6.2. Moddiy-texnik ta’minot ko`chma tuzilmalarining tarkibi va imkoniyatlari
1. Ovqatlanish ko`chma punkti. Tarkibi: har qaysisi 7 kishidan iborat ovqat pishirish va tarqatish 2 zvenosi. Yuk avtomobili-1 dona. Tirkama o`choq boshi 1 komplekt. Ta’minlash zvenosi 10 kishi.
Texnika: 3 dona (bortli yuk mashinasi, avtotsisterna). Jami: 25 kishi. Imkoniyatlari: 10 soat ish mobaynida 1200 kishiga yetadigan ovqat tayyorlash va tarqatish.
2. Oziq-ovqat ta’minoti ko`chma punkti. Tuzilmalarni ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga mo`ljallangan.
Tarkibi: har qaysisi 5 kishidan iborat qadoqlovchi va tarqatuvchi 2 zveno, omborchi va punkt boshlig`i.
Texnika: tirkamalari bor bortli 2 ta avtomobil.
Jami: 12 kishi. Imkoniyatlari: 10 soat ish mobaynida 5000 quruq payokni butlash va berish.
3. Buyum ta’minoti ko`chma punkti.
Tarkibi: har qaysisi 6 kishidan iborat kiyim bilan ta’minlovchi 2 zveno, omborchi va punkt boshlig`i.
Texnika: bortli yuk mashina - 2 ta. Jami 14 kishi. Imkoniyatlari: 10 soat ish mobaynida birinchi tibbiy yordam otryadiga, sanitariya-yuvinish punktlariga 1500 tagacha almashtirib kiyiladigan kiyimlar, ich kiyim va poyafzallar keltirish va ularni odamlarga berish.
4. Avtoyoqilg`i quyish ko`chma shahobchasi.
Tarkibi: yonilg`i-moylash materiallari keltiruvchi va quyib beruvchi 2 zveno, sardor.
Texnika: tirkamalari bor yonilg`i quyish avtomashinasi - 2 ta. Jami: 5 kishi. Imkoniyatlari: 10 soat ish mobaynida 400-500 dona texnikaga yonilg`i quyish.
5. Suv tashish zvenosi.
Tarkibi: 6 kishi.
Texnika: 6 ta avtotsisterna yoki bochkalari bor 6 ta yuk mashinasi. Imkoniyatlari: 10 soat ish mobaynida 75 ming litrgacha suv olib kelish.
Viloyat, shahar, tuman fuqaro muhofazasi texnik xizmati boshlig`ining farmoyishiga muvofiq ta’mirlash-qayta tiklash guruhining kuch va vositalari shikastlangan mashinalar to`planadigan punktlar, ularning hamma elementlari va ish smenalari bilan birga tashkil etiladi. Shikastlangan mashinalar to`planadigan punktni yo`lga qo`yish uchun ta’mirlash-qayta tiklash guruhini yo`lga qo`yishga hamda mashinalarni ta’mirlash texnik jarayonini tashkil qilishga qulay yer uchastkasi tanlanadi.
Qutqarish ishlari davomida texnikani u ishdan chiqqan joyning o`zida ta’mirlash-qayta tiklash ko`chma guruhlarining mashina haydovchilari kuchi bilan ta’mirlanadi.
Zilzila vaqtida, avtomobil, temir yo`l halokatida, yong`inlarda, portlash sodir bo`lganda ommaviy shikastlanish hodislari yuz beradi. Bunday hollarda birinchi yordamni muvaffaqiyatli ko`rsatish uyushqoqlik va tartib-intizomga bog`liq.
Shikastlangan kishilarni zararlanishning og`ir-yengiligiga ko`ra guruhlarga bo`lib ketma-ket transportirovka qilinadi:
1-guruh. Ko`krak va qorin bo`shlig`i og`ir shikastlanganlar, behush, shok, koma, kollaps holatidagi bemorlar, kalla suyagi shikastlangan, oyog`i va qo`li kesilgan, ochiq suyak sinishi bo`lgan, kuygan bemorlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |