(Тт+Тии)
«Т»ЙҚБ минтақасии
«Тии»
Тт
харажатлар
2.1.-rasm. Tavakkalning yo’l qo’ysa bo’ladigan mintaqasi aniqlash sxemasi.
Tavakkalning YQB mintaqasi tushunchalari bizda hali qabul qilinmagan va to’liq amalga oshirilmagan. Bunday tashqari ayrim mutaxassislar bunga tanqidiy nazar bilan qaraydilar. Ularning fikricha, xavfsizlikni bunday baholash insonparvarlik nuqtai nazaridan yiroqdir. Haqiqatda esa, hozirgi mavjud usullardan, tavakkalning YQB mintaqasi usuli 2-3 daraja jiddiy sanaladi.
Tavakkalni boshqarish. Xavfsizlik darajasini ko’tarish, xavfsizlikning asosiy nazariy va amaliy masalasidir. Buning uchun mablag’ni 3 yo’nalishda sarflash kerak:
-ishlab chiqarish texnik tizimlari va ish ob’ektlarini takomillashtirish;
-malakali ishchilarni tayyorlashga;
-favqulodda oqibatlarni yo’qotishga;
Sarflarni bular orasida qanday bo’lishini rejalash uchun chuqur tekshirishlar o’tkazish lozim, unda ham aniq fikrga kelish qiyin. «Tavakkal» boshqarish texnika doirasida xavfsizlikning oldini olishda yangi imkoniyatlar ochadi. Tavakkalni boshqarishda texnik, ma’muriy, tashkiliy yo’llarga iqtisodiy usul ham qo’shiladi.
Xavflarni o’rganish tartibi uch bosqichda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqich-xavflarni oldindan tahlil etish. Bu bosqich uch qadam bilan bajariladi: 1-qadam-xavf manbalarini aniqlash; 2-qadam-xavflarni vujudga keltiradigan qismlarni aniqlash; 3-qadam-tahlilni chegaralash, ya’ni, tekshirilmaydigan xavflarni chiqarib tashlash.
Uchinchi bosqich-oqibatlarni tahlil qilish. Xavfsizlik tizimi, bu-xavfsizlikning murakkab masalalarini hal qilish yo’llarini tayyorlash va asoslashda foydalaniladigan metodologik choralar yig’indisidir. O’zaro ta’siri bilan aniq bir maqsadga yetishtiradigan aloqador qismlar yig’indisi tizim deb ataladi.
Tizim deganda birgina moddiy ob’ektdan tashqari aloqalar va bog’lanishlar ham tushuniladi. Har qanday sozlangan mashina texnik tizimga misol bo’lishi mumkin.
Tarkibiga odam ham kiradigan element tizimi ergonomik tizim deb ataladi. Masalan, «Odam-mashina», «odam-mashina-atrof-muhit».
Кран-балка илгагидан юкнинг тушиб кетиши
Сақлагич қулфнинг йўклиги
Чиқиш ёки кириш
Фиксатор кучининг йўқолиши
Троснинг узилиши
Чиқиш ва кириш
Техник назоратнинг йўқлиги
Троснинг занглаши, коррозияси
2.2.-rasm. «Xavflar daraxti»ning sxemasi.
Tizimlash tamoyili hodisalarni o’zaro bog’liq ravishda bir to’plam tariqasida o’rganadi. Tizim beradigan maqsad yoki natija tizim yaratuvchi element deb aytiladi. Masalan, yong’in-yonuvchi modda, oksidlovchi kislorod, yondiruvchi. Bu yerda yong’in-tizim, yonuvchi modda-oksidlovchi, yondiruvchi-uning elementlari. Agar birorta elementni shulardan chiqarib tashlasak, tizim buziladi. Tizimda bor sifat uning elementlarida bo’lmaydi. Bu tizimning muhim xususiyati bo’lib, xavfsizlik masalalari tahlili asosida joylashgan. ko’ngilsiz voqealarning paydo bo’lish sabablarini aniqlash, ularni kamaytirishga qaratilgan tadbirlar xavfsizlik tizimi tahlilining asosiy maqsadidir.
Har qanday sabablar natijasida vujudga kelgan xavflar zarar keltiradi. Sababsiz haqiqiy xavf ham, zarar ham yo’q. Demak, xavfdan saqlanish uning kelib chiqish sabablarini bilishga asoslangan.
Sodir bo’lgan xavflar bilan sabablar o’rtasida sabab-oqibat aloqasi bor. O’z navbatida bir sabab ikkinchi sababiy oqibatni keltirib chiqaradi va h.k. SHunday qilib, sabablar va xavflar zanjirsimon tizimni yaratadi. Bunday grafikning tasviri shoxli daraxtga o’xshaydi. Quriladigan daraxtlarda sabab va xavf shoxlari bor. Ularni o’zaro ajratib tashlash mumkin emas. SHuning uchun xavfsizlikni tahlil etishda tuzilgan tasvirni sabablar va xavflar daraxti deb atash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |