Nazorat savollari:
Changning ta’siri nimaga bog’liq?
REK (PDK) nima?
Havodagi chang miqdorini og’irlik metodida o’lchashdan maqsad nima?
Nima uchun havodagi chang miqdori normal holga keltiriladi?
Resperator samaradorligi qanday aniqlanadi?
№3-Laboratoriya ishi
I.Mavzu: Ishlab chiqarish korxonalari va inshoatlarida tabiiy
yorug`likni aniqlash
II. Mashg`ulotning maqsadi:
Ishlab chiqarish binolaridagi ish o’rinlarida yoritilganlikni aniqlashni va uni sanitariya me’yorlariga mos kelishini o’rganish. Yoritilganlikni o’lchash uchun qo’llaniladigan uskuna va jihozlarni tuzilishi va ishlash usullarini o’rganish.
III. Laboratoriya ishini o’tkazish uchun qo’llaniladigan asboblar, uskuna va jihozlar, ko’rgazmali qurollar:
a) lyuksmetr Yu-116, Yu-117.
b) shtativ.
v) mahalliy yoritgich manbai.
g) cho’g`lanma chiroq.
d) lyuminessent chiroq.
Do'stlaringiz bilan baham: |