Signal vositalari. Yong`inga qarshi kurashning asosiy omillaridan biri uni o`z vaqtida aniqlash va yong`in kuchayib ketmasdan oldin unga qarshi kurash chora-tadbirlarini amalga oshirishdir. Bunda aloqa vositalari va signalizatsiyalardan foydalanish yaxshi natija beradi. Shuning uchun sanoat korxonalarida aloqaning eng ishonchli vositasi hisoblangan umumshahar telefon aloqasi to`g`ridan-to`g`ri o`t o`chirish komandalari bilan bog`langan bo`ladi. Avtomat telefon stansiyalarida o`t o`chirish komandasini 101 telefon nomerini terib chaqiriladi.
Sanoat korxonalarida yong`in bo`lganda odam ishtirokisiz, yong`in haqidagi xabarni dispetcher xizmatiga yoki to`g`ridan-to`g`ri o`t o`chirish komandasiga yetkazish juda ma'quldir. Bunda yong`in haqidagi xabarda, yong`in bo`layotgan joy ko`rsatilganligidan o`t o`chirish komandasi tez fursatda yetib boradi. Hozirgi vaqtda ishlatiladigan EPS yong`in signalizatori ishonchli hisoblanadi.
Bu tizimlarning ba'zi birlari avtomatik o`t o`chirish vositalar bilan ta'minlangan, shuning uchun bunda yong`in haqida signal berish bilan birga muhofazalanayotgan binodagi yong`inni o`t o`chirish komandasi kelguncha o`chirish ham mumkin.
EPS signal tizimi xabar beruvchi va xabar qabul qilish stansiyasi (kommutator), energiya manbai, ovoz hamda yorug`lik signali zasiyalaridan tashkil topgan. Bu tizim ikki xil usulda o`rnatilishi mumkin. Nursimon usulda har bir xabar beruvchi tizim, qabul qilish stansiyasi bilan ayrim sim orqali to`g`ridan-to`g`ri ulangan. Har bir nur ikkita: borish va qaytish simlaridan tashkil topgan. Qabul qilish stansiyasi o`zining tuzilishi jihatidan telefon stansiyasiga o`xshaydi. Nursimon tizim puxta va ishonchli bo`lib, bir vaqtni o`zida hamma nurlardan axborot qabul qila oladi. Yagona kamchiligi unga nihoyatda ko`p miqdorda sim sarflanadi.
Yuqorida keltirilgan yong`inga qarshi elektr signalining ahamiyatli tomoni shundaki, uning tarmoqlari orqali elektr toki muntazam o`tib turadi. Shuning uchun ham uning barcha qismlarining puxta ishlayotganligini doimo nazorat qilib turish mumkin. Bu esa, o`z navbatida, yong`in haqidagi xabarni o`z vaqtida yetib borishini ta'minlaydi.
Yong`in haqidagi ma'lumotni xabar beruvchi qurilma qabul qilib oladi va unda issiqlik energiyasi elektr energiyasiga aylantirilganligi sababli qabul qilish stansiyasiga simlar orqali ma'lumot yuboriladi. Ba'zi bir tizimlarda bu ma'lumotlarni uzatish bilan cheklanmasdan, balki o`t o`chirish vositalarini ishga tushirish ham avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Xabar beruvchi qurilmalar ishlash tamoyiliga qarab qo`l bilan harakatlantiriladigan va avtomatik ravishda ishlaydigan turlarga bo`linadi. Qo`l bilan harakatlantiriladigan xabar beruvchi qurilmalar sanoat korxonalari sexlarida maxsus o`rnatilgan knopkalarni bosish bilan bajariladi.
Avtomatik xabar berish qurilmalari (AXB) tashqi muhitning ba'zi bir parametrlarni, masalan, haroratning ko`tarilishi, tutun paydo bo`lishi va alanga ko`tarilishi natijasida hosil bo`ladigan o`zgarishlar asosida ma'lumotlarni qabul qiladi. Avtomatik xabar berish qurilmalari qaysi omilga qarab ma'lurnot berishidan kelib chiqqan holda qo`llaniladi. Issiqlik orqali xabar berish qurilmalari yong`indan paydo bo`ladigan issiqlikni qabul qiladi, tutun xabarchisi tutunga bog`langan bo`ladi, alangani yorug`lik xabarchisi qabul qiladi, aralashma xabarchilar tutun va alanga yoki tutun va issiqlik asosida qurilgan bo`lishi mumkin.(5.1-rasm). Avtomatik xabarchilar uning ishlash tamoyili nimaga asoslan-ganligi jihatidan bimetall, termoparalarga yoki yarim o`tkazgichlarga asoslangan bo`ladi. Issiqlik xabarchilari ishlash xossalariga qarab, maksimal, differensial va maksimal-differensial turlarga bo`linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |