Hayot faoliyati xavfsizligi (O`quv qo`llanma) toshkent 2019


Obyektning yong`in xavfsizligi



Download 6,65 Mb.
bet103/147
Sana06.03.2022
Hajmi6,65 Mb.
#485007
TuriУчебное пособие
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   147
Bog'liq
HFX-amaliy (2)

Obyektning yong`in xavfsizligi deganda, belgilangan me’yorlar va talablar asosida obyektda yong`in sodir bo`lish xavfi hamda uning xavfli va zararli omillarini inson hayotiga ta’siri cheklangan, obyektdagi materiallar to`liq himoyalangan holati tushuniladi.
Yong`in vaqtida sodir bo`ladigan turli xil xavfli va zararli omillar ta’sirida material boyliklar nobud bo`lishi va baxtsiz hodisalar ro`y berishi mumkin. Yong`inning xavfli va zararli omillariga asosan quyidagilarni kiritishimiz mumkin: ochiq alanga, atrof-muhitning va yong`inda qolgan buyumlarning yuqori harorati, yonish vaqtida hosil bo`ladigan turli xil zaharli gaz va bug`lar, tutunlar, kislorodning kam konsentratsiyada bo`lishi, qurulish konstruksiyalari va materiallarining qulab tushayotgan qismlari, yong`in vaqtida sodir bo`ladigan portlash, portlashdagi to`lqin zarbasi, portlash ta’sirida uchib ketgan materiallar, zararli moddalar va b.
O`t o`chiruvchi moddalar va ularning xususiyatlari. Eng keng tarqalgan o`t o`chirish moddalariga suv, suv bug`i, uglekislota, namlagichlar, kimyoviy va havo-mexanik ko`piklar, galoid tarkibli uglevodorodlar, kukun tarkibli aralashmalar, uglerod ikki oksidi, brometil birikmalar, inert gazlar va boshqa mexanik vositalar (qum, tuproq, brezent va h.k) kiradi.
O`t o`chirish moddalari quyidagicha tasniflanadi:
Yong`inni o`chirish usuliga ko`ra: sovutuvchi ( suv va qattiq uglekislota); suyultiriluvchi, ya’ni yong`in zonasidagi kislorod miqdorini kamaytirish (ma’lum miqdordagi uglekislota gazi, yupqa zarrali suv, suv bug`i yoki inert gaz aralashmasi); izolyatsiyalovchi harakatdagi (yonish zonasi atrof-muhit bilan ko`pik yoki kukun pardasi hosil qilish orqali izolyatsiyalanadi); ingibir xususiyatli (tarkibi brometil, dibromtetraftor etan va brom metildan iborat galoid tarkibli uglevodorodlar, tarkibi 3,5-4 ND freondan iborat moddalar va b.);
Elektr o`tkazuvchanligi bo`yicha: elektr o`tkazuvchi (suv, suv bug`i va ko`pik); elektr o`tkazmaydigan (gazlar va kukunlar);
Zaharliligi buyicha: zaharsiz (suv, ko`pik va kukunlar), kam zaharli (uglekislota va azot) va zaharli (3,5-brometil, freon tarkibli).
Suv o`t o`chirishda alohida yoki turli xil kimyoviy moddalar bilan aralashma holatida foydalaniladi. Suvning o`t o`chirish xususiyati yonuvchi moddani yonish haroratidan past haroratgacha sovutishga asoslangan. Suvning hajmi bug`lanish davrida 1700 va undan oshiq martagacha ortadi va bug` yonish zonasidan kislorodni siqib chiqaradi.
Uglekislota (is gazi) va uglerod ikki oksid gazi rangsiz va havodan 1,5 marta og`ir gaz. U yong`in muhitida parda hosil qilib yong`in zonasiga kislorod kirishini to`xtatadi. Undan sig`imlardagi yengil yonuvchi va yonuvchi suyuqliklar yong`inini, elektr jihozlari yong`inlarini va muzeylar, arxivlar kabi suvdan va ko`pikdan foydalanish maqsadga muvofiq bo`lmagan binolardagi yong`inlarni o`chirishda foydalaniladi.

Download 6,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish