok holatida bo`lsa, yoki shunday holatga tushish xavfi bo`lsa, u holda bemorni chalqanchasiga, oyoqlari boshidan balandroq qilib yotqiziladi.
Ko`krak bo`shlig`i a’zolari jarohatlanganda, o`tkir nafas yetishmovchiligi bo`lganda, yuz, ko`z, jag`, bo`yin va ko`krak jarohatlarida, qo`l suyaklari singanda, hamda shu jarohatlardan keyin shok alomatlari kuzatilmagan taqdirda bemorni yarim o`tirgan holda transportirovka qilinadi.
Tananing juda katta qismi kuyganda bemor sog`lom tomoniga yotqiziladi va shu holatda tashiladi.
Tos suyagi singanda bemor chalqancha yotqiziladi, oyoqlari tizzada bukiladi, tizza orasiga va tagiga bo`lish qo`yiladi, ikkala son va ikkala boldir bir-biriga ro`mol bilan bog`lab qo`yiladi va oyoq kafti biron narsaga tiraladi. Bunda bemorning boshi yostiqda bo`ladi.
Umurtqa pog`onasi singan, jag` va burunning ochiq jarohatlari, shuningdek qon ketish bo`lsa, u holda bemor qorin bilan, boshini yon tomonga o`girib yotqiziladi (nafas yo`llariga qon tushmasligi uchun).
Og`ir shok va terminal holatdan chiqarilgan, hamda hushiga keltirilgan bemorlar yon boshlatib transportirovka qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |