Hayot faoliyati xavfsizligi (O`quv qo`llanma) toshkent 2019


Xаtаr – оdаmning mа`lum bir fаоliyatidа shаkllаnuvchi xаvfli hоdisаlаrning miqdоriy tаvsifini ifоdаlаydi. Nazorat uchun savollar



Download 6,65 Mb.
bet8/147
Sana06.03.2022
Hajmi6,65 Mb.
#485007
TuriУчебное пособие
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   147
Bog'liq
HFX-amaliy (2)

Xаtаr – оdаmning mа`lum bir fаоliyatidа shаkllаnuvchi xаvfli hоdisаlаrning miqdоriy tаvsifini ifоdаlаydi.
Nazorat uchun savollar.

  1. Аtrоf-muhit nimа?

  2. Ekоtizim dеgаndа nimаni tushunаsiz?

  3. Biоsferа nimа?

  4. Tехnоsferаning insоn fаоliyatigа qаndаy аlоqаsi bоr?

  5. Хаvf-хаtаr dеgаndа nimаni tushunаsiz?

  6. Хаvflаr tаksоnоmiyasi, кvantifikatsiya, identifikatsiya nimа?

  7. Хаvflаr kеlib chiqishi bo`yichа qаndаy turlаrgа bo`linаdi?

  8. Rаsmiy stаndаrtgа аsоsаn хаvflаr qаndаy turlаrgа bo`linаdi?

  9. Хаvflаr kеltirаdigаn zаrаri bo`yichа qаndаy turlаrgа bo`linаdi?



    1. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining tarkibiy qismlari va ularning tekshirish obyektlari

Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy tarkibini quyidagi modullarga ajratish mumkin: Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash asoslari; Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi; Yong`in xavfsizligi; Birlamchi tibbiy yordam ko`rsatish asoslari. Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash asoslari moduli mazmunida mehnatni muhofaza qilish predmeti turadi va uning tarkibiy qismlari quyidagicha:
Hayot faoliyati xavfsizligi o`zining vazifasi turlicha bo`lganligidan ko`p bo`limlarga bo`lib o`rganiladi. Bular asosan quyidagi bo`limlardan iborat;
- Hayot faoliyati xavfsizligi qonunchiligi;
- mehnat munosabatlari;
- mehnat xavfsizligi muammolari;
- mehnat jarayonini shakllantiruvchi omillar;
- mehnatni muhofaza qilishning huquqiy va me’yoriy asoslari;
- ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasi;
- xavfsizlik texnikasi;
- elektr xavfsizligi;
- yo`l harakat xavfsizligi;
Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi modulida asosiy mazmun insonni xavfsizligidir. Bu modul quyidagi qismlarga ajratiladi;

  • Favqulodda vaziyatlar turlari va xususiyatlari;

  • Kuzatiladigan tabiiy ofatlar va ularning oqibatlari;

  • Zilzilalar, yer surilishi, vulqon otilishi va meteorologik ofatlar;

  • Texnogen tusdagi ofatlar, turlari, xususiyatlari, oqibatlari;

  • Terrorizm va aholi muhofazasi;

  • Fuqarolarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish uslublari va vositalari, ularning xususiyatlari.

  • Favqulodda vaziyatlarda qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlarni tashkil etish.

  • Yong`in xavfsizligi modulida:

  • Yong`in ofati, uning kelib chiqish sabablari, omillari, turlari, yonish fazalari va ularning xususiyatlari;

  • Yong`inga qarshi kurashish xizmati;

  • Yong`inga qarshi texnik vositalar;

  • Yong`in ofatida inshootlardagi fuqarolarni evakuatsiya qilish tartibi, yong`inga qarshi to`siqlar va aloqa tizimi;

  • Portlash hodisasi, uning xususiyatlari, unga qarshi chora-tadbirlar.

Birlamchi tibbiy yordam ko`rsatish asoslari modulida:

  • Jabrlanganlarga birlamchi tibbiy yordam ko`rsatishning tartib va qoidalari;

  • Yurak-o`pka reanimatsiyasi (qayta jonlantirish)ni o`tkazish qoidasi;

  • Tomirlardan qon ketishi, turlari, vaqtincha to`xtatish usullari;

  • Suyak singanda ko`rsatiladigan birinchi yordam;

  • Suvga cho`kkan odamga, muzlagan, elektr toki o`rgan insonlarga tibbiy yordam ko`rsatish;

  • Jabrlanganlarni transportirovka qilishda yordam ko`rsatish kabi tarkibiy qismlarga bo`linadi.

Hayot faoliyati xavfsizligi qonunchiligi mehnat qilish va dam olishning huquqiy me’yorlarini o`z ichiga oladi, hamda ularning himoya qilinishini kafolatlaydi. Bular asosan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiya IX-bob bir qancha moddalari, O`zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksida XVI bob, 294 moddadan (1995 yil 21dekabrda qabul qilingan) iborat, O`zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to`g`risida”gi Qonuni 36 moddadan (Yangi tahrirda 2016 yil 22 sentabrda qabul qilindi) iboratdir.
Ishlab chiqarish sanitariyasi - ishlovchilarga ishlab chiqarishdagi zararli omillar ta’sir etishining oldini oluvchi tashkiliy, gigiyenik va sanitariya-texnikaviy tadbirlar hamda vositalar tizimidir. Bunda, korxona-tashkilotlar ishchi-xizmatchilarining o`z sog`liklarini saqlash, mustahkamlash yo`lida sog`lom mehnat sharoitlari yaratish ko`rsatiladi. Mehnat gigiyenasi – tibbiyot fanida insonning mehnat faoliyatini o`rganuvchi bir qismi bo`lib, korxonalarda zararli omillarning ishlovchilarga ko`rsatadigan ta’sirining oldini olish yo`zasidan sanitariya-gigiyena va davolash tadbirlari ishlab chiqiladi.
Xavfsizlik texnikasi - ishlovchilarga ishlab chiqarishdagi xavfli omillarning ta’sir etishini oldini oluvchi tashkiliy va texnik vositalar tizimidir.
Elektr xavfsizligi - ishlovchilarga ishlab chiqarishdagi elektr tokining xavfi, uning inson organizmiga ta’sirini o`rgatuvchi va xavfni oldini oluvchi tashkiliy va texnikaviy tadbirlar hamda vositalar tizimidir.
Yo`l harakat xavfsizligi - ishlovchilarga yo`l qoidalari, turli transport vositalaridan foydalanish qoidalari hamda harakat xavfsizligiga qaratilgan texnikaviy va tashkiliy tadbirlar tizimidir.
Yong`in xavfsizligi (yoki profildalolatnomaikasi)-ishlovchilarni olovdan (yong`in va portlashdan) himoya qilishga qaratilgan texnikaviy va tashkiliy tadbirlar kompleksidir.
Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi - asosiy mazmun insonni xavfsizligidir. Bunda, favqulodda vaziyatlar turlari va xususiyatlari, tabiiy ofatlar va texnogen tusdagi ofatlar, terrorizm va aholi muhofazasi, fuqarolarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish uslublari va vositalari tadbirlar tizimidir.
Birinchi tibbiy yordam ko`rsatish - korxona va tashkilotlarda sodir bo`lishi mumkin bo`lgan baxtsiz hodisalar, jarohatlanishlar, kasbiy kasalliklar yo`zaga kelgan vaqtda jarohatlanishni to`xtatish, imkoni bo`lsa og`riqni to`xtatish yoki kamaytirish uchun bajariladigan chora-tadbirlar tizimidir.




    1. Download 6,65 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish